O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə42/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Xayolning asosiy xususiyatlari.
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bogʻliqdir. Xayol har doim ma’lum bir yoʻnalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning oʻz faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim boʻlib yetishishlarini xayolan koʻz oldiga keltirib koʻradi.
Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va oʻz oldiga qoʻygan vazifalari bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib oʻtish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Koʻproq odamning xayolida hamma vaqt qoʻrqinchli narsalar gavdalana boradi.
Ana shu paytdagi ehtiyojining ta’siri bilan odamning xayoli oʻtmishda idrok qilingan narsalardan hosil boʻlgan tasavvurni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.
Xayol jarayonining oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur hosil boʻlmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarga qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda boʻlmaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy asarlarni koʻrmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda kam koʻrganliklari tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar.
Xayol jarayonining oʻziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material boʻladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga koʻpincha toʻliq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida roʻy beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qoʻshish va bir turkum qilish jarayoni roʻy beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular ya’ni yozuvchilar oʻz asarlaridagi haydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim tasavvurlardan vujudga keltiradilar.

Nihoyat xayolning oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bogʻliq boʻlsa, xotira obrazlari oʻtgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bogʻliq boʻlsa, xayoliy yoʻl bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va oʻtgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib koʻrish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.




Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin