Test savollari: 1.Psixologiyaning tadqiqot metodlari.
A.Kuzatish,Eksprement
B kuzatish,eksprement,egizaklar,anketa
S Anketa
D Suhbat
2.Ekspremental tadqiqot olib borgan olimlar qaysilar. A E.LTorndayk
B.Vigotskiy
S.Sechenov
D T.Morgan.
3.Psixikaning urganish metodlarini emperik qayta ishlagan olim qaysi qatorda berilgan. A A.Sechenov
B B.G.Ananev
S.Smirnov
D Blonskiy
Nazorat savollari: 1.Psiхologiyaning tadqiqot metodlari haqida ma’lumot bering.
2.Anketa metodi haqida tushuncha bering.
3.Test metodi,defferensiyal metodni tushuntirib bering.
4.Psixologiyaning tadqiqot metodlarini o’rgangan olimlar haqida ma’lumot bering.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G`oziyev E.. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V.. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I.. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5. Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god.
3 – MAVZU: XULQ - ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI
Mashg‘ulotning maqsadi: Psixika va ongning felogenetik va ontogenetik taraqqiyotini tushuntirib berishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Koaservatlar,filogeniz, ontogeniz, aks ettirish, seskanuvchanlik, quzg‘aluvchanlik, tropizm, instinkt, intellektual haraktlar, ong,
REJA: 1.Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
2.Instinktlar klassifikasiyasi
3.Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari
4.Filogeniz va ontogeniz haqida tushuncha
5.Onglilik va ongsizlik tushunchasi
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Kishi psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat konunlarining moxiyatini tushunib yetishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xamma vakt qiziktirib kelgan. Materialistik yunalishdagi olimlar psixikaning paydo bulishini materiyaning uzok davom etgan rivojlanishining natijasi deb izoxlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadkik kilisharkan, xarakat materiyaning xayot kechirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun xam materiya xarakatining turli xil shakllarini urganadilar.
O’tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yunalishda, ma’lum konsepsiya asosida urgangan bulsalar xam, albatta, uz asarlarida psixik xolatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va uzgarishlari tugrisida kimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi: 1) xalk ijodiyotida-rivoyatlar, makollar, matallar va masallar; 2) maxsus ijodkor kishilar ugit–nasixat va xikoyatlarida; 3) komusiy, Urta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy–nazariy karashlarida; 4) turli davrlarda ijod kilgan shoir va yozuvchilar ijodining maxsullarida, ya’ni ilmiy–badiiy asarlarda.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi xakidagi karashlari «Ideal shaxar axolisining fikrlari», «Masalalar moxiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aksidensiyalarning shakllariga karab bulinishi», «Sharxlardan», «Xikmat ma’nolari», «Akl ma’nolari tugrisida» kabi kator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy uzining «Utmish yodgorliklari» kitobida inson xayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib konunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yullari, fiziologik jarayonlar bilan boglik psixik jarayonlar xakida ancha muxim ma’lumotlar bor. Uning «Odob xakida» risolasi xam inson shaxsini shakllantirish tugrisidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning «Kutadgu bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Abduraxmon Jomiyning «Baxoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuxfatul axror», «Sisilatuz zaxob» va boshka asarlarida ilm–ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb–xunar urganish, yaxshi xislatlar va odoblilik xakidagi fikrlar ifodalangan.
Devoniy uzining «Axloki Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni turtga buladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.
Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul Kulub»» va boshka asarlarida yetuk, barkamol insonning axloki, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va kobiliyati tugrisida kimmatli muloxazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat karor topishi uchun muxim axamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota–onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari aloxida urin egallaydi.
Rossiyada psixologik karashlar namunalari. Shark va Garb madaniyati ta’sirida inson ruxiyati bilan boglik kator ogzaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi. (Karang: Goziyev E. Psixologiya, T:»Ukituvchi» 1994 y. 33-35 betlar).
Psixika xakidagi karashlar ma’lum vakt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib kuyildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Garbiy Ovrupa mamlakatlarida va AKSH da yana turli munozaralarga sabab bula boshladi. (I.M.Pavlov, N.YE.Ribakov, K.N. Kornilov, P.P. Blonskiy, A.S. Vigotskiy – Rossiya, U. Djems, S.Xoll – AKSH, va boshkalar).
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya xisoblanmish kishi miyasiga kadar barcha materiya moddiy olamning yalpi xususiyati – in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni ta’sirotga javob kaytarish kobiliyatiga egadir.
Jonsiz tabiatda xarakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Noorganik tabiatdagi xarakatning oddiy misollariga e’tibor kiling: dengizdagi koya suvning ta’siriga muayyan karshilik kursatadi – tulkinlar koyaga urilib kaytadi, lekin koyaning uzi xam sekin– asta yemirila boshlaydi; kuyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib kaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari xosil buladi.
Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllari xos bulib, jonli materiyaning ma’lum bir boskichida esa in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo buladi.
Materiya xarakatining biologik shakli–xayot–tabiat rivojlanishining sifat jixatidan yangi boskichidir. Ulik materiyadan tirik materiyaga utishni izohlaydigan kator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A. I. Oparinga tegishli bulib, unga kura organik moddalar – atomlari turli shakllarla azotning, kislorod–ning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atamalari bilan boglangan modda uglerod negizida xosil bulgan birikmalarning paydo bulishi jonli materiya paydo bulishining zarur sharti xisoblanadi.
Oparinning gipotezasiga kura taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chikib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaksiyaning va fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi jarayonida ugle–rodning juda xam murakkab birikmalari – benixoya katta moleku–lalar paydo buladi. Bu molekulalar muxit bilan doimiy modda almashinuvi bulib turishini takozo kiladi. Bir-biri bilan kushilib kattalashuvi, yoki maydalashib kupayib turishi mumkin deb taxmin kilinadi. Bu uta katta molekulalar koatservatlar deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: usish, parchalanish va x.k.
Hozirgi tirik organizmning extimoldan uzok bulmagan prototiplari-koatservatlarda bulgani kabi xar kanday jonli materiyada in’ikos jonsiz tabiatdagi in’ikosga karaganda sifat jixatidan yangi shakl kasb etadi. U fakat tashki taa’surotning kuchi va xarakteriga emas, balki organizmning ichki xolatiga xam boglik buladi. Xar kanday jonli organizm barcha tashki kuzgatuvchilarga nisbatan tanlangan xolda «Faol» munosabatda buladi va bu bilan jonli materiyaning sifat jixatidan yangi xususiyatini – uz–uzini tartibga solish xususiyatini namoyon kiladi.
Uzok vakt davom etgan evolyutsiya natijasida xozirgi organizmlarda in’ikosning kuzgaluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi shakllari – psixik xayotning ifodalanishi shakl–lari bulmish sezgilar idrok, xotira, tafakkurga kadar turli xildagi shakllarini kuramiz.
Ta’sirlanish – kuzgaluvchanlik Tropizm. Usimlik va xayvon–larga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha boskichlarida jonli organizmlar in’ikosining aloxida biologik shakli – ta’sirlanuv–chanlikka ega buladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik axamiyatiga ega bulgan (biotik) ta’sirga javob berish kobiliyati demakdir. Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir xujayrali tirik organizm dayok seziladi. (Suvli probirkadagi bir xujayrali amyoba probirka kizdirila boshlashi bilan xolatini uzgartirishi bunga misol buladi). Biotik ta’sir natijasida jonli organizmda protoplazmaning xossasi uzgaradi.
Biotik omillarga nisbatan uziga xos xarakatlar bilan javob berish usullari tropizmlar yoki taksislar deb ataladi. Tropizmning bir necha xillari bor: foto tropizm, gelio tropizm, xemo tropizm, topo tropizm, termo tropizm va boshkalar. Masalan, derezadagi gulning yoruglika karab intilishi – fototropizm, usimlikning kuyoshga intilishi geliotropizm, kimyoviy moddalarga moslashuvi xemotropizm, tebranish va kimirlashdan ta’sirlanish topotropizm deyiladi va boshkalar.
Xayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi – sezuvchanlik paydo buladi. A. N. Leontyevning gipotezasiga kura, sezuvchanlik «genetik jixatdan karaganda, muxitning organizmni boshka ta’sirotlar bilan boglovchi, organizmni muxitda muljal olishiga yordam beruvchi, signal beruvchilik vazifasini utovchi ta’sirlarga javob ta’siridan bulak narsa emas.
In’ikos etish darajasi kup xujayrali xayvonlarda ancha yuksakrokdir. Kup xujayralilarning murakkabligi xujayralar kupligida emas, xar xilligidadir. Masalan, tanasining tashki kismida sanchiladigan (chakadigan) xujayralar joylashgan bulsa, ichki kismi esa ovkat xazm kiladigan xujayralar bilan koplangan. Kup xujayralilarning organizmida, shuningdek organizmning biron bir kismida ruy bergan kuzgalishning utkazgichi funksiyasini bajaradigan aloxida sezuvchan protoplazmali xujayralar uzaro birikib, xayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv shoxobchasini tashkil etadi. Kovakichaklilardagi kiskichlar – uljani ushlab turish organlari yuksak darajada sezuvchandir. Organizmning turli kismida joylashgan xujayralar urtasidagi boglanishlar shartli reflekslar paydo bulishiga, xotira jarayoni shakllanishiga olib kelgan bulishi kerak.
Evolyutsion zanjirda kovakichaklilardan yuksak turadigan va bu yerda xayot kechiradigan kup xujayralilarda xayot tarzining uzgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi murakkalashadi, kuzgatuvchilarning ma’lum bir turlarini aks ettiradigan uziga xos organlar – sezgi a’zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari xam ancha murakkablashadi. Chuvalchangning xar bir segmentida (murakkablashgan buginida) nerv xujayralarining tugunlari – gangliylari mavjud buladi. Gangliylardan biri yetakchi, asosiy bulib, organizmning istalgan kismida yuz beradigan kuzgalishlarni jamlaydi, ularni taxlil kiladi, boshka xujayralarga utkazadi, impulslarni segmentlarning mushak apparatiga yunaltiradi.
Xatti–xarakatlarninginstinktiv shakllariChuvalchanglarning xatti-xarakatlari kovakichaklilardan kura ancha murakkabrokdir. Chuvalchanglarga faol tarzda kidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz refleks elementlaridan dalolat beradi. Ayrim chuvalchang urgochisi tuxumini uzi bilan olib yuradi, xarakatlanib kislorod bilan ta’minlaydi, yoki ayrimlari uziga juft tanlash uchun uzok yul bosadi va xokazo.
Biroq shartsiz reflekslar fakat tashki muxitning mukarrar tarzda kat’iyan barkarorligi sharoitida xosil buladi; muxit esa doimo uzgarib turadi va shuning uchun xam tugma taasurotlarning genetik jixatdan programmalashtirilgan xolda yoyilishiga tuskinlik kilishi mumkin.
Gangliy funksiyali nerv tizimiga ega bulgan xayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina cheklan–maydi. Xayot kechirish jarayonida ularda tugma reaksiyalarga nisbatan yangi, ancha harakatchan reaksiya shakllari – shartli reflekslar paydo buladi. (T-shaklidagi labirintdagi chuvalchang xarakatini misol kilish mumkin. «T» shaklidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang berilgan ta’sirga javobini tajriba 120–180 marta takrorlangandan keyingina uzgartirgan).
Bugim oyoqlilarda, ayniksa xashoratlarda muxitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining murakkab, tugma shakli – instinktlar mavjuddir. Instinktlar – izchil ravishda bir kancha moslashuvchi xarakatlarni keltirib chikargan xolda xalkasimon xarakter kasb etadi. (Urgimchak tuxumi uchun pilla yasab uzi bilan olib yuradi, bolalari mustakil xarakatlana boshlashi bilan tashlab ketadi).
Asalarilarda guruxiy xatti-xarakatlar bilan boglik bulgan eng murakkab instinktlarni kuramz. Asalari uyasida bitta ona ari, bir necha unlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi arilar buladi, xammasining ishi turlicha taksimlanganday (yer arisi ovkat topib kelishini, uyani karab chikishini fransuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri arining bir kolipdagi, maksadga muvofik bulmagan xatti–xarakatini kuzatgan. Yer arisi uz uyasi oldiga chalajon chigirtkani keltirib,uya oldiga kuyadi va ichkarini karab chikish uchun kirib ketadi, shu vakt tajriba utkazuvchi Fabri chigirtkani boshka joyga olib kuyadi, ari chikib karasa chigirtka urnida yuk, kidirib topadi va yana uyasi oldiga olib kelib kuyadi va uya ichiga kirib ketadi, olim yana olib kuyadi va xokazo. Bu xolat 40 marta takrorlanadi.
Rus zoopsixologi V.A.Vagner (1849-1934) urgochi urgimchakning nomakbul bulib kolgan instinktlari sharoitida uning xatti-xarakatlarini kuzatgan. (Urgimchak pillasi ichidagini zararkunandalar yeb ketsa xam ona urgimchak kuriklab yuraveradi).
Bu misollar instinktning cheklanganligini kursatadi. Instinktiv xarakatlar muayyan shart-sharoitlarga kat’iy boglik buladi.
Instinktiv xarakatlar undan standart shart sharoitlar uzgarishi bilanok uzining maksadga muvofikligini yukotadi. Shunday kilib, xatti-xarakatlarning instinktiv shakllari fakat doimiy sharoitlardagina maksadga muvofikdir.
Jonzotning individual xayot kechirishi jarayonida ort–tirilgan va tugma xatti–xarakat programmasining puxta bajari–lishini ta’minlaydigan tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shartli boglanishlar fakat fe’l–atvorning instinktiv xatti–xarakatlar programmalari doirasida xosil bula–di. (Uz nasli uchun kaygurish instinktini – baliqlarda, o’zini ximoya kilish instinktini–skuns degan xayvonning uzidan yokimsiz xid chikarib uzini ximoya kilishida kurishimiz mumkin).
Sodda xayvonlarga karaganda umurtqali hayvonlarda shartli boglanishlar mislsiz kup xosil buladi. Xayvon evolyutsion tarakkiyotning yukori boskichiga kutarilgan sari xosil buladigan shartli boglanishlari xam shuncha murakkabrok va yana xam nafisrok bulishi mumkin.
Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi boskich xatti-xarakatning yangi belgilarini mustakil xosil kilishga asoslangan. Nafis-uzgaruvchan-plastik individual xatti xarakatning yanada murakkabrok shakllarini keltirib chikaradi.(Tovukka don sepib oldini tur bilan tusib kuyilsa, uzini bir necha marta sim turga uradi, keyin utish joyini topib oladi.).
Yuksak tarakkiy etgan xayvonlarda xatti–xarakatning instinkttiv shakklari bilan bir katorda uzgaruvchan individual shakllari – malakalar va intellektual xatti–xarakatlar xam mavjud buladi. Malakalar deganda xayvonlarning shartli boglanishlariga asosan bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti–xarakat tushuniladi. (kuyonning nogora chalishi,zanjirdagi boglik itning keyingi oyogi bilan yemishini tortib olishi).
Xayvonlar intellektual xatti–xarakatlari. Ayrim narsalar urtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual xatti-xarakatlar negizini tashkil etadi. (Karga kuz ungida gushtni ipga boglab naycha ichidan utkazishi, ikkinchi naychaga utib ketishini kuzatib turgandan keyin karga gushtning kayerda paydo bulishini kutib turadi va xokazo…).
Yuksak tarakkiy etgan xayvonlar, narsalar urtasidagi munosabatlarni paykash kobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish, ya’ni usha narsa agar u xarakat kilayotgan bulsa, kayerda paydo bulishini xisobga olish kobiliyatiga egadir. Bunday xatti xarakatni endi akliy (intellektual) xatti–xarakat deb ayta olamiz.
Maymunlar intellekti (akli) ular bajaradigan vazifalar–ning fakat murakkabligi bilan emas balki ular faoliyatining yunaltirilganligi bilan xam belgilanadi. (Ulardagi kuzatuv–chanlik). Maymun ovkat izlayotib, mevalarning iste’mol kilish mumkin bulganlarini iste’mol kilib bulmaydiganlari va zaxarlilaridan bexato ajratadi. Lekin kup xollarda instinktiv xarakat ustunlik kiladi. (Amerikalik olimlar G. Xarlou, M. Xarlou, S. Suomilarning yangi tugilgan maymun bolachalariga «temir ona» va «yumshok ona» berib utkazgan tajribasini eslash kifoya ). Maymunning individual tajribasi xam shunga asoslanadi. Intellektual xatti–xarakatlar xayvonlarning kupincha yashirin imkoniyati sifatida kolib ketadi. Rafael isimli shimpanze meva solingan kutiga utish uchun yonib turgan spirt lampasini dastlab tasodifan suvli bochkadan suv olib uchirdi, keyin kutini boshka joyga olib kuyilganda atrofda suv bulishiga karamay baribir avvalgi bochkadan suv olib uchirdi.
Maymunlarning intellektual xarakatlari taxminiy xarakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur shaklida yuz beradi. Yuksak tarakkiy etgan maymunlardagi xatti–xarakatlarning uziga xos xususiyati ularning taklidchanligidadir Xayvon katorasiga bir necha bor muvaffakiyatsizlikka duch kelgandan keyingina masalani xal kilishning yuksakrok darajadagi usuliga, ya’ni intellekt (akl–idrok) bilan ish kurish usuliga murojaat kiladi. Intellektual xatti–xarakat xayvonlarning kupincha yashirin imkoniyati sifatida kolib ketadi.
Psixolog Ladigina – Kots (1889–1963) maymunlarning «Kurol yasashi» turli yogoch kalitlardan foydalanish usulini kuzatdi. Maymunlarning intellektual xarakatlari taxminiy xarakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur shaklida yuz beradi. Yuksak tarakkiy etgan maymunlardagi xatti–xarakatlarining uziga xos xususiyati ularning taklidchiligidir. (Pol supurishi, artishi, beshik tebratishi va xokazo).
Xayvonlar mulokoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kelayotib «raksga tushadi» va boshkalarni xabardor kiladi. Yuksak tarakkiy kilgan xayvonlar (kushlar, sut emizuvchilar)ning tudasida uzaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir. Xayvonlarning xar kanday tarzda biron bir tudaga birlashuvi mukarrar ravishda tudadagilarning bir-biri bilan aloka kilishlari uchun zarur bulgan «til»ning paydo bulishiga olib keladi. Xar kanday tudada biologik jixatdan tengsizlik karor topadi: kuchli xayvonlar kuchsizlarini uziga buysundiradi. Kuchsizi buysunganlik alomatini kursatadi. Xayvonlarda kiyofa, suykanish «tili»dan tashkari eshitiladigan signallar «tili» xam bor. Sayroki kushlarda, delfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma’lum. Xayvonlarning «tili»da fakat bitta narsa yetishmaydi–xayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farkli ularok, tajribani ifoda etish vositasi bulib xizmat kila olmaydi.
Psixikaning muxitga va a’zolarning tuzilishiga boglikligi. Agar jonli mavjudodlarning xayot kechirish muxiti xamma joyda mutlako bir xil bulganida, extimol, yer yuzi bir xil turdagi xayvonlar bilan tulib ketgan bulardi. Xakikatda muxit xar xil.
Barcha jonzot mavjud shart–sharoitlarga moslasha boradi. Aks ettirish usullari kanchalik yuksalgan sari xayvonlarning mazkur turi muxitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod bula boradi.
Yashash sharoitlarining keskin uzgarishi xayvonlarni joyini uzgartirishga majbur etish azaldan ma’lum. Chul toshbakasi va mayda kemiruvchilar issik kunlar boshlanishi va kishki sovuk tushishi oldidan uzlarining normal xayot kechirishlari uchun zarur shart–sharoitlarga ancha mos keladigan xarorat saklanadigan chukur in kazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu urinda instinktlar xarakat kiladi. Fil uziga suv sepa boshlaydi, kalin soyaga yashirinadi. Maymun xam issikdan yaxshi saklanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bunda instinktlardan tashkari individual xayot kechirish jarayonida orttirilgan tajriba – shartli boglanishlar xam kul keladi
Muxit–jonli organizmning xayet kechirish shart–sharoi–ti,jonli mavjudotlar xayot kechirishining bosh omili,boshkacha aytganda, jonli organizmlarning xayot kechirishi muxitning shart sharoitlari bilan anik belgilab kuyilgandir.
Psixika va nerv tizimining evolyutsiyasi. Aks ettirishning bir-biriga uxshashligi eng avvalo sezgi a’zolari va nerv tizimining tuzilishiga boglik.
Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv tizimining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv tizimining rivojlanish darajasi mukarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaklini belgilab beradi.
Rivojlanishning kuyi boskichida (masalan, kovakichak–lilarda) nerv tizimi butun organizm buylab tarkalgan va uzaro chatishib ketgan tursimon nerv xujayralaridan tarkib topgan buladi. Bu tursimon nerv tizimidir.
Rivojlanishning keyingi boskichida nerv tizimi sifat jixatidan bir kator uzgarishlarga uchraydi. Nerv xujayralari fakat turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) xam xosil kiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv tizimi eng kup mikdordagi kuzgatuvchilar ta’sirini kabul kilish va kayta ishlash imkonini beradi.
Tugunli nerv tizimining murakkablashuvi yuksak tarakkiy etgan umurtkasiz xayvonlarda – xasharotlarda kuzatiladi. Tananing xar bir kismida gangliylar kushilib, bir-biri bilan nerv yullari orkali boglangan nerv markazlarini xosil kiladi.
Nerv tizimining oliy tipi – naychasimon nerv tizimidir. Umurtkalilarda evolyutsiya jarayonida orka va bosh miya–markaziy nerv tizimi paydo buladi va rivojlanadi. Xayvonlarda nerv tizimi rivojlanishi bilan bir paytda sezgi organlari rivojlana va takomillasha boradi. Nerv tizimi va retseptorlarning rivojlanishiga muvofik ravishda psixik aks ettirish shakllari xam murakkablashadi. Yangidan–yangi psixik funksiyalar paydo buladi, borlari takomillashadi. Nerv tizimi kanchalik murakkab bulsa psixika xam shunchalik mukammal buladi.
Markaziy nerv tizimiga ega bulgan xayvonlar muxitning ta’sirini ancha uxshash xolda aks ettiradi. Bunda yuksak darajada uyushgan xayvonlar nerv faoliyatining asosiy fondini shartli reflekslar yigindisi tashkil etadi.
Shunday kilib, psixikaning evolyutsiyasi retseptorlar funksiyalari shakllarining, shuningdek signal faoliyatining murakkablashtiruvida sezgirligi turlichadir.Birok bir xildagi muxit sharoitlarida, xayvonlarda fakat bir tipdagi retseptorlar rivojlanadi va yetakchi bulib koladi, deb uylash yaramaydi. Urgimchak bir xildagi muxitning uzida tebranishiga karab muljalga oladi; kurbaka – kishi eshitadigan shitirlashga, kurshapalak – ultratovushga, it – kuprok xidga (barcha xidlarga xam emas, balki organik kislotalar xidiga, xid sezgisi pasaygan kezlarda – xushbuy narsalar – gullar, utlar xidiga) karab muljal oladi va xokazo.
Muxit allakanday doimiy narsa emas. Xar kanday materiya singari muxit evolyutsiyalashadi. Ushbu evolyutsiyalashuvchi muxitga unda yashaydigan xayvon turi moslashadi. Yashash sharoitining tubdan uzgarganligi odamsimon maymunlarning xatti-xarakatlari sifat jixatidan kayta uzgarishiga sabab buladiki, bu okibat natijada yerda odamning paydo bulishiga olib keladi.
Mexnat faoliyati jarayonida ongning paydo bulishi va uning ijti– moiy–tarixiy moxiyati. Odam psixikasi bilan eng tarakkiy etgan xayvon psixikasi urtasida xam juda katta tafovut mavjud. Masalan, xayvon «tili» bilan odam tilini bir–biriga takkoslab bulmaydi. Birinchidan, xayvon «tili» signal, xabar bersa, inson tili bundan tashkari uz tajribalarini xam bayon kiladi. Ikkinchidan, tafakkurdagi tafovut. Xayvon fakat kurinib turganlarni idrok etiladigan vaziyat chegaralaridagina xarakat kilishi mumkin. U bundan tashkariga chikishi, shu vaziyatni mavxumlashgan xolda aks ettirib mavxum prinsipni uzlashtirishi mumkin emas. Xayvon– bevosita idrok kilinadigan vaziyat kulidir.
Kishining xulk–atvori mazkur konkret vaziyatdan abstraksiya-lashuvga (mavxumlashishga) va ushbu vaziyat munosabati bilan kelib chikishi mumkin bulgan okibatlarni oldinrok paykash layokatiga kura ajralib turadi. (Kemaga suv kira boshlashi bilan teshigini tuzatish, yonilgi kamayishi bilan uchuvchining samolyotni yakinrok aerodromga kundirishni muljallashi va xokazolar shunga misol bula oladi).
Xayvonlarning konkret amaliy tafakkuri ularni muayyan vaziyatdan bevosita ta’sirotga buysundiradi, odamning mavxum–lashgan xolda tafakkur yuritishga bulgan kobiliyati uning ushbu muayyan vaziyatga bevosita boglikligini bartaraf etadi. Kishi muxitning bevosita ta’sirinigina emas, balki uni xali kutayotgan ta’sirlarni xam kaytarishga kodirdir.
I. Kishi xususan o‘zi anglagan zaruratga kura – ongli xatti – xarakat kilish kobiliyatiga ega. Bu inson psixikasining xayvon psixikasidan eng birinchi muxim farkidir. II. Odamning xayvondan ikkinchi farki uning kurolni yaratishga va saklashga layokatli ekanligidir. Xayvon kurolni konkret kurinib va ta’sir etib kurgan vaziyatda yaratadi, ishlatadi va keyin tashlab yuboradi. Muayyan vaziyatda kurol o‘z rolini bajarib bulgandan keyin u maymun uchun kurol sifatida mavjud bulmay koladi. Xayvon doimiy narsalar olamida yashamaydi, jamoa bulib kurol yaratmaydi. Odam esa, oldindan o‘ylangan rejaga binoan kurol yaratadi, foydalanadi, saklaydi. Inson nisbatan doimiy narsalar olamida yashaydi. Kishi kuroldan birgalashib foydalanadi. III. Inson psixik faoliyatining uchinchi belgisi –ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga utkazib turishidir. Turli vaziyatlarda xayvon xam, odam xam individual tajriba orttiradi. Lekin fakat odamgina ijtimoiy tajribani uzlashtiradi. Kishi psixikasini kuprok darajada u egallab turgan ijtimoiy tajriba rivojlantiradi. IV. Xis–tuygularni rivojlantirishda xuddi abstrakt tafakkurning rivojlanishida bulgani kabi, vokelikni kuprok darajada adekvat (bir xilda) aks ettirish vositasi mujassamlashgandir. Shuning uchun xis–tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson urtasidagi turtinchi, juda muxim tafovutdir.
Inson psixikasining xayvon psixikasidan, eng muxim farki ularning rivojlanish shart-sharoitlarida kurinadi. Agar xayvonot dunyosining rivojlanishi davomida psixikaning tarakkiyoti biologik evolyutsiya konunlariga binoan ruy bergan bulsa, inson psixikasining, kishi ongining rivojlanishi ijtimoiy–tarixiy tarakkiyot konunlariga buysunadi. (Xayvonlar orasida usgan odam bolasi, Maugli, Tarzan, Amola va Kamola)
Inson psixikasi materiya evolyutsiyasining butun jarayoni davomida tayyorgarlikdan utdi. Psixika rivojlanishining taxlili bizga ong paydo bulishining biologik shart–sharoitlari xakida gapirishimizga imkon beradi. Demak inson–ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.
Maymunning odamga, tudaning jamiyatga aylanishiga ta’sir kursatgan muxim omil – bu mexnat faoliyati, ya’ni kurollarni birgalikda yaratish va kullanish jarayonida odamlar tomonidan amalga oshiriladigan mexnat faoliyatidir.
Mexnat faoliyati–ijtimoiy munosabatlar rivojlanishining shart–sharoiti va natijasidir. Shunday kilib mexnatning paydo bulishi va kishilik jamiyatining tuzilishi odamning odamsimon ajdodlarining odamga aylanishiga sabab bulib xisoblanadi.
Mexnatda kishining ongi – aks ettirishning evolyutsion yuna–lishidagi eng oliy shakli – ashyoviy faoliyatning obyektiv barkaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan uzgartira olish xususiyatiga ega bulgan shakli xam rivojlana boradi.
Yukorida aytib utilganidek, xayvonlar tasodifiy narsalar olamida yashaydi, odam esa uziga doimiy narsalar olamini yaratadi. Odam yaratgan uzidan oldingi avlodlar bajargan ish jarayonlari, xatti–xarakatlar va faoliyatning moddiy ifodasi xisoblanadi. Kurollar orkali bir avlod ikkinchi avlodga ish jarayonlari, xatti–xarakatlari, faoliyat tarzida uz tajribasini yetkazadi.
Mexnat faoliyati davomida odamning dikkat–e’tibori yaratilayotgan kurolga va binobarin, uz faoliyatiga karatilgan buladi. Kishining faoliyati ongli faoliyatga aylanadi.
Kurollar ishlab chikarish kanchalik yukori darajada bulsa, aks ettirish darajasi xam shunga muvofik ravishda yukori buladi. Demak, mexnatning ijtimoiy tashkil etilishi jarayonida kurol ishlab chikarish darajasining yuksalishi va ongli faoliyatni shakllantirishning eng muxim sharti bulib xisoblanadi.
Tabiatga ta’sir kursatgan va uni uzgartirgan xolda odam shu bilan bir katorda uzining xususiy moxiyatini xam uzgartiradi. Odam tabiat maxsulini uz xayoti uchun yarokli shaklda uzlashtirib olish uchun uz tanasidagi tabiiy kuchlarni: kul va oyoklarini, bosh va barmoklarini xarakatga keltiradi. Shu xarakat vositasida tashki tabiatga ta’sir kilib va uni uzgartirib odam, shu bilan birga, uz tabiatini xam uzgartiradi.
Mexnatning ta’siri ostida kulning yangi funksiyalari karor topdi: kul xarakat kilishda goyat darajada epchillik kashf etdi, anatomik tuzilish sekin–asta takomillasha borgan sari yelka va bilakning uzaro nisbati uzgara bordi, barcha bugimlarning, ayniksa kul barmoklarining xarakatchanligi oshdi. Birok kul fakat ushlaydigan kurol sifatida xam rivojlandi. Mexnat faoliyati shunga olib keldiki, faol xarakat kiluvchi kul asta–sekin faol (paypaslab) sezishga ixtisoslashgan organga aylana boshladi. Paypaslab sezish – olamni bilishning odamga xos bulgan aloxida xususiyatidir.
Kulning rivojlanishi butun organizmning rivojlanishi bilan uzaro boglik xolda davom etdi. Kulning ish kuroli sifatidagi ixtisoslashuvi tanani tugri tutish, tik yurish rivojlanishiga yordam berdi.
Ishlaydigan kullarning xarakati doimo kuz bilan nazorat kilib turiladi. Kurish va sezish organlari urtasida kuplab boglanishlar xosil buladi. Kulning faoliyati miyaning rivojlanishiga ayniksa katta ta’sir kursatdi.
Mexnatning paydo bulishi va rivojlanishi kishining ovkatga, boshpanaga va shu kabilarga bulgan extiyojlarning bekiyos darajada muvaffakiyatli tarzda kondirilishiga olib keldi
Shunday kilib, mexnat kishilik jamiyati tarakkiyotiga, insoniy extiyojlarning shakllanishiga, fakat aks ettiruvchi emas, balki dunyoni uzgartiruvchi inson ongini uzgartiruvchi inson ongining rivojlanishiga sabab buldi,
Mexnat jarayonida mexnat bilan birga aloka boglashning til yordamida amalga oshiriladigan oliy shakli rivoj topdi.
Ongning va vokelikni aks ettirishning ongga xos shakllari rivojlanishi bilan birgalikda shaxs sifatida odamning uzi xam uzgarmokda.
Mexnatda kishining ongi – aks ettirishning evolyutsion yunalishidagi eng oliy shakli – ashyoviy faoliyatning obyektiv barkaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan uzgartira olish xususiyatiga ega bulgan shakli xam rivojlana boradi.
Odam va xayvon psixik rivojlanish urtasidagi tafovutlarni, ayniksa turli a’zolari takomillashuvi, mexnat kurollarini yaratish, saklash ishlatish muammolari singarilar antropogenez (antropos – odam, genezis – tugilish, kelib chikish) muammolari doirasiga kiradi.
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo‘lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o‘z to‘dasidagi a’zolariga yaqqol holat bilan bog‘liq bo‘lgan, bsvosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan «o‘zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farkli o‘laroq nutq vositasida o‘z qabiladoshlariga o‘tmish (xotirot), hozir-gi davr va kelajak to‘g‘risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijti-moiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyat-ning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in’-ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, oqibat natijada odam miyasida atrof-muhittimsollari, xususiyatlari aniqroqaks eta bosh-ladi. Buning natijasida yakkahol shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo‘la bordi, shuningdek, uning uchun noma’lum hisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuni-yatlari to‘g‘risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. His-tuyg‘ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, hayajonga soluvchi nafosat timsol-lar yuzasidan zavklanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga kel-di, ularning mazmuni, ma’nosi, mohiyati bo‘yicha o‘ziga o‘zi hisobot berish, ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini baholash muammolarini keltirib chiqardi.
Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi ora-sidagi farqi tafakkurda ham o‘z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig‘ida namoyon bo‘ladi va muayyan shart-sharoitlar vujudga kelga-nida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sod-da) tafakkur mavjud bo‘lib, chamalash orqali mo‘ljal olishga, favqu-loddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo‘naltiril-gandir. Hayvonlar, aniqrog‘i maymunlar ayrim hollarda «qurol» yasash va undan muayyan masala hal etishda foydalanish hodisalari tajri-balarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga tatbiq eta bilmagan. Holbuki shunday ekan, hay-vonlar idrok qilish ko‘lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o‘ta olmaydi, hatto bun-day vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo‘q. Hayvon yaqqollik, bevo-sita idrok qilishlikni quli bo‘lsa, aksincha inson mavhum fikr-lashning gultojisidir. Inson bilan hayvon o‘rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga o‘tish imkoniyatiga ega; b) fav-quloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi ehtimol oqibat-ni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar uchrasa, ularni yengish uchun qo‘shimcha vositalar qo‘llash, o‘zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa inson uni sozlaydi, yomg‘ir yog‘sa narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo‘ysa himoyalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, ak-sincha u kelajakni ko‘ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldindan payqash, fe’l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta’sirotga bo‘ysunishni taqozo etadi. Shax-sni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosi-ta bog‘liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta’siriga javob berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta’-sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o‘rtasidagi birinchi farq shaxsning o‘zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudli-gidir.
Shaxsning hayvondan ikkinchi farqi uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga /ayoqatli ekanligi bo‘lib, oldindan tuzilgan reja bo‘yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo‘llash niyatida asrab olib qo‘yadi. Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o‘zaro tajriba almashadi, bilimlarni bosh-qalarg‘a uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.
Inson psixikasining hayvondan yana bir farqli tomoni shunda-ki, uning ijtimoiy tajribaning boshqalarga uzluksiz ravishda uza-tishida aks etadi. Tajribalarni instinktiv xatti-harakatlar gar-zida o‘zlashtirish hodisasi ham insonga, ham hayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga ko‘ra ijtimoiy tajribaning ustuvorligi odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai hisobla-nadi. Shaxsni ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllanti-radi, moddiy va ma’naviy qurollarni egallash natijasida unda yuk-sak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavhum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Subyekt tomo-nidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o‘zlashtirili-shi, ayrim o‘zgartirishlar kiritilishi uning kamolotida sifat ji-xatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi. Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning hayotiy ehtiyojga ayla-nishi, ertangi hayot to‘g‘risida mulohazalar tug‘ilishi ongning rivoj-lanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan hayvon o‘rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi. Jismoniy va akliy faoliyat kundalik za-ruratga aylanishi sababli ong bevosita nazorat funksiyasini baja-ra boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat to‘g‘risidagi tasav-vurlarini tushunishi, anglash ham uning tasarrufiga aylanadi.
Borliq voqeliklarini bir tekis in’ikos ettirish vositasi si-fatida insonda his-tuyg‘ular rivojlana boshlaydi. Inson bilan hayvonot olami orasidagi yana bir tafovut his-tuyg‘ular orqali na-moyon bo‘ladi. Lekin atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga nisbatan befarq-lik har ikkala toifadagi mavjudodlarda hukm surmaydi, biroqtash-qi ta’sirlar ijobiy yoki salbiy hissiy qo‘zg‘atishni vujudga kelti-radi. Emotsional holatlar hayvonlarda ustuvor rol o‘ynaydi, o‘zla-riningularga munosabatlarini bildiradi. Biroqhayvonlardan farq-li o‘laroqodam o‘zining yuksak his-tuyg‘ulari (axloqiy, aqliy, nafo-sat, praksik — lazzatlanish) bilan jamiyatga va tabiatga nisbatan munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g‘am-g‘ussa, mehr-muhab-bat, achinish, hamdardlik, zavklanish, faxrlanish, iftixor va bosh-qalar. Tabiat manzaralari, mehnat mahsuli, turmush lahzalari, ezgu-lik, armon insonni faolikka undaydi, har bir soniyadan maqsadga muvofiqfoydalanish xohishlari motiv vazifasini bajarishga o‘tadi. Yuksak his-tuyg‘ular inson xulq-atvorining regulyatoriga aylanadi. Undagi vijdon, uyat, mas’ullik esa qadriyat tariqasida xizmat qiladi. His-tuyg‘ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishni ta’minlashga yordam beradi.
Agarda psixikaning taraqqiyoti biologik evolyutsion qonunlar ta’siri bilan ro‘y bergan bo‘lsa, inson ongining rivojlanishi ij-timoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari tufayli amalga oshgan. Hay-von bilan odam psixikasidagi yana bir tafovut ularni rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi va muhit, munosabat, ta’sir orqali aks etadi. Shaxslararo munosabatga kirishmasdan turib, yuksak his-tuyg‘ular shakllanmaydi, yuksak psixik funksiyalar rivojlanmaydi, inson shaxsi kamol topmaydi. Odam faqat ijtimoiy muhitda, shaxslararo munosabatda insoniy fazilatlarni egallab, til, aql, ong yordamida kamol topadi, xolos. Shunga qaramasdan, ong paydo bo‘lishining biologik shart-sharoitlari mavjudligi to‘g‘risida mu-lohaza yuritish mumkin. Chunki dastlabki ijtimoiy munosabatlarning biologik shart-sharoiti ibtidoiy jamiyatdagi to‘dadan iborat edi. Shaxsning biologik shartlangan jihatlaridan tashqari, uning ijtimoiy omillari ham mavjud bo‘lib, u muayyan ma’noda ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Bunga ijtimoiy muhitdan tashqarida (o‘rmonda) shakllangan inson farzandlarining qiyofasi yaqqol mi-soldir.
Muhitdagi keskin halokatli o‘zgarishlar tufayli inson o‘zining moddiy ehtiyojini qondirish maqsadida mehnat faoliyatini kashf etdi va u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga, turmush shart-sharoiti yaxshilanishiga, ongningtakomillashuviga, fikr almashish, axborot uzatish imkoniyatining tug‘ilishiga olib keldi. Tartibsiz to‘dadardan kishilik jamiyati paydo bo‘lgunga qadar bir qancha davr-lar o‘tdi, odamning qo‘li mo‘jizakor ish qurollarini yasaydigan, ularni takomillashtiradigan, keyinchalik foydalanishi uchun asray-digan ongli mavjudodga o‘sib o‘tdi. Mehnat faoliyatida odamning ongi aks ettirishning yuksak shaklini egalladi, faoliyatning obyektiv xususiyatlarini farkdash, ularni maqsadga muvofiqlashtirish tufay-li atrof-muhitni o‘zgartirish, unga ta’sir o‘tkazish qudrati, qobi-liyati, layoqati vujudga kela boshladi. U faqat qurollardan muvaqqat foydalanishdan voz kechib, avlodlarga qoldirish, asrashni ong ta’-sirida ro‘yobga chiqara bordi, buning natijasida insonning har xil shakldagi faoliyati ongli faoliyatga aylandi, o‘zaro munosabatlar mazmuni, ko‘lami kengaya boshladi, shaxsiy mehnat ulushi jamoa ehti-yojini qondirishnitasosiy manbaiga aylandi. Tabiatga ta’sir o‘tka-zish, uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi maqsad o‘z funksiyasini o‘zgartir-di, qo‘l esa yangidan-yangi mo‘jizalar ijodkoridan asta-sekin aks ettirish quroliga, sezish, payqash, paypaslash, his etish organi va-zifasini bajarishga o‘sib o‘tdi.
Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxs-lararo munosabatning yangi shakllarining paydo bo‘lishi, til va nu-tqni vujudga keltiradi, ularning barchasini maqsadga muvofiqamal-ga oshirishni ta’minlovchi ong jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Ong faqat faoliyat, xulq-atvor, muomala, his-tuyg‘ular regulyatori emas, balki yakkahol shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini to‘g‘ri amalga oshishining asosiy manbai rolini bajara boshladi.
Shunday qilib, insonning ongi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lish bilan birga, u mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajri-bani o‘zlashtirishda, hamkorlikdagi o‘zaro ta’sirda, tabiatga, jami-yatga nisbatan munosabatlar mohiyatida vujudga kelgan. Buning mah-sulasi, shakli sifatida individual, guruhiy, etnik (milliy), ij timoiy ong namoyon bo‘lgan va ularning barchasi taraqqiyot tufayli o‘zining yangi bosqichlariga o‘sib o‘tgan hamda keyinchalik fan, texni-ka yaralishiga puxta zamin hozirlagan.
Ong mohiyati. Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo‘lgan, uning eng yuksak darajasi hisoblanmish ongda o‘z aksini topadi. Ong psi-xikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, inson-ning yakka va hamkorlik faoliyatining (muloqot nutq, til vositasi-da, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli sifatida yuzaga kel-gandir. U ijtimoiy mahsul bo‘lishidan tashqari, unga muayyan muno-sabat bildirish maqsadni ko‘zlash, o‘zlikni anglash kabilarni namo-yon etish imkoniyatiga egadir. Quyidagi mulohazalarimizda ongning tarkibiy qismlarining mohiyatini yorituvchi va ularning hukm suri-shigata’sir etuvchi omillarga doir ayrim manbalar xususiyatini tav-siflashga harakat qilamiz. Odatda, inson ongi uni qurshab turgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo‘lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita yordami bilan shaxs o‘z axborotlari ko‘lamini uz-luksiz ravishda boyitib boradi. Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari asta-sekin ular anglashinish darajasiga ko‘tariladi, keyinchalik esa muayyan turkum-larning tarkibiga kiradi. Harakatli hissiy tub ma’nodagi hissiy bilish bosqichlariga taalluqli sezgi, idrok, appersepsiya, tanish, bilib olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari ko‘magi asosida mi-yaga bevosita ta’sir o‘tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxsning tasavvurida ularning hissiy manzarasi yuzaga keladi. Xotira jarayoni ongda o‘tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarim sharlarining bo‘limlarida aks etgan muayyan izlarni jonlantirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, xayol jarayoni esa ehtiyoj obyekti hisoblangan favquloddagi davr hukmiga kirmagan obrazlar modelini namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasi bo‘lmish tafak-kur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy xususiyatli, bilvosita va so‘z orqali ifodalanuvchi bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muammolar yechimini hal etishni ta’minlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish im-koniyatidan mahrum bo‘lishi, buzilishi yoki ularning qaysinisidir xususiyati batamom, qisman izdan chiqishi ongni tubdan barbod etti-rish sari yetaklaydi. Ong psixologik tavsifining yana bittasi — bu unda subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi aniqfarqlanishda o‘z ifodasini topadi, ya’ni shaxs «Men» degan tushunchasi bilan «Men» emas atamasi tarkibiga nimalar tegishli, aloqador ekanligini aniqbiladi. Tirik mavju-dodlar olamida birinchi bo‘lib, borlikda real uni qurshab turgan tevarak-atrofga nisbatan o‘zini qarama-qarshi qo‘ygan, yaratuvchan-lik kuch-quvvatiga, o‘zgartiruvchanlik imkoniyatiga asoslangan shaxs o‘zi uchun, sifat jihatidan yuksak darajadagi makon vujudga kelti-rish uchun hayvonot dunyosini mangu tark etgan, xuddi shu boisdan jonivorlar bilan uning o‘rtasidagi ziddiyat va tafovut ongida saq-lanib kelmokda. Tabiatning tarkibiy qismi hisoblangan inson sut emizuvchilar olamida tanho o‘zini o‘zi nazorat qilishga, o‘zini o‘zi bilishga, o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan jonli zot-dir, binobarin, u psixik faoliyatni tashkil qilishga, maqsadga yo‘nal-tirishga, o‘zini o‘zi tadqiq qilishga qodir mavjudoddir. Shaxs o‘z xulq-atvorini, bilish jarayonlarini aqliy va ijodiy faoliyatini, irodaviy sifatlarini, ongli ravishda oqilona baholay oladi hamda o‘zini o‘zi boshqara biladi.
Har qaysi insonda hukm suruvchi «Men»likning «Men emas»lik-dan ajratishga intilish «o‘zini namoyon qilish, o‘zini o‘zi ifoda-lash, kimligini kashf etish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘ziga o‘zi buyruqberish, o‘ziga o‘zi ta’sir o‘tkazish singari jarayonlarda» onto-genetik hayotning dastlabki taraqqiyot pallasidan, bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egal-lash davrigacha davom etib, o‘zini o‘zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Lekin «Men»lik muammosining boshqa qirralari xususiyatlari, mexanizmlari, ta’sir etuvchi omillari, yangi sifat darajalari o‘zini o‘zi anglashning takomil bosqichlarida namoyon bo‘laveradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va ma’naviy barka-mollik) darajasiga erishgunga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish shaxsning iste’dodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va ijodiy faoliyati mahsuldorligiga bog‘liq bo‘lib, barcha insonlar taraqqiyot cho‘qqisiga erishadi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki ijtimoiy hayotdagi umumbashariy ta-lab, ehtiyoj negizida muayyan hududiy qulay (senzitiv) ham obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlar taqozosi bilan jahon fani va mada-niyatida keskin o‘zgarishlar yaratishga qodir tarixiy yakka shaxs dunyo-ga keladi. Bizningcha, komil insoniylikka erishishning o‘ziga xos axloqiy, akdiy, irodaviy, g‘oyaviy tarkiblari mavjud bo‘lib, tanlan-gan idealga intilish, kasbga sodikdik, samoviy muhabbat uning negizini tashkil qiladi. Tashqi olam taassurotlaridan mutlaqo voz kechish (g‘oyibonalik), fikriy soflikka erishish (chilla), tana azo-larini musaffolashtirish (ortiqcha moddalardan tozalash), komfortga tortilganlik orqali shaxs oliy darajaga, ya’ni komillikka yetishi mumkin, lekin bu bosqich nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ongning uchinchi psixologiktavsifi shaxsningmaqsadini ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashga oid ta’rifni ifodalagan bo‘lib, uning yana bir funksiyasi mazkur maqsadini yaratishga yo‘naltirilganligi bilan boshqalardan farq qiladi. Ushbu jarayonda shaxs faoliyati-ningturli xususiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomoni-dan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bo‘ladi, bu o‘rinda ustuvorlikka erishish yetakchilikni ta’minlaydi, irodaviy zo‘r berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, hara-katlarni bajarishning izchilligi qay yo‘sinda amalga oshirilishi hisobga olinadi, maqsadni qarortoptirishgato‘siqvazifasini o‘tovchi fikriy g‘ovlar (to‘siqpar) bartaraf etiladi va unga mutanosib o‘zga-rishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuza-tishlar amalga oshiriladi.
Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning muvofiqlashuvida, voqelikka yo‘naltirilishida obyektiv va subyektiv sabablariga ko‘ra ayrim nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishi, buzi-lishi vujudga kelishi ong funksiyasining zaiflashuvini bildira-di. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi tufayli uningtar-kibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo‘l qo‘yilsa, bu holat ongning nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi.
Ongning so‘nggi (to‘rtinchi) tavsifi uning tarkibiga muayyan da-rajadagi, ma’lum tizimga xos emotsional (hissiy) munosabatlar qam-rab olinganligini aks ettiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli-tuman his-tuyg‘ular (har xil darajali, ijobiy, salbiy, bar-qaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, affekt holatlar to‘g‘ri-sidagi axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi.
Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nis-batan munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan qoida-larga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omilkorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm su-rayotganligidan dalolat beradi.
Shaxsdagi mo‘tadillik, ruhiy sog‘lomlik ongning boshqaruv im-koniyati mavjudligini bildirib kelib, ayrim hollarda hissiyotga berilishi esa uning o‘z funksiyasini bajarishdan chetlashganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jara-yonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar sodir bo‘lmaydi. Shu narsani ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, patologik holatlarni tahlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xiz-mat qilishi mumkin. Shu boisdan ongning zaiflashuvi shaxsning his-tuyg‘ulari va munosabatlarini o‘zgartiradi: simpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg‘u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o‘rin almashib turishi kuzatiladi.
Ongning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha funksiyalarini namo-yon bo‘lishining muqarrar sharti til va nutq hisoblanadi. Shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o‘zgartiradi, ajdodlar tomo-nidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga keltirilgan tajribalar majmuasi tilda mustahkamlanadi, u o‘zining tafakkuri orqali hayoti va faoliyatini boyitadi. Til alohida obyektiv tizim sifatida namoyon bo‘lib, unda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan an’analar, marosimlar, qadriyatlar, g‘oyalar majmuasi tari-qasida ijtimoiy ongda aks ettirilgandir. Psixologik talqinlarga qaraganda, alohida, yakkahol shaxs tomonidan egallangan til boylik-lari, qoidalari ma’lum ma’noda uning yaqqol, individual ongi si-fatida yuzaga keladi, shaxsiy hayoti va faoliyatini muvaffaqiyatlp amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli hamda vositasi funksiyasini bajarib, shaxsning boshqa mavjudodlaridan farqlash sharti hisoblanadi va unda til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy negiz vazifasida ishtirok etadi, qaysidir ma’noda mexanizm rolini bajarishi ham mumkin.
Shunday qilib, ontogenezda ongning paydo bo‘lishi («Men» dav-rining boshlanishi), uning taraqqiyoti, tarkibiy qismlari, unda ijtimoiy muhitning, zarur shart-sharoitlarning roli, biologik va ijtimoiy shartlanganlikning ta’siri, tarbiyaning ustuvorligi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari mazkur muammoning psixologik tavsifini ishlab chiqishga muhim negie yaratdi.