O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


–MAVZU FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TAHLILI



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə60/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

10 –MAVZU FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TAHLILI


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga faoliyat haqida tushuncha berish hamda ularda faoliyatga doir bilimlarni shakllantirish.


Tushunchalar va tayanch iboralar: faoliyat, interiorizatsiya, ekstroorizatsiya, malaka, ko‘nikma, faoliyat turlari.


Reja:
1.Faoliyat haqida tushuncha
2.Faoliyatning turlari
3.Motiv va motivasiya
4.Motivlarning turlari


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Psixologiya fanida hayvonlarningxatti-harakati (ularning qaysi taraqqiyot bosqichidan qat'i nazar), xulq-atvorining yuzaga kelishi ko‘p jihatdan ularni qurshab turgan makro, mikro va mize muhitga bog‘liq. Ularning namoyon bo‘lishi biologik (tabiiy) shartlangan omillar, vositalar tomonidan belgilanadi va boshqarilib turila-di. Insonni hayvonot olamining hususiyatlari bilan qiyoslashga hara-kat qilsak, u holda mutlaqo boshqacha voqyelikning shohidi bo‘lishi-miz mumkin. Chunonchi shaxs o‘zining faolligi bilan hayvonot ola-midan farkdi o‘laroq ajralib turadi, mazkur harakatlantiruvchi kuch (s})aollik) ilk bolalik yoshidan e'tiboran ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyot davomida to‘plangan insoniyatning tajribasiga va jamiyatning qonun-qoidalarini egallashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uzoq davrlar davom etgan maxsus jarayonning ta'sirida sodda tarzdagi xatti-hara-katda faollik ustuvorlik qilganligi tufayli o‘zining yuqori bos-qichiga o‘sib o‘tib, yangicha mazmun, mohiyat, shakl va sifat kashf etgan. Faollik negizida paydo bo‘luvchi o‘zgacha sifatni, o‘ziga xoslikni egallagan xatti-harakatning yuksak ko‘rinishi, faqat insongagina taalluqliligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, u o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti-harakatdan ta-fovutlanadi. Uning farqli alomatlari tavsifi yuzasidan maqsadga muvofiq mulohazalar yuritish ayni muddaodir.
Birinchidan, faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltir-gan tabiiy, biologik va ma'naviy ehtiyoj bilan shartlanmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizga qurilishi mumkin. Mabodo ehtiyoj motiv (lotincha tog1U turtki, harakatga kel-tiruvchi degan ma'noni anglatadi) sifatida faoliyatga ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: shart-sharoit, talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan belgilanadi. Shuni alohida ta'-kidlash o‘tish joizki, insonni mehnat qilishga undagan motiv mod-diy ovqatga nisbatan ehtiyoj vujudga kelishi tufayli tug‘ilishi hodi-sasi muayyan darajada uchrab turadi. Aksariyat hollarda ishchi dast-gohni ochlikning oldini olish uchun emas, balki jamiyat tomonidan mas'ul ijtimoiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli boshqa-rishga qaror qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ishchining mehnat faoliyati mazmuni moddiy ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida maqsadning ijtimoiy negizida yotuvchi tayyorlash mas'ulligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Modomiki shunday ekan, odam nima uchun bunday yo‘sinda xatti-harakat amalga oshirga-ni, uning nimani ko‘zlab ish qilayotgani mos kelmaydi, chunki uni faollikka undovchi turtki, xohish-istak bilan faoliyatni yo‘nalti-ruvchi aniq maqsad o‘zaro mutanosib emas. Binobarin, faoliyat faol-lik manbai hisoblanmish ehtiyoj sifatida yuzaga kelgan tarzda fa-ollikning yo‘naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilan idora qilinadi.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlash uchun psixika narsa va hodisalarning xususiy ob'ektiv xossalarini aks ettiri-shi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berishi joiz.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratil-gan harakatlarni ro‘yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi yo‘q faollikning imkonini beradigan boshqarishni ud-dalashi lozim. Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, iroda-viy zo‘r berishsiz amalga oshishi amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishganidagina yaratuvchanlik xususiya-tini kasb etadi, xolos.
Odatda, faoliyatga ta'rif berilganda, birinchi galda anglashil-gan maqsad bilan boshqarilishi, so‘ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta'kidlab o‘tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta'rifini mukammal tarzda ochib berishga qurbi yetadi, degan gap emas, albatta.
Inson faolligida anglanilgan maqsad mavjudligi to‘g‘risida mu-lohaza yuritish uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga muro-jaat qilishga to‘g‘ri keladi. Faoliyatning motivlari, ro‘yobga chiqa-rish vositalari, axborot tanlash va uni qayta ishlash anglanilgan yoki anglanilmagan, ba'zan anglanilganlik noto‘kis, hatto u noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Jumladan: a) maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoli-yatiga nisbatan ehtiyojini goho anglaydi, xolos; b) boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘quv motivlarini hamisha ham anglash qurbiga ega bo‘lmay-di; v) o‘smir ham xulq motivlarini noto‘kis va noto‘g‘ri anglashi mum-kin; g) hatto voyaga yetgan odam ba'zan xulq motivini noo‘rin xaspo‘sh-lashga intiladi. Bundan tashqari, hatto faoliyatni amalga oshirish-ni rejalashtirish, uni ro‘yobga chiqarish uchun qaror qabul qilish, mahsulani taxminlash, xulosa chiqarish ham anglanilganlik kafola-tiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ro‘yobga chiqaruvchi harakatning aksariyati ongtomonidan boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish, kuy chalish, kitob o‘qish, telefon qilish odatiy hodisadir.
Shuni uqtirib o‘tish lozimki, faoliyatning jabhalarini ongda aks darajasi va mukammalligi uning anglanilganligi ko‘rsatkichi mezoni hisoblanadi. Lekin faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko‘lamli bo‘lishiga qaramasdan, maqsadni ko‘zlash (anglash) uning us-tuvor belgisi vazifasini o‘ynayveradi. Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok etmasa, unda u ixtiyorsiz (impulsiv) xatti-harakatga ayla-nib qoladi va bunday holat ko‘pincha hissiyot bilan boshqariladi. Jahl, g‘azab (affekt), kuchli ehtiros holatlari yuz bergan odam ixti-yorsiz harakat qiladi. Biroqxatti-harakat ixtiyorsizligi uning ang-lanilmaganligini bildirmaydi, aksincha bunda inson motivining shaxsiy jabhasi anglanilgan bo‘ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi.
Voqyelikka nisbatan munosabatning muhim shakli sifatidagi fa-oliyat inson bilan uni qurshab turgan olam (borliq) orasida bevosi-ta aloqa o‘rnatadi. Tabiatga, narsalarga o‘zga odamlar ta'sir ko‘rsati-shi ham faoliyatning qudrati bilan ro‘yobga chiqadi. Inson faoliyatda narsalarga nisbatan sub'ekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa shaxs tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga musharraf bo‘ladi. yeuning natijasida ikkiyoklama bog‘lanish uzluk-siz harakatga kirii ishi, to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishi tufayli inson narsalarning, odamlarning, tabiat va jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma'lumot to‘playdi. Har xil xususiyatli o‘zaro munosabatlar negizida faoliyat sub'ekti uchun narsalar sub'ektlar sifatida, odamlar esa shaxs timsolida aks eta boshlaydi.
Inson faoliyatga yo‘naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo‘lda harakat qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirisha-di. U o‘z oldida turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma'lum vaqt oralig‘ida u yoki bu amalni bajaradi. Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektrtokiga ulaydi, ekranni ishga sozlaydi, uningtugmachalarini bosish orqali harf va so‘zlarni tera-di, so‘ngra ma'lum ma'no anglatuvchi matn paydo bo‘ladi.
Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini ba-jarishga mo‘ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tar-kibi harakatdeb nomlanadi. Masalan, kompyutertexnikasidan foy-dalanish harakatlari amalga oshiriladigan ishlardan tarkib topa-Di. Harakatlar natijasida odam borlikdagi narsalar xususiyati, hola-ti, fazoviy joylashuvini o‘zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami bilan, balki muayyan sa'y-harakatlar tufayli yuzaga ke-ladi. Duradgor eshik yasamoqchi bo‘lsa, avval munosib material tan-laydi, ularni o‘lchaydi, unsurlarini sanaydi, randalaydi, qismlar-ni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz beradi, oshiq-moshiq qoqadi, kesaki o‘rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va hoka-zo. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, duradgorning gavda-si, oyoq-qo‘llari, boshining tutishi sa'y-harakatlari bilan birga «tanlash», «ishlov berish», «o‘rnatish» amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa'y-harakatning harakatdan farqli to-monlari uning aniqligi, maqsadga yo‘nalganligi, epchilligi, uyg‘un-ligi singari belgilarida o‘z ifodasini topadi.
Inson faoliyatida narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirlgan sa'y-harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati; b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish); v) joy almashish (yurish, yugurish); g) aloqa vositalari sa'y-harakatlari qatnashadi. Odatda, aloqa vo-sitalari tarkibiga: a) ifodali sa'y-harakatlar (imo-ishora, panto-mimika); b) ma'noli ishoralar; v) nutqiy sa'y-harakatlar kiritadi. Sa'y-harakatlarning ushbu turlarida ta'kidlab o‘tilganlardan tash-qari mushaklar, xiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a'zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan hara-katning ishga tushishi muayyan sa'y-harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning maq-sadiga, ta'sir o‘tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va hara-katning amalga oshishi shart-sharoitlariga bog‘liq. Jumladan, a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoqtarzdagi sa'y-harakat-ni taqozo etadi; b) avtomobilni haydash velosipedda uchishga qara-ganda ayricha sa'y-harakat talab qiladi; v) ellik kg shtangani ko‘ta-rishda bir tonnaga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi; g) kartonga katta shaklni yopishtirishga qaraganda kichik shaklni joylashtirish qiyin kechadi.
Yuqorida keltirilgan misollar turlicha ob'ektlarga taalluqli bo‘lishiga qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Ob'ekt-larningturlicha ekanligi sa'y-harakatlarning oldiga va mushak fa-oliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni qo‘yadi. Ushbu voqye-lik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida dalillab berilgan. Ularning umumiy mulohazalari-ga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa'y-harakat vazifasi bilan emas, balki mazkur sa'y-harakat ro‘y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilishi mumkin. Mushaklar bu o‘rinda sa'y-harakatlar-ning yo‘nalishini va tezligini ta'minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta'siri) muayyan darajada su-saytiradi.

Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda boʻlmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda koʻp boʻlib, ulardan eng muhimi ijtimoiy qiymatga ega boʻlgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada boʻlib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini oʻzlashtiradi. har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan boʻladi. Anglab boʻlmaydigan va anglab boʻladigan tabiiy yoki, madaniy, yoki ma’naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tugʻdiradi. Ma’lumki, inson faoliyati jarayonida ma’lum bir mahsulotni yaratadi va undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda erishilayotgan muvaffaqiyatini ta’minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular jumlasiga ob’ektiv va sub’ektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda aks ettirilgan.













Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois "faoliyat", "faollik", "xatti-harakat" tushuncha-larining mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Shunga koʻra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta’riflarga asosiy e’tiborni qaratish lozim.

A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida: "Faoliyat - kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir" - deb ta’riflanadi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lugʻatida: "Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan oʻzaro ta’sirida namoyon boʻladi. Psixik faollik bu oʻzaro ta’sir shu asosda faollik koʻrsatish bilan tavsiflanadi"- deya

ta’riflangan. Faoliyat - insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo boʻladigan va tashqi olam bilan kishining oʻz-oʻzini bilishga, uni qayta qurishga yoʻnaltirilgan faolligidir.

Harakat - maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yigʻindisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.

Q.Turgʻunovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-oʻzbekcha izohli lugʻatida: Faollik - shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni oʻzlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz boʻlib, kishining faoliyati mehnat, oʻqish, oʻyin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon boʻladi"- deb koʻrsatiladi.

Faoliyat - inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining roʻyobga chiqish shakli. harakat - maqsadga muvofiq yoʻnal-tirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yigʻindisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan iborat.

V.M.Karimovaning "Psixologiya" oʻquv qoʻllanmasida quyidagicha ta’riflar uchraydi: Faollik - shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir. Faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va oʻz-oʻzini oʻzgartirish va takomillashtirishga qaratilgan oʻziga xos faollik shaklidir.

Mazkur ta’riflardan koʻrinadiki, faoliyat tushunchasi oʻz tarkibiga shaxsning u yoki bu darajadagi faollik koʻrsata olish darajalarini qamrab oladi va unga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yigʻindisiga aytiladi.

Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari oʻzaro bir-biriga bogʻliq boʻlgani bilan ular oʻrtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni toʻla-toʻkis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham oʻzgacha negizda qurilishi mumkin.

Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat ob’ektiv xossalarni aks ettirishi, qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻl-yoʻriqlarini aniqlab berish lozim.

Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zoʻr berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil oʻzaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi.

Inson faolligining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir oʻzi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni ragʻbatlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.

Faoliyatning muhim xususiyatlari

Hayvonlar faolligi

Inson faoliyati

Instinktiv - biologik faollik

Bilishga va muloqatga bo’lgan ehtiyojlar bilan yo’naltirilgan

Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik maqsadlar, (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan to’da bo’lib

yurish, .

Kishilik jamiyati hamkorligidagi faoliyat asosida tashkil topgan, har bir harakat inson uchun

hamkorlikdagi faoliyatidagi o’rniga ko’ra ahamiyatlidir

Ko’rgazmali - yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi.

Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular o’rtasidagi sababiy boqlanish va munosabatlarni

aniqlash mumkin.

Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar, ko’nikmalar yakka tartibda hosil bo’lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo’ladi.

Tajribani berish va o’zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi.

Yordamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi.

Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlariga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib, yangi qurol va vositalar yarata oladi.

Tashqi muhitga moslashadi

O’z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o’zgartiradi.


Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehiyoji boʻlishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai boʻlgan faoliyat yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.

Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti-harakati oʻrtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada boʻlmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.

I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlgan, shu sababdan uning asarlarida "Tafakkurning faol shakli", "Tafakkur faoliyati", "Miya faoliyati", "Muskul faoliyati" soʻz birikmalar keng koʻlamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan "Oliy nerv faoliyati", N.A.Bernshteyn esa "Fiziologik faolligi" atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga koʻra farqlagan boʻlishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qoʻllagan.

Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan boʻlsa, ish, mehnat faoliyati, "mehnat faolligi" mazmunida qoʻllaniladi. Ijtimoiy psixologiyada "Faoliyat - faollik - ish - mehnat", "Faoliyat - xulq", "mehnat - xulq, faoliyat" koʻrinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki "ijtimoiy kategoriya", psixologiya esa "mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini" tadqiq etadi.

A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida "Predmetli faoliyat" soʻz birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan "Odamning hissiy amaliy faoliyati" soʻz birikmasi "ijtimoiy inson" sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida "Faoliyat", "Xulq" tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan "Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish", "Faoliyatning halqali tuzilishi", "Faoliyatni boshqarish", "qoʻlning tuyush faoliyati", "Perseptiv faoliyat", "Reseptor va effektor" apparatlarining hamkorlik faoliyati kabilar.

B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi koʻrinishidir. Tadqiqotchi "Inson faoliyati", "Tashkiliy ish", "Tashkilotchilik faoliyati", "Xulq jarayonining algoritmlari" atamala-ridan har xil ma’noda foydalanadi.


Faoliyatning tuzilishi

Faoliyatning tarkibi. Inson faoliyati juda xilma-xildir. Unga mehnat, pedagogik, badiy-ijod, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish, shuni koʻrsatadiki, faoliyat tashqi dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon boʻladi. Har qanday faoliyatda inson oʻz xatti-harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tarkibini oʻylaydi, irodaviy zoʻr beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va maqlubiyatini oʻylaydi.

Faoliyat bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon boʻlish sharoiti, ikkinchidan, shu faoliyat sub’ekti boʻlgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bogʻliqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni: maqsad-motiv-harakatni ajratish mumkindir.

Maqsad - inson faoliyati soʻnggi natijasining obrazi sifatida namoyon boʻladi va ehtiyojlarini amalga oshirilishidir.

Motiv - kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi.

Ish-harakat galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi-koʻpmi uzoq yoki yaqin boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tugʻiladigan qator juz’iy maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat boʻladi. Quyidagi harakatning muhim tarkibiy qismlari koʻrsatilgan.












Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini oʻzgartirishga qaratilgan harakatlarni ish-harakat (sa’i-harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istalgan bir ish makon va zamon bilan bogʻliq boʻlgan ma’lum harakatlardan tashkil topadi. Masalan: "A", "I" harflarni yozishdagi harakatlar, bir-biridan farq qiladi. Odamlarning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni koʻrsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda koʻp, rang-barangdir. Shunday boʻlsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir; "olmoq", "joyini oʻzgartirmoq", "quyib yubormoq" bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan amalga oshiriladi. Predmetli harakat tarkibi quyidagicha izohlanadi.




























Inson faoliyatiga yoʻnaltirilgan maqsadga erishish uchun shu yoʻlda harakat qilish tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U oʻz oldida turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oraligʻida u yoki bu amalni bajaradi. Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi, ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va soʻzlarni teradi, soʻngra ma’lum ma’no anglovchi matn paydo boʻladi.

Inson faoliyati narsalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan sa’i - harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati, b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, oʻtirish), v) joy almashish (yurish-yugurish), g) aloqa vositalari sa’i-harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; a) ifodali sa’i- harakat (imo-ishora, pantomimika), b) ma’noli ishora, v) nutqiy sa’i- harakatlarni kiritadi.Sa’i-harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab oʻtilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni oʻzlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’i- harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa koʻp jihatdan harakatning amalga oshishi, shart-sharoitlarga bogʻliq. Jumladan: a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i-harakatni taqazo etadi, b) avtomobilni haydash

velosepedda uchishga qaraganda oʻzgacha sa’i-harakat talab qiladi, v) ellik kilogramm shtangani koʻtarishda bir pudlik toshga qaraganda koʻproq quvvat sarflanadi, g) kartonga katta shaklni joylashtirish, qiyin kechadi.

Yuqorida keltirilgan misollar turlicha ob’ektlarga taalluqli boʻlishiga qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Ob’ektlarning turlicha ekanligi sa’i-harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni qoʻyadi. Ushbu voqelik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A. Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida isbotlab berilgan. Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i - harakat vazifasi bilan emas, balki mazkur sa’i-harakat

roʻy beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilish mumkin. Mushaklar bu oʻrinda sa’i- harakatlarning yoʻnalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi.

Sa’i-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa tamoyiliga binoan roʻyobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati quyidagi omillarga bevosita bogʻliq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini oʻynaganda; v) sa’i-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab oʻtilgan omillar orqali amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (koʻrinishini) rus tadqiqotchisi P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. Afferentasiya (lotincha afforens keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) tashqi qoʻzgʻatuvchilardan hamda ichki organlardan axborotni qabul qiluvchi hissiy a’zolardan markaziy nerv sistemasiga kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. Toʻgʻri aloqa axborotlarning tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentasiya uning aks holatini namoyon qiladi. Sa’i - harakatlarning hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega.

Faoliyat tarkibiga kiruvchi sa’i-harakatlar tizimi oxir oqibatda mazkur harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, baholanadi va toʻgʻrilab turiladi. Maqsad miyada faoliyatning boʻlgʻusi mahsuloti timsoli, oʻzgaruvchan andazasi tarzida vujudga kelishi mumkin. Ezgu niyatga aylangan boʻlgʻusi andoza bilan harakatning amaliy natijasi qiyoslanadi, oʻz navbatida andoza sa’i-harakatni yoʻnaltirib turadi. Ana shu holatning turlicha psixofiziologik talqinlari mavjud boʻlib, ular "Boʻlgʻusi harakat modellari", "sa’i-harakat dasturi", "maqsadning dasturi", "miyada harakatning oʻzi oldindan hosil qiladigan andozalari" singari tushunchalarida oʻz ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng muhimlari; "harakat akseptori" va "Ilgarilab aks ettirish" (P.K.Anoxin), "harakat-lantiruvchi vazifa" va "Boʻlgʻusi ehtiyoj andozasi" (N.A.Bernshteyn), "Zaruriy mohiyat " va "Kelajak andozasi" (Mittelshtedt, U.Eshbi) va boshqalar. Sanab oʻtilgan tadqiqotchilarning talqinlari ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks etilishi mumkinligini mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab aks ettirish toʻgʻrisidagi mulohazalari, bu borada tasavvur-larning yaratilishi psixologiya fani uchun ijobiy ilmiy voqelik boʻlib hisoblanadi.

Narsalar bilan qilinadigan ish-harakatidan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma’lum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishni ta’minlaydigan harakatlar, organizmning bir joyidan ikkinchi joyiga oʻrin almashtirishi, kommunikasiyani ta’minlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar va nutq harakatlari mavjud.

Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma’lum tizimdagi harkatlarni amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yoʻnaltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bogʻliqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va changʻida yurish, ogʻir va engil narsani boshqa joyga olib qoʻyish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani koʻtarish, harakatlari bir-biridan farq qiladi.

Harakatning boshqarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yoʻli bilan doim nazorat qilib boriladi va toʻldirib turiladi. Unday nazorat sezgi a’zolari yordami bilan erishilishi mumkin boʻlgan narsalar tashkil etadi. Demak, maqsad miyada, kelajakdagi faoliyat natijasida, tilakdagi kelajak modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu ishning qay yoʻsinda boʻlishi boshqariladi.

Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor, sensor va markaziy tarkibiy qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffuz qilmoqchi boʻlgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan koʻzlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi.

Bajariladigan harakatning ma’lum tomonlari dastavval toʻla anglab boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtirokini borgan sari kamroq talab qiladi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ishning tuzilishi shunday qisman avtomatlashuvi tufayli oʻzgarish imkoniyati quyidagidan iborat:

1.Harakatlarni ijro qilish usullarining oʻzgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar oʻrtasida hech qanday "toʻxtab qolish" va tanaffuslar boʻlmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, kotibaning oʻrganayotgan haydovchi, yozishni oʻrganayotgan bola harakatini koʻrish mumkin.

2.Ishni bajarishda sensor, ya’ni hissiy nazorat usullarining oʻzgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan koʻrish nazorati koʻp jihatdan muskul nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning xat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi, poʻlat quyuvchi metal rangining oʻzgarishini farq qiladi.

3.Ish-harakat markaziy boshqaruvchi usullarining oʻzgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok qilishdan ozod boʻladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operasiyalar tez va birlashgan holda "intuitiv" bajarila boshlaydi.

Malaka faoliyat tarkibida oʻziga xos oʻrin tutadi. Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:

a) mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash;

b) harakat namunasini esda olib qolish;

v) malaka namunalarini koʻp marta bajarish, mashq qilish;

g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi;

d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.

Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish koʻnikma deyiladi.

Malaka turli yoʻllar bilan koʻrsatish, tushuntirish, koʻrsatish va tushuntirishni qoʻshib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.

Har bir koʻnikma va malaka odamning oʻz tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, koʻnikmalarning ayrimlari kishining koʻnikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi koʻnikmalarni oʻzgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning oʻzaro ta’siri deyiladi.

Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta’siri malakalarning koʻchishi yoki malakalar induksiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil boʻlgan koʻnikmani, fizikada qoʻllash mumkin.

Faoliyatning yana bir qismi odat boʻlib, koʻnikma malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odatda odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yoʻnaltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va kerakli harakatlar boʻlmasligi mumkin.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin