O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Ruhiy faoliyat qoʻzqatuvchisining sifatiga koʻra



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə45/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

4. Ruhiy faoliyat qoʻzqatuvchisining sifatiga koʻra:
a) musiqiy;
b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yoʻnalishiga qarab:
a) fenomenal;
b) kasbiy.
Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:


Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki
bu koʻrinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning koʻrinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida oʻz ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuygʻularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning bosh qa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib oʻtish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular oʻzlarida harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining gʻoyat ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat xotirasi boʻlmaganda edi, oʻzini har gal "boshdan boshlab" oʻrganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shugʻullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, "oltin qoʻllar", ziyrak koʻzlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega boʻlish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati boʻlib hisoblanadi.
His-tuygʻu yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuygʻular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, oʻz-oʻzimizga boʻlgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va oʻtmishda salbiy kechinmalarga ega boʻlgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon boʻladi.
Hissiy xotira oʻzining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. har bir odamga oʻz turmush tajribasidan ma’lumki, koʻpincha, qachonlardir oʻqigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bogʻlanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon boʻladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari
bir-birlariga oʻxshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar toʻlqinini barpo etish ehtimoli toʻgʻrisida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bogʻliq boʻlgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bogʻlanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tugʻilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib koʻrsatiladi va ular quyidagilardan iborat.
Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda koʻrinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon boʻlish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub’ektga bir necha daqiqa oddiy qoʻzgʻatuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, soʻng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat oʻrnida xuddi shunday geometrik shakl izini koʻrishda davom etadi. Asosan bu shakl koʻpligi rangda tovlanadi. Mazkur iz oʻsha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo boʻlib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha oʻsha ob’ektda saqlanib turadi, shundan soʻng asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada oʻzining aniq qon turini yoʻqotadi, keyinchalik mutlaqo yoʻqolib ketadi. Goho butunlay yoʻqolishi uchun qaytadan paydo boʻlishi mumkin.
Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha boʻlishi koʻzga tashlanadi.
Oʻzining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga boʻlinadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, soʻngra nigohini oq qogʻozga koʻchirsa, u holda ob’ektda koʻk-yashil rang paydo boʻlganday koʻrinadi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon boʻladi. Qorongʻu xonada koʻz oldida bir narsaga, masalan, qoʻl yaqinlashtirilsa soʻngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, bu holda chiroq oʻchgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini koʻrishda davom etadi. Mazkur obraz oʻz rangida bir qancha muddat saqlanib, soʻng koʻzdan yoʻqoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol boʻla oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi.
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon boʻlishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi.
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan boʻlib, "eydos" yunoncha "obraz" degan ma’noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar oʻz vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba’zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar koʻz oʻngidan olib qoʻyilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin. Bu
hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib koʻrilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm koʻrsatilgan va tasvir olib qoʻyilgandan soʻng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan boʻlsalar, aniq texnik obrazga ega boʻlgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning koʻrsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yoʻllari yopilib qolgan boʻlsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon boʻlish hodisasi A.R. Luriya tomonidan koʻp yillar davomida oʻrganilgan va shunga koʻra eydetik xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega boʻlib, sub’ektlarning oldiga qoʻyilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida oʻzgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan oʻtkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega boʻlgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm koʻrsatilgan. Rasm oʻrtasidan boʻlib, qoʻyilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qoʻyish istagi kuchayib borayotgani soʻralgan. Muayyan yoʻl-yoʻriq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan boʻlib, sub’ektning ruhiy koʻrsatmasi ostida sifat va miqdor oʻzgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning koʻrsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va oʻspirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning oʻtishi bilan asta-sekin soʻna boradi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarining koʻrsatishicha, eydetik obrazlarni kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo boʻlishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi boʻlib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul toʻgʻrisida tasavvurga ega ekanligi shuni koʻrsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub’ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni koʻrsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy boʻlib, oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari koʻrish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva toʻgʻrisidagi tasavvur obrazi uning tashqi koʻrinishi, mazasi, oqirligi, vaznini oʻzaro birlashtirib aks etadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni oʻz tarkibiga kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari ajratilib, ma’lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir soʻz yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib koʻrsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida oʻz bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bogʻlovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zoʻriqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli boʻlib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir.
Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi boʻlib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.
Soʻz-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat oʻzlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni soʻzma-soʻz ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni soʻzma-soʻz oʻzlashtirish, mantiqiy oʻrganish boʻlmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
Soʻz-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki soʻz mantiq xotirasi faqat insongagina xos boʻlgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi oʻzining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli boʻlgan harakat, his-tuygʻu va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan soʻz-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa
turlarning rivojlanishi soʻz mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bogʻliqdir. Soʻz-mantiq xotirasining oʻsishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bogʻliq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga koʻra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga boʻlinadi.
Mexanik (ongga yo‘naltirilmagan) xotira — muayyan materialni uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy bog‘lanishlari-ga tushunmagan holda, faqat muhim bo‘lmagan tashqi belgilariga asos-lanib esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xo-tira turi.
Musiqa xotirasi — avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tu-shirishdan iborat xotira turi.
Kasbiy xotira - bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalar-ni, fikr, mulohaza, hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustah-kamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Masalan, o‘qituvchi talaba hamda o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini, o‘z faniga oid qoida va qonuniyatlarini; davlat avtomobil nazorati xodimlari ko‘proq avtomashinalarning raqamlari va tuslarini; sportchi o‘z so-hasiga taalluqli xatti-harakatlar, musobaqalar ko‘rigini, hamkasa-balarini esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
Fenomenal (noyob) xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bog‘lanishi munosabatlarini favqulodda tez hamda aniqesda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobi-liyat.
Eshitish xotirasi — tovush qo‘zg‘atuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida hosil bo‘lgan eshitish obrazlarini esda qoldi-rish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshi-tish xotirasi asosan ko‘zi ojiz kishilarda va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo‘ladi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni roʻyobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Koʻpincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qoʻyiladi. Bu jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qoʻyilsa, esda olib qolishga etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻymaymiz. Mazkur soʻz mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday oʻrin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat boʻlsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qoʻyish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich oʻz tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qoʻllanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta boʻlmagan tadqiqot materiali 46 marta oʻqib berilganiga qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan soʻng u material bilan olti marta oʻib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta oʻrin egallashini har kim oʻz shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma’lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zoʻr berishsiz hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan keng koʻlamdagi ma’lumot, xabar, axborot, ta’surotlarning koʻpchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida oʻz xotirasini boshqarish zarurati tugʻilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
Soʻnggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning e’tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlangʻich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha boʻlgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham oʻziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub’ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina boʻlib oʻtgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni goʻyo koʻrishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto oʻzgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Qisqa muddatli xotira - bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish hamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo‘lib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axborotning saqlanishi 30 sekundgacha bo‘lishi mumkin.

Juda koʻp qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlanib qolishi xarakterli boʻlgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan soʻng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.


Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
Uzoq muddatli xotira - ko‘p martalab takrorlash va qayta tik-lashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo‘ljallangan xotira turi.
Asab tizimida izlarning saqlanishi.
Qo‘zg‘atuvchi ta'siri ostida hosil qilingan izlarning uzoq muddat saqlanish hodisasining hayvonot olamini taraqqiyoti jarayonida namoyon bo‘lish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada ma'lumotlar to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lganlar.
Nerv tizimi ilgarigi kuzatuvchilarning izlarini aniq saqlay olish qobiliyatiga ega. Buning to‘laroq dalillash maqsadida misol-larga murojaat qilamiz.
Ma'lumki, agar bir xil xususiyatga ega bo‘lgan signal qanchalik ko‘p uchrasa, sinaluvchi unga shunchalik tez moslashadi, xuddi shu ta-riqa tezkorlikda (reaksiyaning latent vaqti juda qisqa bo‘lishiga qaramay) javob qaytaradi.
Turli metodikalar bilan atroflicha tekshirishlar shuni ko‘rsata-diki, bu qonun eng oddiy sharoitlarda ham saqlanib qolar ekan.
Keyingi davrdagi tekshirishlarning ko‘rsatishicha, insonning asab tizimi alohida signal izlarini o‘ta aniklik bilan uzoq muddat saq-lash imkoniyatiga egadir, bunga ye. N. Sokolov tajribalari yaqqol misol bo‘la oladi.
Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslari-ning o‘tishi o‘zidan keyin fizik iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga keladigan elektrik va mexanik o‘zga-rishlarda o‘z aksini topadi.
Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan boʻlaklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qoʻyamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki oʻquvchi tomonidan oʻqishda, uni koʻchirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yaqqol koʻzga tashlanadi.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin