O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti


O’zbekiston Respublikasida eksportni tashkil etish va uning mohiyati



Yüklə 97,88 Kb.
səhifə2/7
tarix03.12.2023
ölçüsü97,88 Kb.
#171891
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi globaal

1.1 O’zbekiston Respublikasida eksportni tashkil etish va uning mohiyati




Eksport (inglizcha, lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham Eksport ga kiradi.
Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar Eksport tarkibi (koʻrinma Eksport) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar Eksport qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar Eksportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar Eksportida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.
Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas Eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.
Har qanday davlat uchun Eksport import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) eksporni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; Eksportni davlat tomonidan kreditlash).
Eksportni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar eksporti baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar eksporti bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi eksporti 3725,0 mln. AQSH dollaridan iborat boʻldi (import 2964,2 mln. AQSH dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy oʻrinda turadi. Koʻpgina mamlakatlarda eksport tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni eksportni oshirish va importni qisqartirish bo'yicha qo'yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. 


Unda Bosh vazir va uning o'rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi. 
Yig'ilish tanqidiy ruhda o'tdi. Davlatimiz rahbari eksport rejasini bajarishdagi kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, asosiy yo'nalish va vazifalarni belgilab berdi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo'yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin shu paytgacha biror tashkilot mamlakatimizga kirib kelayotgan mahsulotlar importini tahlil qilmagani, ushbu sohada nazorat o'z holiga tashlab qo'yilgani tanqid ostiga olindi. 
Jumladan, 2017 yilda importni qisqartirish rejasi 88 foizga bajarilgani yana bir bor qayd etildi. Misol uchun, bir yilda 20 million dollarlik kir yuvish kukuni, 13 million dollarlik atir sovun, 49 million dollarlik qurilishda ishlatiladigan va sintetik bo'yoqlar, 23 million dollarlik shokolad import qilingan. 
Bu holat o'tgan yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlari hech qanday asosga ega emasligi, ular faqatgina ko'zbo'yamachilik va imtiyoz olish uchun xizmat qilganidan dalolat emasmi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Aslida Investitsiya loyihalari ro'yxatiga ko'p import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish bo'yicha loyihalar kiritilishi kerak. Lekin mutasaddilar bu oddiy haqiqatga panja orasidan qaramoqda. 
Yig'ilishda ta'kidlanganidek, endi sohadagi ishlarni tashkil etish va nazorat qilishning butunlay yangi tizimi joriy etiladi. Eksportni tashkil etish va monitoring qilishga Bosh vazir o'rinbosari Nodir Otajonov va Bosh prokurorning birinchi o'rinbosari Erkaboy Tadjiyev rahbarligidagi guruh javob beradi. Joylarda eksport bilan shaxsan viloyat hokimi va viloyat prokurorlarining birinchi o'rinbosarlari shug'ullanadi. 
Importni qisqartirish ishlarini tashkil etish va monitoring qilish bo'yicha respublika Ishchi guruhi ham tuzilib, unga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig'i rahbar etib belgilandi. Xuddi shunday ishchi guruhlar hududlarda ham tashkil etiladi va ularga hududiy departament boshliqlari rahbarlik qiladi. 
Departamentning vazifalari bugungi kun talablari, import va eksport masalalarini tartibga solish nuqtai nazaridan tubdan o'zgartiriladi. Departament mamlakatimizdan valyuta maqsadsiz chiqib ketishining oldini olish, importni qisqartirish, uning o'rnini bosadigan mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishi zarurligi ta'kidlandi. 
Bu ishchi guruhlar joylarda piyoda yurib, eksportchilarni o'ziga chaqirtirib emas, ularga eksport hajmini oshirishi uchun real yordam berishi, mahsulot eksport qilayotganlarga "yashil koridor" qilib berishi lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bilan birga, ular importni muntazam tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama ko'mak berishi zarur. Vazirlar va tarmoqlar rahbarlari ham o'z faoliyatini xuddi shu tartibda tashkil etadi. 
Eksport va import bo'yicha qilinayotgan ishlar Bosh vazir hamda Bosh prokuror rahbarligida haftada ikki marta muhokama qilinadi. Masalan, tumanlardagi ishchi guruhlar fermerlar va aholi tomorqalarida serdaromad meva-sabzavot ekish, ularni urug'lik, mablag', o'g'it, yoqilg'i bilan ta'minlash ishlarini tashkil etishga ko'maklashadi. Har bir tumanda meva-sabzavotni eksport qiluvchi korxona tashkil etish ham bu boradagi muhim vazifa hisoblanadi. 
Yig'ilishda joriy yilning o'tgan davrida eksport bo'yicha mo'ljallangan rejalar va berilgan va'dalar bajarilmagani ta'kidlandi. Xususan, "O'zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati va "O'zbekoziqovqatxolding" kompaniyasining bu boradagi sustkashligiga jiddiy e'tiroz bildirildi. 
Yig'ilishda eksport bo'yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko'pligi, ularni ishga solish uchun mutasaddilarda tashabbuskorlik va qat'iyat yetishmayotgani ta'kidlandi. 
Ayniqsa, qurilish materiallari va farmatsevtika tarmoqlarida import hajmi eksportdan o'nlab barobar yuqoriligiga e'tibor qaratildi. Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, "O'zqurilishmateriallari" aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga tegishli ko'rsatmalar berildi. 
Eksportni kengaytirish imkoniyatlari joylarda ham ko'p. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil yanvar-fevral oylarida Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga tashriflari chog'ida ushbu hududlarda to'liq foydalanilmayotgan eksport rezervlari aniqlandi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 95 million, Qashqadaryoda 62 million, Buxoroda 68 million dollarlik qo'shimcha manbalar yuzaga chiqdi. Boshqa viloyatlarda ham katta eksport salohiyati bor, albatta. 
Shu bois Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tarmoqlar va hududlarda eksport hajmini oshirish bo'yicha qo'shimcha rezervlarni aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish bo'yicha topshiriq berildi. 
Eksport hajmini ko'paytirish yuzasidan mavjud rezervlarni ishga solish bo'yicha muhim yo'nalishlar belgilandi. 
Jumladan, "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi va viloyat hokimliklariga eksport rejasini har bir korxona, yangi quvvatlar bo'yicha oyma-oy bajarish yuzasidan "yo'l xaritalari"ni ishlab chiqish vazifasi qo'yildi. Bunda 2018 yilga tasdiqlangan investitsiya loyihalari doirasida nazarda tutilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini muddatidan oldin ishga tushirish va loyiha quvvatiga chiqish, yangi bozorlarni egallash va xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar tuzish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. 
Eng katta salohiyatga ega sohalardan yana biri – turizmda tushumni ko'paytirish, turistlar boradigan barcha obyektlarga turniket orqali va to'lov asosida kirish tizimini joriy qilish kerakligi ta'kidlandi. 
"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati va "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining rejadagi eksport hajmini sezilarli darajada oshirish, 2018 yil eksport dasturi loyihasiga tegishli o'zgartirishlar kiritish zarurligi ko'rsatib o'tildi. 
Joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini o'tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshirish belgilangan. Buning uchun hududlarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz, to'qsonbosti ekinlar hosilini o'z vaqtida va to'liq yig'ib olish, ularni xorijga sotishni tashkil etish zarur. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududlarning salohiyatidan to'liq foydalanish, paxta va g'alladan bo'shaydigan qo'shimcha 150 ming gektar yerga serdaromad ekinlar ekish, yirik eksportchi tashkilotlarga qo'shimcha ekin maydonlari ajratish, zamonaviy issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish kerak. 
Shu munosabat bilan Bosh vazir o'rinbosarlari va hokimliklarga barcha hududlarda tasdiqlangan 2018 yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va dukkakli mahsulotlar yetishtirishni ko'paytirish, qayta ishlash, eksport hajmlarini oshirish va ichki iste'molni ta'minlash, oziq-ovqat loyihalarni amalga oshirish hamda sohani rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturlarini to'la ijro etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. 
Tovarlarni saqlash, eksportga tayyorlash va tashish bo'yicha kompleks xizmatlar ko'rsatuvchi zamonaviy logistika markazlari tashkil etish bo'yicha aniq "yo'l xaritalari"ni tasdiqlash zarurligi qayd etildi. 
Mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo'yicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish zarur. Shu bois Janubiy Koreya bilan hamkorlikda 2019 yil 1 yanvardan boshlab, xorijiy xaridorlarga mahalliy eksportchi korxonalarning tovarlarini sotib olish imkoniyatini beradigan O'zbekiston milliy savdo elektron maydonchasini ishga tushirish bo'yicha topshiriq berildi. 
Mamlakatimizda qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi to'g'risida xorijiy kompaniyalar ham, mahalliy korxona va davlat idoralari ham axborot oladigan to'liq manba yo'qligiga e'tibor qaratildi. Shu bois har bir eksportchi korxona to'g'risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari, marketing tadqiqotlari, eksport hajmi kabi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish vazifasi qo'yildi. 
Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo'jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalar va tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq topshiriqlar berdi.
2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi.
2021 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga ko‘paydi va 42,1 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondan eksport hajmi 10%ga ko‘payib, 16,611 mlrd dollarga yetdi. Import hajmi esa 20,4% ga ko‘paydi va 25,461 mlrd dollarni tashkil qildi.
Tashqi savdo aylanmasining manfiy tashqi savdo balansi 8,85 mlrd dollarni tashkil etdi — o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 6 mlrd dollar bo‘lgan edi.
O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya (umumiy savdo aylanmasining 17,9%), Xitoy (17,7%), Qozog‘iston (9,3%), Turkiya (8,1%) va Janubiy Koreya (4,5%) davlatlari qolmoqda.
2021 yilda O‘zbekistondan eksportning asosiy qismini sanoat tovarlari (umumiy eksportning 26,1%), oltin (24,7%), xizmatlar (15,3%) va oziq-ovqat tovarlari (8,3%) tashkil etdi.
O‘z o‘rnida, 2021 yilda sanoat tovarlari (ularga to‘qimachilik mahsulotlari, rangli metallar, temir va po‘lat kiradi) eksporti 2020 yilgi eksport hajmiga nisbatan 7%ga o‘sgan.


Yüklə 97,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin