Italiyada milliy birlashish jarayonlari. Italiya Qirolligining barpo etilishi kurs ishi
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
ASOSIY QISM 1—BOB. XIX ASRNING O`RTALARIDA ITALIYANING BIRLASHTIRISH UCHUN KURASH 1.1. Qayta tiklash davrida italiya milliy ozodlik harakati. Italiyani birlashtirishning dastlabki shartlari Italiyaning milliy davlat bo`lib birlashishi mamlakatda kapitalistik tuzumni barqaror qilish protsessini tezlashtirish uchun ob`ektiv shart-sharoitlar yaratib berd.i. Bu protsess burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi bilan bog`liq bo`lgan maxsus tarixiy vaziyatda davom qildi. Yangidan tuzilgan burjua davlatiga og`ir feodal qoldiqlari meros qolgan edi. Italiya agrar mamlakatligicha qolaverdi; Italiyaning o`rtacha yillik sanoat mahsuloti qiymati 1861—1870 yillarda bir milliard lirani tashkil qilardi, holbuki, qishloc xo`jalik mahsulotining qiymati 3 milliard lirani tashkil qilardi. Erga asosan yirik va juda yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qolgan edi, buning ustiga dehqonlarning erdan foydalanishning qoloq formalari hukm surardi. Pomeshchiklar erining katta qsmi mayda va juda mayda uchastkalarga bo`li bu yerlar juda ogir shartlar bilan dexdonlarga ijaraga berilardi (nimkorlik, kolonat).
Dehqonlar mulkdorligining salmog`i katta emas edi. Mulkdor dehqonlar juda ko`pchiligining bir gektardan oshmaydigan bir parcha chek eri bor edi.
Italiyaning birlashuvidan chiqadigan ijtimoiy-siyosiy natijalarni oldindan belgilab qo`ygan narsa burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi edi.
Italiya davlati eski feodal davlat ele mentlaridan ancha-munchasini o`ziga meros qilib olgan burjua konstitucion monarxiya edi.Konstitutsiya konservativ kuchlarning anchagina hokimiyatga ega bo`lishini ta`minladi — bu konstitutsiya 1848 yil revolyutsiyasi davrida in`om qilib berilgan Sardiniya qirolligining mo``tadil statusiga asoslangan edi. Davlat boshlig`i ijroiya hokimiyat namoyandasi qirol edi; ministrlar, oliy fuqaro va harbiy vazifador kishilarni qirol tayinlar va vazifasidan tushirardi. Tashqi siyosat ishlari va qurolli kuchlarga qo`mondonlik qilish qirol qo`lida edi, qirolga palatani muhlatidan ilgari tarqatib yuborish huquqi berilgan edi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat qirol tomonidan va ikki palata- senat va deputatlar palatasi tomonidan amalga oshirilardi. Senat qirol tomonidan umrbod tayinlanadigan kishilardan (qirol xonadoni avlodlaridan, aristokratlar, oliy mansabdorlardan, episkoplardan) iborat tuzilardi.
Deputatlar palatasi besh yil muddatga cenzli saylov huquqi asosida saylanardi, bu saylov huquqi bir tuda mulkdor grajdanlar tabaqasiga imtiyozlar berardi. 1882 yilga qadar 28 million aholisi bo`lgan bu davlatda faqat 600 ming kishi, ya`ni hamma grajdanlarning 2 foizidan sal oshig`rog`i saylov huquqidan foydalanardi.
Yangi hokimiyatning sinfiy tabiati, burjuaziya hukmron guruhlari va burjualashgan dvoryanlarning monarxiya va reakcion eski rejim kuchlari bilan bitishishga intilganligi, nihoyat, bu reakcion kuchlarning siquvi yangi hukumatlarning njtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatida juda katta qarama-qarshiliklar yuz berishiga sabab bo`ldi; ularning faoliyatida progressiv tendenciyalar konservativ tendenciyalar bilan va hatto ochiqdan-ochiq reakcion tendenciyalar bilan to`qnash kelib, bir-biri bilan chirmashib ketdi.
Yirik burjuaziyaning (yirik zamindorlar, savdogarlar, sudxo`rlar, bir oz sanoat burjuaziyasining) burjualashgan pomeshchiklar bilan tuzgan bloki davlatdagi hukmron ijtimoiy kuch edi. Bu blokda yirik zamindorlar hal qiluvchi rol` o`ynardi. Bu zamindorlarning manfaatlarini «o`nglar» degan liberal-monarxistlar guruhi ifoda qilardi, bu guruh Risorjimento zamonidagi mo``tadil (kavuristik) oqimning davomidan iborat guruh edi. 60- yillardayoq bu gruppa mamlakatni monopol tarzda tanho idora qilib keldi, lekin birlashish tugallangandan keyin ham «o`nglar» guruhi parlamentdagi hukmronligini davom ettirdi va Italiya davlatining dastlabki hukumatlariga (1869-1873 yillarda Lanc ministrligiga va 1873—1876 yillarda Mingetti ministrligiga) rahbarlik qildi.
Burjuaziyaning hukumatga oppoziciyada bo`lgan, «so`llar» degan boshqa bir siyosiy guruhi o`zining tarkibi jihatidan xilma-xil edi. Bu guruh iktisodiy jihatdan rivojlanayotgan yangi sanoat va moliya doiralarining manfaatlarini ifoda qilardi, shu bilan birga, o`rta va mayda burjuaziyaning ko`prok radikal oppoziciyachi guruhlarini ham o`ziga tortib turgan markaz edi.
Birlashgan Italiya vujudga kelgan dastlabki yillardan boshlaboq hukmron burjua va pomeshchiklar guruhlari o`zlarining iqtisodiy poziciyalarini mustahkamlash uchun davlat hokimiyatidan foydalanish taraddudiga tushib qoldilar.
Mamlakat oldida juda murakkab moliya muammolari ko`ndalang bo`lib turgan edi. Birlashgan Italiyaga ilgarigi hokimlardan juda og`ir meros qolgan edi: 1859 va 1866 yillardagi urushlarda bo`lgan katta-katta harajatlarni, eski hukumatlarning chet davlatlardan olgan qarzlarini to`lash lozim edi. Bu birlashish harajatlariga yana temir yo`llar qurish, davlat apparati va armiya saqlash uchun katta-katta yangi chiqimlar kelib qo`shildi. 1870 yilda davlatning hamma karzi 8300 million-liraga yetdi. Tobora o`sib borayotgan chiqimlarni qoplash uchun «o`nglar»ning hukumatlari davlat zayomlari chiqarishga, ham mamlakatning ichidagi, ham tashqaridagi kapital egalariga yordam so`rab murojaat qilishga majbur bo`ldilar. Buning natijasida davlatning so`dxurlar va bank korchalonlariga qaramligi kuchaydi, ular uchun davlat olgan qarz osongina boyib olish manbai bo`lib qoldi. Chet el kapitali, ko`proq fransuz kapitali (Rotshil`d, Pereyr) mamlakatga juda ko`plab kirib keldi.
Italiyaning davlat qarzi shiddat bilan ko`payib boraverdi, natijada «o`nglar»ning hukumatlari daromadlarni ko`paytirish yo`li bilan byudjetni baravarlab turish maqsadida «juda qattiq tejab-tergash» siyosatini yurgizishga majbur bo`ldilar. Hatto burjuaziyaning ma`lum tabaqalari manfaatlariga daxl qilgan bu siyosatning tig`i asosan keng xalq ommasiga qaratilgan edi. F. engel`s ko`rsatib o`tgandek, «o`nglar» guruhi «burjua tartibi biron vaqt kashf qilgan»` eng vahshiyona fiskal` sistemasini joriy qilgan edi. «O`nglar» hukmronligining so`nggi yilida (1876 yilda) davlat qarzi juda ham ko`payib 990 million liraga yetdi. Shundan 65 foizi kambag`al aholi zimmasiga tushgan egri soliqlar edi. Tuz, tegirmon solig`i yana tiklangan edi, ko`p joylarda hatto havo bilan nurga ham soliq solingan edi, chunki deraza uchun ham soliq olinardi. To`g`ri soliqlar (jumladan, yer solig`i) asosan mayda va o`rta mulkdorlarga qarshi qaratilgan edi.