O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə40/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tasavvur xayoli deb oʻtmishda boʻlib oʻtgan yoki hozirda bor boʻlgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya’ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi.
Tasavvur xayolini odatda tiklovchi xayol deb ham yuritiladi. Tiklovchi xayol insoniyat tomonidan oldin yaratilgan narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joy-lanishiga muhim ta'sir etadi, o‘zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo‘jizasini dog‘da qoldiradi. Har ikkala tenden-siya uyg‘unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi xayol gurlari vazifa-siga, ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mum-kin.
Tiklovchi yoki tasavvur xayolini inson hayotidagi roli gʻoyat darajada kattadir. Agar tiklovchi xayol boʻlmaganda odam oʻqiy xam olmagan boʻlar edi. Biz juda koʻp narsalarni koʻrmagan, ya’ni bevosita idrok qilmagan boʻlsak, ham ularni tasavvur eta olamiz: bunda biz boshqa odamlarning aytib boʻlgan soʻzlari asosida oʻqigan kitoblarimiz asosida xayoliy tasavvur va obrazlar yaratamiz. Masalan, bolalar kitobchalardan oʻqib berilgan ertaklardagi qahramonlarni ularning bagʻoyat botirliklarini, qoʻrqoqliklarini va bir-birlariga yordam berishlarini xayoliy tasavvur orqali aks ettiradilar. Tiklovchi yoki tasavvur xayoli jarayonida odam koʻz oldiga keltirayotgan obrazning ob’ekti haqiqatdan ham muayyan bir joyda boʻlganligini anglatadi. Tasavvur yoki tiklovchi xayol bogʻcha yoshidagi bolalarda ham boʻladi. Masalan: ularga oʻqib berilayotgan hikoyani eshitar ekanlar, hikoyadagi afsonaviy qahramonlar, ularning baland gʻoyalar ustidagi qurilgan qasrlari koʻz oʻngilarida gavdalana boshlaydi.
Ijodiy xayol - deb tajribamizda boʻlmagan va voqelikning oʻzida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat xayol turiga aytiladi. Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farkdi o‘laroq original va qim-matli moddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlar-ning yaratilishidan iborat xayolning turidir.
Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralarini ro‘yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan shaxs o‘zining ijo-diy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudrati-ni amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta'sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobi-liyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mav-jud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differensiallashti-radi. Uchinchidan, jahon faniga o‘z ulushini qo‘shadi va sivilizatsiya-ga o‘z ta'sirini o‘tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchi-siga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, iro-daviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa indivi-dual-tipologik xususpyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta'sir o‘tkaza-di. Ijodiyot tarkibltri bilan shaxsning xususiyatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikning yuzaga kelishi ikkiyokdama ta'sir o‘tkazish mexanizmi sifatida muhim rol o‘ynaydi, ya'ni faoliyatda shaxs o‘zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta'minlaydi.
Ijodiy xayol murakkab aks ettirish jarayoni boʻlib, odamning hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Odam oʻzining ijodiy xayoli orqali biror yangi, shu paytgacha koʻrilmagan narsa yaratadi. Masalan: Yozuvchi asari uchun tipik obraz yaratganda uning xayoli ijodiy boʻladi. Tadqiqotchining biror tadqiqot ustida ishlaganida ham uning xayoli ijodiy boʻladi.
Ijodiy xayol obrazlari soʻzlarda yoki moddiy ob’ektlarda tasvirlanishi mumkin. Ijodiy xayol mahsuli, ya’ni tasavvur va obrazlari san’atning hamma turlarida arxitekturada, fan va texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon boʻladi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol oʻrtasidagi farq faqat nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur xayoli jarayonida ham aslida narsalarning obrazlari yangidan ijod qilinadi. Ana shuning uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib boʻlmaydi.
Xayol qilish jarayoni hamma bilish jarayonlaridagi kabi ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol turlariga boʻlinadi.
Ixtiyorsiz xayol deb - odam oʻzining oldiga hech qanday maqsad qoʻymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir oʻz-oʻziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga keladi. Masalan: odam juda tashna yoki juda och boʻlgan paytida uning xayolida har turli taomlar, daryo va buloq suvlari paydo boʻla boshlaydi. Odamning ayni shu chogʻdagi hissiy holati, ya’ni his-tuygʻulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga kelishiga sabab boʻladi. Chunonchi, vahima yoki qoʻrqinch hissi paytida odamning xayoliga qoʻrqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi.
Odamning tush koʻrishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatlaridan hisoblanadi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya poʻstining hamma joylari tormozlanmay, ayrim joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan joylaridagi nerv hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasavvurlar qayta tiklanib, odam tush koʻra boshlaydi. Bunda miya poʻstining eng asosiy markazlari (ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan boʻlgani tufayli hech qanday nazorat boʻlmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga kirib, odam palapartish tush koʻra boshlaydi.
Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan bir jarayonda oʻtadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari fikr hamda maslaklari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol hamisha ma’lum maqsad va vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻladi. Bunday maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qoʻyilishi mumkin. Masalan, rassom oʻzi ishlamoqchi boʻlgan suratning mavzusini oʻzi belgilaydi. Yozuvchi yozmoqchi boʻlgan asarning mavzusini oʻzi tanlaydi va oʻzi badiiy obrazlarni yaratadi. Umuman san’at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi.
Biroq shuni ham aytib oʻtish kerakki, ixtiyoriy xayol ba’zan ixtiyorsiz xayolga oʻtib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda roʻy bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor qilinadigan xayol daqiqalarini oʻz ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki kompozitorlar oʻzlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida
ba’zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin.

Realistik xayol - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.


Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turidir.
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiya p a ham egadir. Xayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. ayo£1i1tage yopishtirmoq, yelimlamoq ma'nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlaripi yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. pirego1e bo‘rttirish, kuchaytirish ma'nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «5seta» obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «Shroz» iz, chiziq degan ma'noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o‘xshatma — muayyan narsalarga. nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintez-lashuv jarayonining soddaroq ko‘rinishidan biri hisoblanib, inso-niyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro‘y-rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo‘q xilma-xil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qism-larni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi.
Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalqtomonidan yara-tilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy kompozitsiyasi to‘qib chiqariladi (lotincha sotrozto tuzilmasi, tar-kibiy jihatlari degan ma'no anglatadi). Masalan, bulbuligo‘yo — odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o‘tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar.
Hozirgi zamonda agglyusinatsiyadan texnik, badiiy, san'at ijo-diyoti keng ko‘lamda foydalanilmoqda, chunonchi, samolyot amfibiya — (yunoncha atrgpyuz ikkiyoklama hayot kechirish ma'nosini bildiradi) uchuvchi qayiq toifasidagi quruqlik va suvga moslashgan gidrosamo-lyot; aerosans (chana singari sirg‘anuvchi samolyot), jangovar texnika amfibiya (tank, bronetransport, avtomobil); akkordeon-fortepya-no bilan bayan birlashmasi; avtokran-avtomobil bilan kran qori-shig‘i; avtokor (inglizcha «sag» arava) o‘zi yurar arava va hokazo.
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakl-larini o‘zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o‘xshash psixik jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni na-faqat haddan ziyod katgalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqdek kichik balo, uydek tuxum, tog‘dek paxlavon, tariqdek bola, tuyadek bur-ga va hokazo) bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur ob-razlari (timsollar, tasvirlar) miqdorini ko‘paytirish yoki ularning o‘rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masa-lan, yetti boshli ajdarlar, ko‘pqo‘lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, quyosh nurini to‘sgan afsonaviy qushlar shu-lar jumlasidandir.
Sxematizatsiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati mavjud vositalardan biri hisoblanib, u borliqdagi narsa va hodisalarning u yoki bu alomatlari hamda sifatlarini ta'kid-lashdan, shuningdek, ularga butun diqqat-e'tiborni markazlashti-rishdan iborat psixik jarayondir. Xuddi shu usul, yo‘l, vosita yorda-mi bilan muayyan yaqqol insonlarga mo‘ljallangan o‘rtoqlik hazilla-ri (sharji fransuzcha spag§e so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘rttirish de-gan ma'noni anglatadi) va achchiq, ayanchli, kulgili tasvirlar (kari-katura italyancha «sapsaShga» qayta mujassamlashuv degan ma'noni anglatadi. Mazkur jarayonda xayolot (fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o‘zaro birlashib ketishi natijasida tafovut-lar qariyb yo‘qoladi, o‘xshashlik alomatlari esa birlamchi voqyelikka aylanadi, qolaversa, ushbu holat sxematizatsiyalashni ro‘yobga chiqi-shiga qulay negiz hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qush-lar olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan haqiqiy asbob ishlab chiqishi; rassom tabiat mo‘jizalarining ma-toga tushirishi yaqqol misoldir.
Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro‘yobga chiqishi mumkin. Odatda, badiiy adabiyotda tipizatsiya yoki ti-piklashtirishdan keng ko‘lamda foydalaniladi hamda uning yordami-da ba'zi bir jabhalari bilan o‘zaro o‘xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assotsiatsiyalar orqali paydo bo‘ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jara-yonlarida uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiya-lar jarayonida o‘zlashtirilgan yo‘nalish bo‘ysunadi.
Ijodiy xayol o‘ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan eng muhimi assotsiatsiyalarning an'anaviy yo‘l-yo‘rig‘idan voz ke-chib, ijodkor ruhiyatida favquloddalik qilayotgan his-tuyg‘ular, o‘y-fikrlar, xohish-istaklarga tobe etishdir. Vaholanki, assotsi-atsiyalarning o‘xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik (kontrast-lik) ko‘rinishlari saqlanib qolsa-da, lekin tasavvurlarni sara-lash esa sababiy bog‘lanish mexanizmi bilan tavsiflanadi. Ijod-kor (shoir, yozuvchi, rassom) asarida assotsiatsiyalar chizgisi paydo bo‘ladi, ularning vujudga kelishiga asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi.
Xayol jarayonlarining, shu jumladan, fantaziya obrazlarining vu-judga kelishi inson miyasi faoliyatining mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari po‘stloqqisminingfunkpiyasi orqali amalga oshadi. Xotira bilan xayolning fiziologik asoslari, mexanizmlari o‘rtasida muayyan darajada o‘xshashlik va ba'zi tafovutlar mavjudli-gini ta'kidlab o‘tish joiz.
Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining o‘zaro birikuvi hamda faollashuvi (qayta jonlanishi, tormozlani-shi)dan iborat bo‘lsa, xayol jarayonida inson ontogenezida yuzaga kel-tirilgan bog‘lanishlar tizimi buzilishi (yemirilishi) oqibatida yangi tizim hosil qilinadi. Favquloddagi bunday holat (birlashishi, yangi tizim) ma'lum ehtiyoj yoki birorta tasodifiy taassurot (tashqi ta'sir) orqali miya po‘stida kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Xuddi shu boisdan xayol surayotgan shaxsda nerv hujayralarining guruxlari o‘zaro yangidan (qaytadan) bog‘lanishi, shuning uchun fantaziya obrazlariga xos yangilik va o‘xshash-lik alomatlari mazkur yangicha bog‘lanishga bo‘ysunadi.
Psixologiyada qo‘rqinch holati to‘g‘risida muayyan materiallar to‘plangan va taxdil qilingan. Qo‘rqinch «fobiya» deb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vu-judga keladigan kuchli asosga ega bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishla-nishdan iborat, inson tomonidan yengish imkoniyat yo‘qmuttasil psi-xopatologik holati. Mazkur patologik holatning ba'zi birlariga tushuncha berishga harakat qilamiz: 1) agarafobiya — shaxsning gavjummaydonlardan, shoh ko‘chalardan o‘tishiga qo‘rqishi; 2) kaustrofobiya— insonning eshigini qulflab yolg‘iz o‘tirishidan qo‘rqishi; 3) mono-fobiya — shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hyech kimsiz qolishdan qo‘rqishi; 4) atropofobiya - insonning ko‘pchilik davrasidan, haloyiqdan qo‘rqi-shi; 5) nazofobiya — odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi; 6) eyrotrofobiya — shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi; 7) didaktogen — o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘rqishi; 8)'yatrogen — bemorning shifokordan qo‘rqi-shi va hokazo.
Xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha. Xayolning asosiy shakli xayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, le-kin chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida qo‘llanila-di. Fantaziya inson ongida in'ikos etila boshlagandan e'tiboran borliqning qiyofasini o‘zgartirishga yo‘nalgan bo‘ladi, voqyelikning unsurlari o‘rin almashtirish xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma'lum bo‘lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu yo‘sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtira-di.
Odatda, bolaning asosiy faoliyati o‘yinga aylana borgan sari bog‘cha va kichik maktab yoshi davrida jadal rivojlanishi bilan tavsifla-nadi. Ma'lumki, ta'kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning o‘yin faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: a) bola o‘zini kosmonavt sifatida his qiladi; b) konstruktor rolini bajaradi; v) o‘zini personaj xulq-atvori bilan taqqos-laydi; g) rolli, suyuetli o‘yinlarda muayyan rollarga kirishadi va hokazo.
Xayolning o‘zi faoliyatning har xil turlarida tarkib topadi, uni amalga oshirish va uyushtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bo-laning xayoli tashqi tayanchlarga (o‘yinchoqlarga) asoslanuvchi faoli yatdan so‘zlar bilan sodda hamda badiiy ijodiyotni amalga oshirippa sharoit tug‘diradigan ichki faoliyatga o‘sib o‘tadi. Uning xayolida nutq-ni egallash munosabati bilan shaxslararo muomala ham taraqqiy eta-di. Nutqfaoliyatining yuksak ko‘rsatkichi ko‘rmagan, eshitmagan nar-sa va hodisalarni tasavvur qilish imkonini yaratadi. Xuddi shu bois bolalar cho‘plardan ot obrazlarini, stuldan harakatlanuvchi texnika-ni yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun fantaziya ijtimoiy tajribani biri sifatida gavdalanadi. Badiiy fantaziya obrazlari (Bilmasvoy, Buratino, No‘xat polvon, Qorqiz, Qorbobo, Jodugar kampir va hokazolar) ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va bi-lishning vositasi ekanligi psixolog tadqiqotchilar tomonidan da-lillab berilgan. Voyaga yetgan odamlar esa atrof-muhitni va shaxs-lararo munosabatlarni faol ijodiy izlanishlari tufayli o‘zgarti-radi.
Orzu xayol shakllaridan biri hisoblanib, shaxsning o‘zi uchun eng yoqimli istiqbol obrazlarini xayolida (tasavvurida) yaratishda gav-dalanadi. Orzu insonning ehtiyojlari, xohish-istaklari, intilish-lari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uni kelajakda faoliyatni amalga oshirishga undaydi.
Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmas-dan iloji yo‘q, chunki hamisha ham uning amaliy xatti-harakatlarida xayol jarayonlari ro‘yobga chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jara-yonlari shaxs amalga oshirishni istaydigan obrazlar shaklida mujas-samlashadi hamda ichki faoliyat tusiga aylanadi. Kelajakka shaxsni undovchi, uning xohish-tilaklarini aks ettiruvchi obrazlar majmua-si orzu deyiladi. Orzu — shaxsningatrof-muhitni, ijtimoiy voqye-likni o‘zgartirishga, o‘rin almashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy kuchlari, ilhomlari va intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan biridir. Shu bilan birga orzu shaxsiy va ijti-moiy hayotni ilmiy faraz qilishning unsurlaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko‘ra bilish, maqsad ko‘zlash, kelajagi buyuk davlat g‘oyalari, milliy istiqlol mafkurasi va mil-liy istikdol g‘oyasi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun orzu batamom tugallanishi ma'lum bir sabablarga ko‘ra muvaqqat kechikti-rilgan faoliyatga undovchi motiv (sabab) tariqasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham inson qo‘li bilan bunyod etilgan narsa o‘zining ijtimoiy-tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtirilgan, tatbiqiy xususiyatli shaxsning orzusidir. Ana shu narsalarga nisba-tan o‘ta zarur ehtiyoj his qilgan ajdodlarimizning orzulari yaqqol ko‘rinishda gavdalanganligining shohidi bo‘lamiz: 1) uchar gilamlar;
2) oynai jahon; 3) elektr chirog‘i; 4) o‘zi yurar aravalar; 5) lip etib chiqish (lift); 6) dashtga suv chiqarish va hokazolar.
Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o‘rni to‘g‘risida muayyan darajada ishlar qilgan, chunki san'at va adabiyot ijodiy faoliyati-ning zaruriy unsuri sifatida xizmati baholangan. Ma'lumki, ras-som hamda yozuvchining ijodiy faoliyatida ishtirok etuvchi xayol ob-razlarining muhim xususiyatlari — bu uning emotsional kechinmalar his-tuyg‘ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va iste'dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda xayol turlari, jarayonlari, shakllari kabilarga asoslangan holda tad-qiqot ishlari olib borilmoqda.
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va kashfiyotlar amalga oshirish, o‘zlari yoqtirgan ishlar, mu-qaddas ijtimoiy xayol yo‘llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do‘stlik, qahramonlik, iymon-e'tiqod, baxt va tole to‘g‘risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs tomonidan tasavvur etila-yotgan orzular haqiqatdan ham go‘zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka qaratilgan bo‘lsa, ular inson xislatiga aylanadi.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin