Fanning maqsadi va vazifalari.
Fanning maqsadi - talabalarga pulning zarurligi, moxiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo’yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning moxiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning moxiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimi va uning tarkibi, tijorat banklari operatsiyalari, nobank moliya kredit institutlari faoliyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Fanni maqsad va vazifalarini bajarilishida oʻqituvchi talaba uchun quyidagi ishlarni amalga oshiriladi:
- nazariy bilim berish va adabiy manbalar bilan taʼminlash;
- fan mavzulari boʻyicha tarqatma materiallarni taqdim qilish;
- grafik organayzerlardan foydalanib taʼlim samarasini oshirish;
- interfaol usullar yordamida amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;
- oʻqituvchining rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini va oʻqituvchini qoʻshimcha maslahat darslarini tashkil etish;
- mustaqil taʼlimni oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlash;
- talabaning mustaqil bilim olishini ragʻbatlantirish;
- masofaviy, elektron va mobil taʼlimni targʻib qilish;
- talabani oʻzlashtirishini muntazam nazorat qilish baholab borish.
Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
1-mavzu. PULNING PAYDO BO’LISHI, ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI Pulning vujudga kelishi va zarurligi.
Pulning rivojlanish tarixi.
Pulning funksiyalari.
Pulning turlari.
Tovar xo’jaligi sharoitida pulning roli.
2-mavzu. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI Pul aylanmasining mohiyati.
Naqd pul aylanmasini tashkil etish.
Naqd pullami qabul qilish tartibi.
Naqd pullami berish tartibi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblaming tamoyillari.
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
To’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar
To’lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar.
Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar.
Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob-kitoblar.
Cheklar bilan hisob-kitoblar.
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar