O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo’nalishi 1mi-22im guruh talabasi Nekboyeva Sangchaning Umumiy psixologiya fanidan «Sezgining reflektor va retseptor
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo’nalishi 1MI-22IM guruh talabasi Nekboyeva Sangchaning Umumiy psixologiya fanidan «Sezgining reflektor va retseptor nazariyalari. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari» mavzusida tayyorlagan T A Q D I M O T I RЕJA:
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.
Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va hususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgining hosil bo'lishi uchun quyidagilar zarur: Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo'lishi. Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo'lishi. Sezgilarning nerv fiziologik asosini I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo'lgan qo'zg`alishni psihik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mehanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: analizatorning periferik bo'limining markaziy analizator bilan boqlaydigan yo'llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar; periferik (receptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan mahsus transformator qismi; analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq bo'limlari.