O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə47/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
-Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
-Egallash yoki oʻzlashtirish zarur boʻlgan materiallarni koʻrib idrok qilish yordamida esda olib qolish.
-Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
-Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, koʻrish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish.
Mana shu yoʻllar orqali eshitish, koʻrish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri boʻsh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assosiasiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bogʻlanishlari paydo boʻlish sur’atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:
-Sabab oqibat bogʻlanish.
-Boʻlak va yaxlit munosabati.
-Qarama-qarshilik munosabati.
-Inkor etish holati.
-Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bogʻliqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni koʻrsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali boʻlishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qoʻyilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali boʻlganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qoʻllash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov oʻtkazgan tajribasida shuni koʻrsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni oʻzaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni koʻrsatadiki, oʻquvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda oʻquv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy oʻsishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, oʻquv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yoʻli oqilona yoʻl boʻlib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan oʻzining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta oʻqiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma’nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli boʻlmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. Oʻrganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek, materialni oʻzlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga koʻra oʻzlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib holishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon psixologiya fani toʻplagan ma’lumotlarga qaraganda oʻzlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib oʻzlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida oʻzlashtirilayotgan materialning ma’noga ega boʻlishi yoki boʻlmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi boʻlib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon boʻlgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng koʻlamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yoʻnalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" koʻrinishda oʻrganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan boʻgʻinlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qoʻllanishiga xos toʻgʻri yoʻnalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (oʻz-oʻzini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qoʻyilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda oʻz oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan boʻgʻinlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qoʻygan. Bu materialni oʻzlashtirish oʻrtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 soʻzdan, 11 ta soʻz oʻzaro bogʻliq boʻlmagan soʻzlardan foydalangan. Bu materialni oʻzlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga toʻgʻri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega boʻlgan materialni oʻzlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yoʻnalish, koʻrsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini oʻrganganlar. Shuningdek, ular oʻqish faoliyatiga asoslangan holda maktab oʻquvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bagʻishlangan boʻlib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga toʻgʻri yoʻnalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va toʻliqligi ta’minlanadi.
A.A.Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf oʻquvchilariga ahamiyatli boʻlgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari koʻrsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib oʻzlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham toʻgʻri, Meymon fikriga koʻra, inson ulgʻayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega boʻlgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga oʻxshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham toʻplangan boʻlib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida oʻz aksini topgan.
A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan boʻgʻinlarda va ma’no kasb etuvchi soʻzlardan tuzilgan material asosida tekshirish oʻtkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qoʻyilgan.
Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz boʻgʻinlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi oʻzlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz boʻgʻinlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz boʻgʻinlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bogʻlay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. Shuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni oʻzlashtirish jarayoni tez koʻchadi, mahsuldorroq boʻladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yoʻnalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bogʻliq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun yengil koʻchishi ularning yosh xususiyatlariga bogʻliq narsa emasligini ta’kidlab oʻtadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni goʻyo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uygʻotadi. Odatda ma’nosiz soʻzlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bogʻliqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) soʻzlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin