O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə46/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya poʻstida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya poʻstida muvaqqat nerv bogʻlanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish oʻzining faolligi jihatidan ikkiga boʻlinadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. Oʻzining goʻzalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qoʻyib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
-maqsad qoʻyish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
-oʻquv materiallarini tushunib esda qoldirish;
-esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yoʻli bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol oʻynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bogʻliq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega boʻlsa, shu faktlarga tegishli boʻlgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez boʻlsa ham koʻpincha noaniq boʻladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish koʻzda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun oʻzining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qoʻllanilishi foydalidir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin