«...Pedagog bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, Murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak.» O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov
Reja:
1.Pedagogik mahorat va uning asosiy tarkibiy qismlari
2. O‘qituvchisining musiqiy pedagogik mahorati o`quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy omili sifatida
3.O`qituvchining darslar jarayonida o`quvchilar bilan ishlashni tashkil etishdagi musiqiy pedagogik mahorati
Tayanch iboralar:
Musiqa – turli-tuman tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g’oyaviy emotsional mazmuniga ega bo’lgan san’atning bir turi xisoblanadi.
Musiqa estetikasi – musiqa san’atning mohiyati, badiiy shakllari va uslublarini o’rganadigan fan.
Musiqa madaniyati o'qituvchisining musiqiy pedagogik mahorati tarkibi o'z ichiga badiiy musiqa va ijodiy qobiliyatni oladi: Musiqa madaniyati o'qituvchisi pedagogik ijodkorligi, o'quv tarbiyaviy vazifalarni echishga qobiliyatli bo'iishi, pedagogik texnologiya haqida tushunchaga ega bo'lish.
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va ahamiyati.O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o’qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda «Pedagogik mahorat» tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo’ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o'qitish uglubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir”.
Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi:
1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi;
2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;
3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish;
4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik.
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog’liq bo'lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin:
1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi;
2. Mutaxassislikka doir bilimlar;
3. Pedagogak qobiliyat;
4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor)
O’qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing ijtimoiy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O’qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak.
Hozirgi davrda, biz mustaqil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy davlatda faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Hozirgi zamon o'qituvchisining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insonparvarlik yo'ialishidir. O’qituvchi juda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko'p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Demak, o'qituvchi pedagogik mahoratining asosi o'z ustida ishlab borish – mustaqil o'qishdir.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo'sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joyiga qo'yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi - yoshlarni chuqur bilimli va pokiza axloq-odob, qalb egasi qilib tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarni o'rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan.
«Pedagogik mahorat» fanining predmetini pedagogning faoliyati tashkil etadi.
«Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat.
Pedagogik mahorat fanining vazifalari: - tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib boradi;
- tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi bog’lanishlarni ko'rsatadi;
- shuningdek pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.
O'qituvchinnng pedagogik mahorati shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z fikrlarini yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:
1. Kasbiy bilim:
A) Nazariy bilimlar
B) Amaliy bilimlar
C) Metodik bilimlar
2. Pedagogik qobiliyat:
A) Didaktik qobiliyat
B) Akademik qobiliyat
C) Perseptiv qobiliyat
D) Suggestiv qobiliyat va h.k