Insonporvarlik – gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga g’amxo’rlik qilish g’oyalari bilan sug’orilgan dunyoqarash.
Insof – insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq meyorini nazorat qilish va axloqiy baxolash.
Ideal – orzu intilishning oliy maqsadi. Tor ma’noda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi namuna.
Illyuziya –tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto’g’ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
Insayt – oydinlashuv. Muammoning echimi, ba’zan birdan yorqin yulduzday yalt etib paydo bo’ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi.
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdao’zashtirish jarayoni.
Image – obraz
Konformizm (lat. conformis – o’hshash, mos keladigan) – inson tomonidan o’zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto’g’ri bo’lsa ham) tanqidsiz qabul qilish.
Kundalik ong - kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub bo’lgan sostial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va harakatlarning yig’indisidir.
Kayfiyat– insonning psixik hayotida namoyon bo’ladigan, o’rtamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emostional holati bo’lib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan xarakterlanadi.
Kichik guruh – umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bo’lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bo’lmagan kishilar to’plamidir. U guruh a’zolarining hamdard bo’lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog’liq xususiyatlarga ega.