4
Annotation
This study guide entitled "Painting" is intended for students of "60111200 - Fine
arts and engineering graphics". The training manual provides theoretical information
on the topics of practical training in the field of painting, and the implementation of
practical work is given as an example in methodical consistency. To strengthen students'
knowledge, there are information about graphic materials and representation in graphic
materials, as well as terms, a list of used literature, and examples for independent work.
The manual was developed in accordance with the current state educational
standard and science program, combining foreign and local literature.
From the study guide "60111200 - Fine arts and engineering graphics"
students and researchers,
art schools, general secondary school teachers,
extracurricular institutions can also be used by garak leaders and amateur artists.
5
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog
kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy
pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish,
zamonaviy bilim va
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash, sohaga oid ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, pedagogik
ta’lim muassasalarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 27-fevraldagi Pedagogik ta’lim sohasini
yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4623 sonli qarorida pedagogika ta’lim
sohasini
rivojlantirishning
ustuvor
yo‘nalishlari
belgilab
o‘tilgan.
Yoshlarni badiiy jihatdan barkamol, vatanga va milliy san’atga sadoqat ruhida
tarbiyalab voyaga yetkazishda tasviriy san’at xususan, qalamtasvir, rangtasvir,
kompozitsiya fanlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida
oliy o‘quv yurtlari Tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishida
olib borilayotgan maxsus
fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqozo etib, pedagog va olimlar zimmasiga
yuksak vazifalarni yuklaydi.
Tasviriy san’at fani umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha maxsus
fanlarning asosi hisoblanadi va ular orasidagi bevosita bog‘liqlikni ta’minlaydi.
Tasviriy san’at fanidan yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, talaba
haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati va boshqa fanlarni yuqori darajada o‘zlashtira
olmaydi.
Tasviriy san’at – bu go‘zalliklar dunyosi. Uni tushunish va qabul qilish uchun
eng avvalo tasviriy san’atning ifodaviy tilini o‘zlashtirish, uning turlari va janrlari
haqida tushunchaga ega bo‘lish va rangtasvir texnikasi va texnologiyasi haqidagi
bilimlarni egallashi lozim.
Shuning uchun ham tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z ish faoliyatida o‘quvchilarga
6
faqat san’atning nazariy asoslari va uning ifodaviy tilinigina o‘rgatib qolmasdan,
balki tasviriy san’at materiallari va asbob-uskunalari haqidagi ma’lumotlarni ham
yetkazishlari juda muhim.
Tasviriy san’atni o‘rganish, uning texnik asoslarini o‘rganishdan boshlanadi.
Xuddi shu bilimlar tasviriy san’atning turli ko‘rinishlari bilan muvaffaqiyatli
shug‘ullanishga sharoit yaratadi.
Pedagogik Oliy ta’lim muassasalarining tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishlarida
va san’at maktablarida materialshunoslik va tasviriy san’at vositalariga kam e’tibor
qilinadi. Bu esa ta’lim jarayonida juda katta uzilishlarga olib keladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada rangtasvirning rivojlanish jarayoni va ranglarning
paydo bo‘lishi, tayyorlanishi haqida hamda turli grafik materiallar bilan tanishtirishni
va rangtasvir texnikasi va texnologiyasining ijodiy imkoniyatlarini ochib berishni
maqsad qilib qo‘yilgan.
Grafik materiallarning xususiyatlari bilan tanishish ijodiy jarayonda muhim rol
o‘ynaydi.
Talabalar tasviriy san’atning texnik asoslarini o‘rganib bo‘lishganidan
so‘nggina pedagog-rassom ularni qalamtasvir va rangtasvirga o‘rgatadi.
Kimki rangtasvirni o‘rganmoqchi bo‘lsa, u doimiy amaliy mashqlar bajarishi
va rangda har xil tajribalar o‘tkazib turishi zarur.
Rangtasvir mashg‘ulotlari orqali yosh rassom-pedagoglar atrof-muhit, borliqni
kuzatish, idrok etish, tahlil qilib to‘g‘ri tasvirlashni o‘rganishadi. Bu esa bo‘lajak
pedagog-rassom kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan grafik materiallarda tasvirlash
texnikasini o‘zlashtirishida katta metodik yordam beradi. Bunday bilimlarni nazariy
va amaliy jihatdan puxta egallash orqali talabada ijodkorlik xislatlari shakllanib
haqiqiy pedagogik mahoratga erishishi mumkin. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish
lozimki, faqat kitobni o‘qish bilan mo‘yqalamda ishlash mahorati oshib qolmaydi.
Ijodiy mahorat tinimsiz, uzoq vaqt amaliy mashqlar bajarish jarayonida o‘sib boradi.
Amaliy mashqlar maqsadga yetishning eng to‘g‘ri yo‘li bo‘lsa, kitob esa undagi
harakatlarni boshqaruvchi yo‘l ko‘rsatuvchi
mayoq hisoblanadi
1
.
1
X.E.Sultanov. RANGTASVIR (Akvarelda natyurmort ishlash). O‘quv qo‘llanma. Tosh-
kent-2019., 5 b.
7
Rangtasvir materiallarini yaratish texnologiyasi amaliy kimyo asosida
rivojlandi va ilmiy xarakterga ega. Bu texnologiyani rangtasvirchilar amaliy ish
jarayonida yaratishgan va yillar davomida o‘rganishgan.
Qadimgi
davrlardan
to
hozirgi
kungacha
yangi
tasviriy
vositalarning
rivojlanishi
rangtasvir
qonun-qoidalarini
san’at,
shuningdek
hunarmandchilik
sifatida
ko‘rsatib
kelgan.
Dostları ilə paylaş: