O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Yüklə 116,69 Kb.
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü116,69 Kb.
#165632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi 1-Mutaqil ta\'lim ishi Asqat Tajiboyev

Profilaktik maqsadlar — frustratsiyalash tolerantligining ortishi bilan bog ‘liq.

Moslashuvchanlik maqsadlari - konfliktlar, inqirozlar, oila muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish


An’anaviy tarzda psixologik konsultatsiyaning asosiy metodi intervyu hisoblanadi. U terapevtik suhbat bo‘lib, u oilani ijtimoiy psixologik qo‘llab quvvatlash va unga yordam berishga qaratilgan bo‘ladi. Lekin hozirgi kunda konsultatsiyaning amaliyotida (oilaviy konsultatsiyada ham) turli xil psixoterapevtik maktablar ishlab chiqqan metod va usullardan keng foydalanilmoqda.


Tashqi bosqichda ishlash uchun uncha chuqur bo‘lmagan oilaviy va shaxsiy muammolarni yechish kifoya qiladi. U ko‘pincha birinchi uchrashuvda qo‘llaniladi.(oila juftliklarining konsultatsiyasida). Bunda K.Rodjers,F. Vasilyuk va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan yordam beruvchi munosabatlarni hosil qiluvchi texnologiyalardan keng foydalaniladi. Buning natijasida vujudga keladigan ishonchli munosabatlar ochiqligi bilan hayratlantiradi. Chunki uning natijasida har bir oila a’zosi uning ongida hamma narsani ochiqchasiga ayta oladi va o‘zining haqiqiy hissiyotlarini ko‘rsata oladi. Bu muammoni aniqlashtirishga qaratilgan birinchi qadam bo‘lib u ham o‘ziga, ham boshqa insonga qaratilgan qadam hisoblanadi. Shuningdek bu bosqichda xulq-atvor psixologiyasida yaratilgan bir qancha texnikalardan ham foydalaniladi. Xususan “kontrakt terapiya”ning bixevioristik modifikatsiyasidan foydalaniladi. Unda er-xotinlar agarda biri ikkinchisi kutayotgan xatti-harakatlarni o‘zi bilib amalga oshirsa birbirlarini rag‘batlantirishga so‘z beradilar. Ancha chuqur bosqichda (bogiiqlikni, boshqaruvni qayta taqsimlash) kam anglanilgan jarayonlarga ta’sir qilish kerak bo‘lganda psixoanalizda, geshtalterapiyada va psixodrammada ishlab chiqilgan metodlardan foydalaniladi.
Oila bilan ishlash shakllari quyidagi vazifalar asosida belgilanadi:

  • tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

  • mavjud vaziyatni o'z vaqtida tahlil qilishga yordam beradigan ishlarni amalga oshirish;

  • tarbiya jarayonida ota-onaning ham, bolaning ham xatti-harakatlarini o'z vaqtida to'g'rilashga yordam beradigan ishlarni amalga oshirish.

  • Oilaviy nizolar turlari

  • 1. Er-xotin o’rtasidagi.

  • 2. Qaynona-kelin o’rtasidagi.

  • 3. Qaynona-kuyov o’rtasidagi.

  • 4. Ovsinlar o’rtasidagi.

  • 5. Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi.

  • Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o’rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko’ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:

  •  er-xotin o’rtasidagi nizolar;

  •  qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar;

  •  qaynona-kuyov o’rtasidagi nizolar;

  •  ovsinlar o’rtasidagi nizolar;

  •  ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar


Yüklə 116,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin