O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti


-rasm.  Grafik va rangli kompozitsiyalarda bir-birining ustiga chiqishi



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

25-rasm. 
Grafik va rangli kompozitsiyalarda bir-birining ustiga chiqishi
26-rasm. 
Xuan Gris “Butilkalar va pichoq
27-rasm. 
Xuan Gris “Krujka pivo va o‘yin 
kartalari”


46
Sodda buyumlardan tuzilgan natyurmortni turli grafik materiallardan 
foydalanib ishlash (applikatsiya, mozaika v.k.).
Natyurmort san’ati inson maishiy hayotining zarur buyumlari dunyosini aks 
ettiradi. Natyurmort tuzish – ijodiy ishdir. Unda musavvirning didi va layoqati, 
kompozisiyani fikrlay olish madaniyati namoyon bo‘ladi. Tasodifan terib qo‘yilgan 
narsalarni natyurmort deb bo‘lmaydi. Natyurmort tuzish maqsadiga qarab o‘quv 
va ijodiy bo‘lishi mumkin. O‘quv natyurmortlari ijodiy natyurmortdan, albatta, 
farq qiladi. O‘quv natyurmorti ma’lum dastur talabini o‘rganish uchun bajariladi. 
Rangtasvir asari buyumlarning barcha xususiyatlari, shakli va rang, qattiq-
yumshoqligi, sirtining yaltiroq yoki xiraligiga qarab tasvirlanadi. Haqqoniy 
tasvirlangan natyurmort asarlaridan mevaning mazasi, gullarning hidi kelib turadi. 
Bunga erishish uchun rangshunoslik nazariyasini, bo‘yoqlarning xususiyatlarini 
yahshi bilmoq kerak. Tasvir va natura o‘rtasida nisbat uyg‘unliklarini to‘la ifodalay 
olish talab etiladi. 
O‘quv qo‘yilmalardagi fon (zamin) muhim ahamiyatga ega. U turli rang va och 
to‘qligi bo‘yicha, barobar kontrast kuchi bilan narsalarni idrok etishga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. Narsalarning yarim-soya va soyali tomonlari och fonda sezilarli ko‘rinib 
turadi. Qoramtir fonda narsalar o‘zining yorug‘lik sifatlarini ko‘proq namoyish 
etadi. Fonning tusi och va to‘q narsalar orasida o‘rtacha bo‘lishi, rang jihatdan 
silliq va ko‘zga yaqqol ko‘rinmasligi naturaning muvaffaqiyatli tasvirlanishiga 
yordam beradi. Masalan, masalan har xil mevalar bilan tuzilgan natyurmortda oq 
fon tanlanadi, iloji boricha, natyurmortning foni bilan tagligi (stolning gorizontal 
tekisligi) tabiiy bo‘lishi kerak. 
Rangtasvirning asosiy vazifasi shundan iboratki, buyum va narsalarning 
hajmliligi, materiallik va rangdorlik sifatlarini natura qo‘yilmasidek aniq tasvirlash 
hamda qo‘yilmani yaxlit tusda yakunlash maqsadga muvofiqdir.
Rangtasvir mukammal qalamtasvirga asoslanadi. Shuning uchun rangtasvir 
jarayoniga o‘tishdan oldin natyurmortning qalamtasvir kompozitsiyasini sur’at 
tekisligida tasvirlash xususiyatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Tasvirlovchi 
narsalar to‘plamiga (natyurmort) ma’lum bir ko‘rish nuqtasidan qaraydi va u ko‘z 


47
qarashiga qat’iy ravishda kuzatish perspektivasi qonuniyatining o‘zaro bog‘liqligi 
bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, naturadagi narsalar o‘zaro yoritilganligi 
va bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular oralig‘ida reflekslar, yarim soyalar, soyalar 
va yorug‘liklar taqsimoti ma’lum bir tartibda bo‘ladi. Mabodo ko‘rish nuqtasi 
o‘zgartirilsa naturaning o‘zaro joylashuvi va yoritilganligi yangi ko‘rinishda 
namoyon bo‘ladi. Ko‘rish nuqtasi yorug‘likka qarama-qarshi bo‘lganda tasvirni 
siluet tarzida ko‘rish mumkin. Natyurmortni tasvirlash jarayonida to‘plamdagi 
barcha narsalar, ularning o‘zaro joylashuvi, soya-yorug‘ va tus munosabatlarini 
obrazli ko‘rinishiga bo‘ysundiriladi va idrok qilinadi. Natyurmort kompozitsiyasini 
shunday tuzish kerakki, uni qaysi nuqtadan kuzatganda ham u yaxlit bir butun 
ko‘rinishiga erishmoq zarur. Bu ishning muvaffaqiyatli chiqishi pedagogning 
shaxsiy badiiy didi va tajribasiga bog‘liqdir. Naturaga nisbatan qiziqarli ko‘rish 
nuqtasini tanlab olgach, qog‘oz varog‘i qanday o‘lchamda bo‘lishligini aniqlash 
zarur. Qog‘oz varog‘ida ifodalanadigan natyurmort qo‘yilmasini naturadan to‘g‘ri 
aniqlab tasvirlay olish kerak.
Natyurmort kompozitsiyasini qurilishida dastlab qog‘oz yuzasida 
tasvirlanayotgan narsalarni puxta joylashuvi, qog‘oz o‘lchamiga nisbatan tasvirning 
katta-kichikligini aniqlashdan iborat. Har bir natura qo‘yilmasi muayyan o‘lchamdagi 
qog‘ozni talab qiladi.
Tasvirlanayotgan narsalar ma’lum o‘lcham tekisligida “tiqilinch” yoxud juda 
ham kichik joylashib qolmasligi zarur. Haddan tashqari kichik joylashgan tasvirlar 
qog‘oz tekisligida aniq ko‘rinmaydi.
Tasvirda asosiy e’tiborni o‘ziga jalb etuvchi buyum — kompozitsiya markazini, 
qolganlari esa unga tobe bo‘lib hizmat qiladi.
Tasvirda tomoshabinning nazari ana shu markazga yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. O‘lchamni aniqlab olgach, asosiy ishni boshlashdan oldin kichik o‘lchamdagi 
qog‘oz bo‘lagida bo‘lajak natura qo‘yilmasini xomaki variantlari tayyorlanadi, 
shundan so‘ng, asosiy ishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
Asarni ishlashda tanlangan mavzuga asoslanib kerakli materialni to‘g‘ri tanlash 
talab etiladi . 


48
Qo‘yilgan naturani geometrik jismlarga 
taqqoslab buyumlarning bir –biriga nisbatlarni 
solishtirib chizish kerak. 
Albatta, har qaysi bo‘lakning o‘ziga xos 
tomonlarini hisobga olib, bir–biriga uzviy bog‘lash 
lozim, aks holda qo‘yilgan naturaning maqsadini 
ochib berishda xatoliklar yuzaga keladi .
Buyumlarning o‘zigagina tegishli bo‘lgan 
xarakter shakllariga ahamiyat berish lozim. 
Qo‘yilgan naturani qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish 
nisbatlarni to‘g‘ri belgilash kerak. Buyumlarni 
chizgandan keyin qayta-qayta solishtirish kerak. 
Ish yorug‘ va soyalarni asta–sekin tasvirlash bilan 
nihoyasiga yetkaziladi.
Natyurmort qo‘yilmasini tasvirlashda ishni 
alohida-alohida buyumlardan boshlab so‘ngra 
boshqalariga o‘tish aslo mumkin emas. Narsalar 
guruhini qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirishda nisbat, 
oraliq masofalar, fazoviy joylashuvda xatolikka 
yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun narsalar 
to‘plamini yengil chiziqlar bilan belgilab chiqish 
zarur. Tasvirlashda narsa va buyumlarning perspektiv 
qisqarishlarini puxta bajarish o‘ta muhim. 
Narsalarning o‘zaro joylashuvi, istagan 
qirrasini yo‘nalishi naturada osongina aniqlanadi va 
naturaning yo‘naltiruvchi va vertikal (tik), gorizontal 
(yotiq) chiziqlari yordamida tasvir qog‘ozda yengil 
quriladi. Uzun qalam yordamida qurilmaning 
perspektiv burchaklarini, qirra nisbatlarini, stol 
tekisligida o‘zaro turgan joylarini tekshirish mumkin. 


49
Buning uchun qalamni cho‘zilgan qo‘lda vertikal, 
gorizontal yoki burchak ostida ushlab qirralarning 
perspektiv yo‘nalishini tekshirish mumkin.
Umumlashtirish 
bosqichida 
naturaga 
yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga ko‘rish 
ya’ni «tikilib qarash» kerak. Buyumlar guruhining 
barchasi tarqoq bo‘lib tuyuladi, ammo shu paytda 
tus munosabatlarini, natura yaxlitligini tezroq 
tushunish mumkin. Navbatma–navbat naturaga 
ham, ranglavhaga ham yaxlit qarash kerak, shunda 
qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilganligini ilg‘ab 
olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‘ra 
olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab 
va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi. 
Ish jarayonida yaxlit ko‘rish – rangtasvir ishlash 
mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega 
bo‘lgan rassom, naturani obrazli ko‘rinishini to‘g‘ri 
ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo‘lakning o‘z 
o‘rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda 
kompozitsiyaviy markazga bo‘ysundirishni samarali 
bajara oladi.
Rang bilan ishlash jarayonida shakllarning 
xarakteriga aniqlik kiritib borish zarur. Tasvirlash 
jarayonida ishni boshidan oxirigacha, albatta, 
metodik ketma-ketlikka rioya qilish muhimdir.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin