O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə56/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god

9 - Mavzu: Intellekt va kreativlik


Reja:
1.Intellekt haqida tushuncha
2.Kreativlik va uning namoyon bo’lishi
3.Intellektni o’lchash metod va metodikalari

Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.


Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.
Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri M.Wallachning [10] ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli o’quvchilar o’rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko’rsatadi:
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o’quvchilar o’zlarini to’g’ri baholaydilar, ularda o’zini-o’zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar;
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini to’g’ri baholaydilar.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
«Test» tushunchasi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test – sinash, tekshirish demakdir. Intellekt tushunchasi psixologiyada aqliy iste’dod yoki qobiliyat deb yuritiladi. Chet el psixologiyasida qobiliyatni iqtidor jihatdan o‘lchash uchun xarakterlar berish intellekt tushunchasi kiritilgan. O‘z davrining yirik psixologlari hisoblangan Kettl, Termen, Spirmen va boshqalar XIX asrning oxiri va 20 asrning boshlarida inson qobiliyati darajasini o‘lchash uchun turli xarakterdagi intellektual testlarni ishlab chiqarganlar. Ularnig oldida turgan asosiy vazifa turli ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish yoki kasbga yaroqliligini, layoqatliligini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Mazkur psixolog olimlarning niyatlari va sinfiy xarakterdagi gʻoyalari to‘gʻrisidagi masala yoritilishi zarur bo‘lgan mavzudan yirok ekanligi munosabati bilan ularga to‘xtalib o‘tamiz va testlarning mohiyatini ochib berishga o‘tamiz.
Intellektual testlar AQSH Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida o‘quvchilarni saralashda harbiy xizmatga va havo flotiga kadrlarni rahbarlik lavozimiga kishilarning loyiqligini aniqlashda intellektual testlardan foydalanilgan. Hozirgi davrda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida qabul qilish protsessida kiruvchilar saviyasini aniqlashda testlar tadbiq qilinmoqda. Bundan tashqari testlar intellektlarni o‘lchash qobigʻidan tashqari chiqib inson bilish protsesslari shaxslarning xususiyatlarini va holatlarini o‘rganishga ham ishlatilmoqda. Intellektual testlar yordamida aniqlash uchun aqliy iste’dod koeffitsiyenti hisoblab chiqariladi va uni « Q » deb belgilaydi.
Test yaratilishi tarixini tahlil qilsak, u holda unga ilmiy yondoshishning timsoli sifatida angliyalik antropolog va psixolog Frensis Golgton (1822-1911) tadqiqotlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Golgton o‘zining tajribalarini 1-bo‘lib, aqliy testlar deb atagan va Tolontning irsiyligi uning qonunlari va oqibatlari degan asarlariga kiritilgan. Muallif o‘zining bir qator intellektual testlari yordamida yuksak elitaga mansub insonlar oilasida aqliy taraqqiyot darajalarini aniqlashda harakat qilgan. Uning fikricha jamiyatning «oliy zotli» kishilari o‘zlarining biologik va aqliy taraqqiyoti jihatidan boshqalardan keskin farq qiladi, natijaga unga nisbatan karama-karshi kuchlar dunyoga keladi.
Mashhur psixolog Djeyms Kettel (1860-1944) tomonidan ishlab-chiqarilgan intellektual testlar mutaxasislarning tadqiqot ishlarida ommaviy ravishda qo‘llanila boshladi. U 50 dan ortiq intellekt va iste’dodga oid testlar majmuasini ishlab chiqadi va ularni «aqliy testlar va mezonlash» nomli kitobiga joylashtirdi.
20 asrga kelib Fransiyaga ko‘pgina olimlar tomonidan qator intellektual testlar ishlab chiqarish va ular o‘zlarining ixchamligi va samaradorligi ko‘rsatkichi bilan boshqa o‘tmishdorligidan yaqqol ajralib turdi.
Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning aqliy o‘sishi va iste’dodi darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi gʻoyasini 1905- yilda olgʻa surganlaridan keyin psixologiyada itellektual testlar nazariyasi keng yoyildi.
Ana shundan so‘ng, bu metod AQSH da keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi.
2. A.Bine va T.Simon shkalasi o‘z davrining mashhur metodikalaridan faxrli joy egallagan edi. Chunki shu davrgacha mazkur shkala kabi murakkab va keng qamrovli metodika yaratilgan edi. Ushbu metodika 1905 yilda yaratilgan bo‘lsa-da, lekin u 1908, 1911 yillar davomida qayta ishlab chiqildi. Bu shkalalar A. Bine va T. Simon tomonidan aqlan zukko va aqlan zaif bolalarni ajratish maqsadida to‘zilgan edi, ammo ular psixologik xususiyatlarining boshqa jihatlarini tadqiq qilishga ham qo‘llanila boshlandi.
1905 yilda tuzilgan shkala 50 ta tashkil topgan bo‘lib, o‘z ichiga qator testlarni qamrab olgan edi. Bu testlar A.Bine tomonidan «Intellektning muhim jabhalari» deb hisoblanib, ular muhokama, mulohaza va tushunchalardan iborat qator funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan.
1908-yilda qayta ishlab chiqilgan ikkinchi /2/ shkala esa birinchisidan aytarli darajada farq qilmasa-da, lekin unda testlar soni ko‘paytirilib, ularning hammasi yosh darajalari bo‘yicha turkumlarga ajratib chiqilgan.
3. Bine-Simon shkalalari orasida eng yashovchanrogʻi amerikacha variantlardan biri bo‘lgan Stenford tahriridir. Ushbu tahrirning birinchi varianti 1916 yilda Stenford universitetida Termen va uning hamkasabalari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, dastlabki manbaga shunchalik ko‘p o‘zgarishi va qo‘shimchalar kiritilganki, oqibatda ularning o‘zini yangi bir shkalasi vujudga keltirilgan. Aynan ana shu variantda ular intellekt koeffitsiyenti tushunchasini kiritadilar. Stenford shkalasining so‘nggi uchinchi tahriri esa bizda hozirgacha qo‘llanilaib kelinmokda /1960/. Bu tahrirning asosiy xususiyati shundaki, unga joylashtirilgan testlar yosh davr xususiyatiga binoan guruhlarga ajratilgan.
Stenford-Bine shkalasi qator testlardan iborat bo‘lib, 2 /ikki/ yoshli boladan tortib to katta yoshdagi insonlarning aqliy qobiliyatlarini o‘lchashga muljallangandir. Ushbu shkalaning ilmiy kiymati shundaki, unda sinaluvchi /tekshiruvchi/larning aqliy yoshini hamda intellekt koeffitsiyentini aniqlash uchun keng imkoniyati mavjud. Mazkur shkalaga binoan, intellekt koeffitsiyenti 124 va undan ortiq.
Steford-Bine shkalasi juda kizikarli topshirik va masalalardan iborat bo‘lib, ular tekshiruvchilar yoshiga qarab taqsimlangan.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin