O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti


O‘zbekiston Respublikasini tashki savdo siyosati va uni asosiy strategiyasi



Yüklə 97,88 Kb.
səhifə4/7
tarix03.12.2023
ölçüsü97,88 Kb.
#171891
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi globaal

2.1 O‘zbekiston Respublikasini tashki savdo siyosati va uni asosiy strategiyasi
O’zbekiston uchun tashki savdoni isloh qilish va eksportni rag’batlantirish – erkin ayirboshlanadigan valyutada daromadlar usishiga olib keladi. U jahon iqtisodiga integratsiyalashuv kuchayishida muxim omil sanaladi. Eng muximi, u iqtisodiy usish barkarorligini ta'minlaydigan milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodda chuqur tarkibiy uzgarishlarni amalga oshirish kabi eng dolzarb masalalarni xal qilishga qaratilgan muhim harakat xisoblanadi.
Ma'muriy nazoratning qisqarishi orkali zamonaviy xalkaro qoidalarga muvofik tashqi savdoni bozor mexanizmlari vositasi bilan tartibga solinishi respublikada utish davriga xos xususiyatlarni xisobga olgan xolda, tashki savdoni davlat tomonidan tartibga solishni va isloh qilish uslublarini takomillashtirishni talab qiladi. Xo’jalik sub'ektlarining makroiqtisodiy bozor islohotlari natijasida vujudga kelgan rag’batlantirish omillaridan to’liq foydalanishini ta'minlash uchun O’zbekiston xalqaro moliyaviy va texnik yordamga muhtojdir. Respublika xo’jalik sub'ektlarining xalkaro savdo jarayonlarida ishtiroki xozirgi kunda faqatgina to’plangan tajribalar va o’rnatilgan savdo aloqalari hisobiga jahon bozori xolati bo’yicha yetarli darajada ma'lumotlar bo’lmagan va bu sohada ilmiy izlanishlar deyarli yuk sharoitda ro’y bermokda.
TIF soxasida Respublika duch kelayotgan asosiy qiyinchiliklar kuyidagilar:
• TIAlarning uzgaruvchan shart-sharoitlarini inobatga oluvchi, ularni davlat tomonidan tartibga solishning ilmiy asoslangan kontseptsiyasining mavjud emasligi;
• TIA katnashuvchilarining aksariyat kismida tashki iktisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan boglik bulgan bozor iktisodiyoti, jaxon bozoriga kirish shart-sharoitlari, xukukiy va texnik jixatlari tugrisida maxsus bilimlarning yetishmasligi;
• Jaxon bozorlari xakida kerakli tijoriy ma'lumotlarning yetishmasligi yoki yukligi;
• Bojxona va eksport-import nazoratini kompьyuterlashtirish va avtomatlashtirishning talab darajasida emasligidir.
TIF soxasida erishilgan yutuklar bilan birgalikda, uning samaradorligiga salbiy ta'sir kursatuvchi muammolar xam saklanib kolmokda. Ularni bartaraf etishda xar tomonlama ilmiy asoslangan tashki iktisodiy siyosat kontseptsiyasini ishlab chikish va amaliyotga tadbik etish zaruriyati tugiladi.
Odatda, kontseptsiya tashki iktisodiy muxit uzgarishiga ongli ravishda moslashish extiyoji tugilganda ilmiy doiralar tomonidan yaratiladi. Okilona tuzilgan tashki iktisodiy siyosat kontseptsiyasi avvalambor iktisodiyotdagi axvolni tubdan taxlil kilish bilan boshlanadi. Taxlil makrodarajada – mamlakat iktisodiyotining axvoli, uning byudjeti, tulov balansi va boshka makroiktisodiy kursatkichlarni urganish, anik bozorlar darajasida esa, talab va taklif nisbatini, milliy va xorijiy taklifni, tovarlarning sifat tavsifini, rakobatni va xokazolarni urganish asosida amalga oshiriladi. Taxlil davomida yechimi talab etiladigan muammolar aniklanadi. Ularni xal etish, salbiy xodisalarni bartaraf etish yoki bartaraf etmaslikning mukobil okibatlari baxolanadi.
TIS kontseptsiyasini yaratishda muxim boskichlardan yana biri barcha imkoniyatlarni belgilashdan, ya'ni TIF soxasidagi asosiy maksad va vazifalarni aniklashtirishdan iborat. Ushbu boskichda xar bir maksadning xususiyati aniklanadi, ya'ni maksadlar, dastlabki yoki pirovard, mikdorli yoki sifatli, kiska, urtacha yoki uzok muddatli bulishi mumkin. Maksadlar shuningdek, ularning iktisodiyotga ta'sir kursatish kulamlari va xarajatlarning mikdor kursatkichlari, institutsional, moliyaviy va kadrlar ta'minoti, imkoniyatlari buyicha xam farklanadi.
Taxlil yaxlit tizimni barpo etish - maksadlar iyerarxiyasi tizimini barpo etish, ularning darajalari buyicha vaktincha taksimlash va tizimi ichida maksadlarning xarakat kilish istikbollarini shakllantirish bilan yakunlanadi.
TIS kontseptsiyasini ishlab chikishda ayrim tartibga soluvchi vositalar qo’llanilishi shartlarini, ayrim vositalarning birgalikda kullanilishi darajasini, ularning maksadga muvofikligini, ularni kullashda kuriladigan kushimcha samaralarni, tartibga solish vositalari samaradorligini va amaliyotga kullash zarurligining yetarlicha asoslanganligini aniqlash xam muximdir.
Kontseptsiya vakti-soati kelib, TISga transformatsiyalanuvchi hukumat doktrinasi bo’lib qoladi.
Tashki iktisodiy siyosat kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda keng miqyosdagi jahon tajribasiga, ya'ni dunyodagi rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Bu o’rinda, ayniqsa, Janubiy-Sharkiy Osiyo mamlakatlari tajribasi O’zbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Yaponiyada, masalan, ilmiy asoslangan TIS mamlakat rivojlanishida muhim amaliy omil hisoblanadi. U milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, jahon xo’jaligiga chuqur integratsiyalashuvini ta'minlab, Yaponiyani xalkaro iktisodiy, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va savdo markazlaridan biriga aylantirdi. Yaponiyada tashki iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi barcha boskichlarda – mamlakatdagi va xorijdagi iqtisodiy axvol tahlili, tarkibiy va jugrofiy o’zgarishlarning ustuvor yunalishlari strategiyasini belgilashdan tortib, to ma'muriy va iqtisodiy rag’batlantiruvchi vositalarning keng tizimini qo’llashga qadar amalga oshiriladi.
TIFni davlat tomonidan tartibga solishning yaponcha amaliyotida uzaro bir-birini tuldiruvchi uslublardan, ya'ni qonuniy, ma'muriy-xukukiy, iqtisodiy, norasmiy uslublardan samarali foydalaniladi.
90-yillarda TISning asosiy maksadlari sifatida yangi xalkaro iqtisodiy tartib qoidalarini tashkil kilish va rivojlantirishda mamlakatning faol qatnashuvi e'lon qilindi. Unda intellektual mulkni ximoya kilish xukuklarining halkaro qoidalari va kapitallar xarakati, xorijiy investitsiyalar standartlarining uyg’unlashuvi va yangi me'yorlari ishlab chikildi. Rivojlangan mamlakatlar makroiqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosatini muvofiklashtirishni kuchaytirish, xalkaro iktisodiy tizimlarni mustaxkamlash, tashki savdo nomutanosibligini tartibga solish, rivojlanayotgan iktisod tarmoklarini kullab-kuvvatlash, shuningdek, yangi mustakil davlatlarning jaxon xujaligiga integratsiyalashuvini kuchaytirishga, shu jumladan, Uzbekistonda isloxotlarni amalga oshirishda moliyaviy–texnikaviy yordam kursatishga katta axamiyat berilmokda.
TIFni tartibga solishda iktisodiy dastaklar muxim rol uynaydi. Yapon Xalkaro kooperatsiya banki (sobik Yaponiya Eksimbanki) eksport-import operatsiyalarini va yapon kompaniyalarining xorijga investitsiyalarini kreditlashda samarali vositachi vazifasini utaydi. Mamlakatda eksport va importni ragbatlantirishga karatilgan, boshka davlatlarda uxshashi bulmagan imtiyozlar tizimi kullaniladi.
TIFning rivojlanishiga milliy operatorlar manfaatlarini xar kanday xavf-xatarlardan ishonchli ximoya kiluvchi jaxondagi eng yirik kup turdagi savdo va investitsiyalarni sugurtalash davlat tizimi kumak beradi. U umumiy savdo sugurtasini, valyuta xatarlari, eksport veksellari, eksport obligatsiyalari, import uchun avans tulovlari, xorijiy korxonalarga kreditlar berilishi sugurtasini uz ichiga oladi.
Shu bilan birga, davlat tashki iktisodiy alokalar soxasida xizmat kursatish tizimini tashkil etuvchi bosh tashabbuskor sifatida chikadi va bu faoliyatni byudjet mablaglaridan moliyalashtiriladi. Ushbu tizim marketing ma'lumotlarini tuplash va taxlil kilish, axborot berish, maslaxat xizmatlari kursatish, reklama-kurgazmaga oid ishlarni tashkil kilish kabi faoliyat soxalarini kamrab oladi. U TIF samaradorligining oshishiga, TIAga yangi katnashuvchilarning kushilishiga yordam beradi.
TIFda davlat ishtirokining muxim yunalishlaridan yana biri, tijorat ishlarini kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlash, xorijiy tijorat ma'lumotlarini yigish va taxlil kilish xisoblanadi. Bunday keng kamrovli faoliyatga Tashki ishlar vazirligi, Tashki savdo va sanoat vazirligi, Fan va texnika boshkarmasi, Iktisodni rejalashtirish boshkarmasi va boshka tashkilotlar jalb kilinadilar. Bunda 1958 yilda tashkil etilgan va xukumat tomonidan tulik moliyalashtiriladigan tashki savdoni rivojlantirishga kumaklashuvchi notijorat Yapon tashkiloti (DJETRO) ayniksa muxim urin egallaydi.
Yaponiyaning uzida (31 axborot markazi) va boshka mamlakatlar xududlarida (28 ta) xar xil soxadagi rivojlangan axborot tarmoklariga ega DJETRO jaxondagi eng yirik ishbilarmonlikka oid ma'lumotlar manbai bulib xisoblanadi. Uning axborotlari bazasi katta mikdordagi ma'lumotlar, shu jumladan, xorijiy eksportchilar va yapon importerlarining keng kamrovli ruyxatidan iborat.
Yapon tashki iktisodiy majmuasining samaradorligi kup jixatdan TIF institutsional asoslarining mustaxkamligiga boglik. Bu soxada davlat boshkaruvi organlari tizimi sifatida kuyidagilarni kursatish mumkin: ma'muriy boshkarish (Tashki savdo va sanoat vazirligi), muvofiklashtirish (Savdo kengashi) va maslaxat berish organlari, TIFni davlat tomonidan boshkarishda yapon tizimining asosiy xususiyati sifatida turli darajalarda, xatto, xukumat va bosh vazir darajasida faoliyat kursatuvchi kup sonli (200 dan ortik) turli maslaxat organlarini keltirish mumkin. Ularning tarkibida nafakat davlat amaldorlari, balki jamoat, ommaviy axborot vositalari, ishbilarmonlar, ilmiy doiralar vakillari bulib, bu tashkilotlar faoliyati ilmiy asoslangan TISni ishlab chikish va amalga oshirishda, shuningdek, bu soxada umumiy kelishuvga (konsensusga) erishishda muxim rol uynaydi.
TIFni tartibga solishning yapon tizimi davlat va biznes uzaro munosabatlarining maxsus paradigmasi bilan fark kiladi. Uning asosida xususiy sektor tomonidan davlat siyosatining eng muxim strategik yunalishlarini xech bir e'tiborsiz kabul kilinishi yotadi.
Janubiy Koreyada xam TIFni davlat tomonidan tartibga solishning kupgina kizikarli va foydali tomonlarini kurish mumkin. ayniksa, bu mamlakatda turli tarmoklarda, xususan, eksportga yunaltirilgan muxim tarmoklardagi firma ichki xarajatlari va maxsulot sifatining davlat tomonidan nazorat kilinishi tajribasi Uzbekiston uchun aloxida axamiyat kasb etishi mumkin. Mamlakat Prezidenti eksport muammolari buyicha Kengash majlisini xar oy utkazib turadi, eksport buyicha topshiriklar belgilanadi. Davlat, shuningdek, xorijiy kapitalni nazorat kiladi, xorijiy valyutalar bexisob okib kelishining bartaraf etilishini mustaxkam ta'minlaydi. (1948 yildan boshlab, xorijiy valyutalarni Markaziy bankning maxsus xisob rakamlarida majburiy saklash amal kiladi). Milliy eksporterlar doimiy ravishda sobsidiyalar bilan ta'minlanib turadilar. (70-yillarda bu maksadlarga YaMMning 10 foizi atrofida xarajatlar kilingan).
Yaponiyadan farkli ularok, Janubiy Koreyada yirik biznes kichik biznes evaziga rivojlandi. Aynan yirik konglomeratlar (chebollar) tashki bozorga yunaltirilgan koreys rivojlanish modelida asosiy urin egallaydi. Davlatning chebollar tashki iktisodiy faoliyatiga xayrixoxligi ularning foydasiga xorijiy yordam va subsidiyalar, imtiyozli ichki va valyuta kreditlarining taksimlanishida namoyon buldi. Bundan tashkari, chebollarning xukumat bilan yakin alokada bulganlari ularga eng istikbolli mulkka egalik kilishga, foydali davlat buyurtmalarini olishga, tashki savdo imtiyozlari va boshka ustunliklarga erishishiga imkoniyat yaratdi.
Shu bilan birga, yirik biznesni moliyalashtirishning «kulay» shartlari anchagina muammolarni tugdirdi. Chebollarni iloji boricha yiriklikka intilish (gigantomaniya) kamrab oldi, nufuzli ob'ektlar soni kupaydi, kam samarali ishlab chikarish yuzaga keldi. Moliyalashtirishning tashki manbalariga va shuningdek, oliy va urta tabaka mansabdorlarining «ishonchliligi»ga tobe'lik sezilarli darajada kuchaydi. Bu esa korruptsiyaning kuchayishiga, biznesning siyosatga keraksiz aralashuviga olib keldi.
Shak-shubxasiz, mamlakatlar bior-biridan ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish darajasi va xujalik tarkibi buyicha xar kancha farklansa xam xalkaro tajribani urganish va ijodiy uzlashtirish zarur. Yaponiya, Janubiy Koreya va boshka mamlakatlarda TIFni davlat tomonidan tartibga solishning samarali jixatlaridan milliy xususiyatlarimizni xar tomonlama inobatga olgan xolda, Uzbekistonda xam keng foydalanilishi mumkin.
Gap rivojlanishning milliy strategiyasida tashki omillarning inobatga olish zaruriyati tugrisida boryapti. Shu sababli, TIFning davlat tomonidan okilona tartibga solinishi, ya'ni jaxon xujaligiga spontan (uz-uzidan yuzaga keladigan) stixiyali integratsiyalashuvdan ochik iktisodiyotni tartibga solish va nazorat kilishga utilishi makroiktisodiy siyosatning eng muxim yunalishi bulib kolmokda.
Shu bilan birga, davlatning TIFni tartibga solish bilan chambarchas boglik bulgan tarkibiy siyosat maksadlari, istikbollari va amalga oshirishda katnashuvini kuchaytirish urinli buladi.
TIS makroiktisodiy barkarorlashtirish. Ishlab chikarish bazasini boskichma-boskich modernizatsiyalashtirish va investitsion faoliyatni jonlantirishga karatilgan xukumat umumiy siyosatining ajralmas kismi bulishi kerak. Uzok xorijiy mamlakatlar va MDX bozorlariga uzbek maxsulotlari xarakati uchun kulayliklar tugdiruvchi choralarni kabul kilish, eksport va importning samarali tovar tarkibini maksadli shakllantirish va shu asosda faol tashki iktisodiy strategiyaga utish juda zarur.
TIF soxasidagi isloxotlar barkarorlikka erishishning kiska muddatli masalalari yechimiga emas, balki uzok muddatli strategik yunalishga ega bulsa, bu shak-shubxasiz, iktisod samaradorligining kutarilishiga imkon beradi. Uzbekistonda, bizning fikrimizcha, asosiy e'tiborni kuyidagi muammolarga karatishimiz lozimdir:
Birinchidan, TIFni davlat tomonidan tartibga solishning konuniy va me'yoriy-xukukiy asoslarini kuchaytirishga yunaltirilgan ishlarni davom ettirish juda muximdir. Amaldagi kator konunlarga, xususan, valyutani tartibga solish tugrisidagi konunga kushimchalar va uzgartirishlar kiritish, shuningdek, vazirliklar va davlat idoralari tomonidan konunlar, Prezident Farmonlari, xukumat karorlari mazmunlarini aniklashtiruvchi me'yoriy xujjatlarni ishlab chikish ijobiy rol uynashi mumkin;
Ikkinchidan, TIFni davlat tomonidan tartibga solishning institutsional asoslarini mustaxkamlash maksadga muvofikdir. Chunki bu yunalishdagi birinchi kadamlar (eksportni ragbatlantirish buyicha tashkil etilgan Respublika komissiyasi faoliyati) kerakli samara bergani yuk. Ma'muriy-boshkaruv apparati xodimlari sonini mexanik tarzda kupaytirmasdan, amaldagi tashkiliy buginlar, muxim bulinmalarning birlashishi, funktsional kayta buysunishi va shu kabilar orkali ularning vazifalari, xukuk va majburiyatlarini anik belgilagan xolda, Respublika TIF boshkaruvi mexanizmini takomillashtirish lozim. Bu urinda maslaxatchi organlar faoliyatlari xalkaro tajribasiga e'tiborni karatish axamiyatga molikdir.
Uchinchidan, Respublika byudjet mablaglari xisobiga moliyalashtiriladigan (imkon kadar tadbirkorlar tizimi resurslarini jalb kilgan xolda) va maxsus vakolatli tashkilotlar tomonidan boshkariladigan (Yaponiyaning DJETRO tashkilotiga uxshash tashki savdo faoliyatini axborot bilan ta'minlanishi uchun umumdavlat tizimini shakllantirish va rivojlantirish zarur.
Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida internet va boshka global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniksa, muxim axamiyatga ega.
Bunga erishish XXI asrda mamlakat tarakkiyoti uchun xal kiluvchi axamiyat kasb etadi.
Bunday tizim amalda samarali kullanilishining muxim sharti, axborot maslaxat xizmati idoralarining keng tarmogini tashkil etishdir. Agarda Uzbekiston Urta Osiyo mintakasida axborot moliyaviy markaz sifatida uz urnini mustaxkamlay olsa, unda mamlakat salmokli foydani kulga kiritadi. Shuning uchun mamlakatda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga xar tomonlama kumaklashish va axborot biznes soxasida faoliyat kursatuvchi kompaniyalarni transmilliylashtirishni kullab kuvvatlash zarur. Ushbu tizim reklama-kurgazma ishlarini tashkil kiluvchi, axborot maslaxat xizmatlarini kursatuvchi, marketing ma'lumotlarini yiguvchi, taxlil kiluvchi turli tarmoklarga bulingan bulishi kerak. TIA muammolari buyicha keng ilmiy izlanishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish xam TIF samaradorligini kutarishga yordam beradi;
Nixoyat, turtinchidan TIFni rivojlanishiga milliy operatorlarning manfaatlarni turli xildagi xavflardan ximoya kiluvchi savdo va investitsiyalarni davlat tomonidan sugurta kilishning diversifikatsion tizimi bevosita turtki bulishi mumkin. U uzida savdoni umumiy sugurtalash, valyuta xavflarini sugurtalash, import uchun avans to’lovlari, xorijiy investitsiyalar va hokazolarni sug’urtalashni mujassamlashtirishi mumkin.
Tanlangan ishlab chiqarish sohalarida iqtisodni modernizatsiyalashtirish va eksportga yo’naltirish kontseptsiyalariga ko’ra, davlat yangi texnologiyalarni qo’llash yoki yangi bozorlarni egallashda katta moliyaviy xarajatlar talab etadigan yangi sanoat maxsulotlarini ishlab chiqish va bu soxada izlanishlar o’tkazishni qo’llab quvvatlashi zarur.



Yüklə 97,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin