4-Mavzu. Veb-sahifa yaratishda HTML tilidan foydalanish.
Reja:
1.
Veb-sahifa va Veb-sayt tushunchasi.
2.
Teglar va ularning vazifalari.
3.
Atributlar va ularning afzalliklari.
Internet
ixtiro
qilinishidan
avvalgi davrni
tasavvur qiling: veb-saytlar
bo‘lmagan,
axborot
olishning
asosiy manbayi
esa faqat qog‘oz formatidagi
kitoblar.
Kerakli
ma’lumotni
topish yoki bir necha yil
avvalgi ma’lumotlarni izlash
uchun
ancha vaqt va kuch
sarflashga tо‘g‘ri kelar edi. 1990-yilning 13-noyabr kuni britaniyalik olim Tim
Berners-Li dunyodagi ilk veb-sahifani ishga tushiradi. Sahifaga
World Wide Web
(www) internet tarmog‘ining qanday ishlashi borasidagi matn kiritilgan edi.
Qizig‘i shundaki, internet prototipi yaratish uchun tadqiqotchi Stiv Jobs Apple’ni
tark etgandan keyin yaratgan NeXT kompyuteridan foydalangan. Tim Berners-Li
haqli ravishda internetning kashfiyotchisi hisoblanadi.
Yevropaning yadroviy
tadqiqotlarga ixtisoslashgan tashkilotida ishlash vaqtida olim “xalqaro o‘rgimchak
to‘ri/tarmoq” (Web) tushunchasi taklif qilgan edi va oradan biroz muddat o‘tgach u
ayni vaqtda zamonaviy internet asosi sanalgan gipermatnlardan foydalanish usulini
ixtiro qiladi.
Bugun
esa
veb-
brauzerni
ochib,
kerakli
qidiruv tizimidan xohlagan
axborotni
qidirishingiz
mumkin.
Qisqa vaqt ichida
istagan
ma’lumotingiz
qо‘lingizda, hatto kimdir
sizning
qidiruvingizni
hisobga
olgan holda vebsayt
yaratgan bо‘lishi ham mumkin. Veb-saytlardan ma’lumot qidirish,
yoqtirgan
hikoyani о‘qish, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish,
musiqa va filmlarni yuklab
olish, kompyuter о‘yinlarini о‘ynash kabi maqsadlarda foydalanish mumkin. Har
bir veb-saytning muhim jihatlaridan biri – u qanday maqsadda yaratilmasin,
foydalanuvchi (maqsadli auditoriya) uchun qulay dizaynga ega bо‘lishidir. Veb-
saytning
maqsadi aniq, dizayni puxta о‘ylangan, undagi elementlar tartibli
joylashtirilgan bо‘lsa, uning foydalanuvchilari soni ham ortib boradi.