O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə81/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Individ
Deviant xulq – atvor – ijtimoiy deviantlikni keltirib chiqaruvchi xulq – atvor
Dadillik – kishining xayot va omonligi uchun omon bo’lgan kishilarni engishda ko’rinadigan iroda kuchidir.
Do’stlik – o’zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson o’rtasida yuzaga keluvchi emostional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi.
Jamiyat – tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shakli kishilar o’rtasida amal qiladigan ko’plab munosabatlar majmuasidir.


Individ – odamzodning vakili, o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam.
Innovastiya – ijtimoiy amaliyotda sezilarli o’zgarishlar tug’diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Idrok – sub’ekt tomonidan uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan ba’zi butunlik va yaxlitliklarning bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar va inson o’z tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning o’z tanasining sog’ligi yoki nosog’lomligi to’g’risidagi ichki a’zolardan kelayotgan signal natijasida shakllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Ko’pincha esa idrok deganda tabiiy va sostial dunyodagi predmetlarni in’ikos ettirish tushuniladi. Ob’ekt bo’lsa tashqi muhitda tayyor holda bo’ladi-yu, u insonga ta’sir qiladi va natijada u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik to’g’ri emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi ob’ektlarni ajratib oladi va bu bilan goyoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning o’ziga bog’liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg’unlashmaganlik (dissonans) va uyg’unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg’u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular goyoki yo’qdek «zo’r berib eshitmaslik va ko’rmaslik» payida bo’ladi.
Iroda – insonning o’z psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon bo’ladigan xususiyati (holati) dir. Iroda ongli tarzda o’z oldiga qoygan maqsadiga erishishi yo’lida roy beradigan to’siqlarni engib o’tish davomida namoyon bo’ladi. Uni o’z-o’zini zo’rlab qiynash bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham o’z-o’zini majburlash bilan bog’liq emas. Bu baribir o’z maqsadiga erishishishi yo’lida ishonch, kelishish, ayyorlik, o’rgatish, o’z xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart reakstiyalar, zaifliklardan) bo’lishi mumkin.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin