I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga yosh fiziologiyasining asosiy tushunchalari, odam organizmining funktsiyasini ulg’ayish paytidagi o’zgarishlari, xayot kechirish faoliyati, organizmning bir butunligi, uning tashqi muhit bilan uzviy bog’liqligi, organizm, a’zo-tizmlari fiziologik faoliyati va uning boshqarilishida nerv va gumorol tizimlar roli, boshqarilish mexanizmlari, tashqi muhitga moslashish mexanizmlari haqida o’rgatish va ularni amaliyotga tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, turli a’zo, tizim va umuman organizmni faoliyat ko’rsatish xususiyatlarini o’rgatish; turli yosh davrlarida organizm faoliyatining xususiyatlarini belgilovchi ekzogen va endogen omillarni aniqlashni; yoshni ob’ektiv mezonlarini aniqlash, individual rivojlanish qonuniyatlarin o’rgatish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. Kirish. Tayanch - harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonunyatlari. Fiziologik va cigena fanlarining o’zaro munosabatlari. Yoshga oid fiziologik fanining pretmeti va uslublari. Gigena fanining predmeti. Organizmning umumiy tuzilishi. Xujayra, to’qima, organ va tizmlar. Organizmning butunligi. Organizm va muhit. O’sish va rivojlanish. Akseleratsiya va retardatsiya. Prenatal va postnatal davrlar. Bola rivojlanishining davrlari. Kritik va sensitiv davrlar.
Harakat va koordinatsiyaning ahamiyati. Skeletning umumiy tuzilishi. Suyaklarning tarkibi va xillari. Bosh suyagi. Umurtqa pog’onasi. Ko’krak qafasi. Qo’l-oyoq skleti. Bo’g’inlar. Bo’g’inlarning xillari.Bolalarda skelet patologiyasi. Skolioz lordoz, kifoz, yassi oyoqlik, osteoporoz. Skelet deformatsiyalarining oldini olish. Maktab hududiga va mebellariga (jihozlari) qo’yiladigan gigenik talablar. Skelet deformatsiyasining korrekktsiyasi. Skeletning yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi.Muskul tizimi. Muskul xossalari. Muskul paylari va boylamlari. Ko’ndalang-targ’il muskullar. Silliq muskullar. Muskullar qisqarishini energiya bilan ta’minlashi. Bukuvchi va yozuvchi muskullar. Ko’tariluvchi va tushuvchi muskullar. Aylantiruvchi muskullar. Sfinkter muskullar. Bosh va bo’yin muskullari, gavda muskullari, qo’l-oyoq muskullari.
Muskullar kuchi, chidamliligi, xarakatchanligi. Muskullarning yosh xususiyatlari va gigenasi. Jismoniy mashqlarning muskulga ta’siri.Muskul kuchi. Muskul ishi. Gipodinamiya. Muskullarning chiniqishi. Jismoniy harakat va muskullarning rivojlanishi. Bodibilding. Maktab anjomlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Bolalar o’qishini tashkil etishga qo’yiladigan gigiyenik talablar.