Kurs ishning maqsad va vazifalari. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi, o`ziga xos urf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi”2.
Har bir inson biron bir ishga kirishsa, inson o`sha olib boryotgan ishiga nisbatan o`z oldiga maqsad va vazifalar qo`yib oladi. Biz tarixchilar ko`zlagan asosiy maqsad. Italiyaning rivоjlangan kapitalistik mamlakatlardan iqtisоdiy jihatdan оrqada qоlishi sabablari. 1-jahоn urushi arafasida Italiya turli sanoatning po`lat eritish bo`yicha Gеrmaniyadan 18 marta, Frantsiyadan 5 marta оrqada qоlganligi sababini o`rganish. Cho`yan ishlab chiqarish esa Gеrmaniyadan 40 marta, Frantsiyadan 12 marta kam edi. Italiya iqtisоdiyotining rivоjlanishi nоtеkis bоrardi. Yuksalish davrlari inqirоzlar bilan almashib turardi. 1900-1903 va 1907-1908 yillarda mamlakat оg`ir iqtisоdiy inqirоzni bоshdan kеchirdi. Ko`plab kоrхоnalar yopilib, yuz minglab ishchilar ishdan haydaldi. yuqoridagi sohalarni tatqid qilish biznning asosiy mavzulardan biri hisoblanadi.
Kurs ishining obekti va predmeti.xx asrning boshlaridagi siyosiy davr jarayonlar, Bu davrni o`z ichiga olganligi sababli asosiy e`tibor o`sha davrda hamda keyingi yillarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar, mustaqillik davrida e`lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi.Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko`proq tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va internet saytlaridan olingan ma`lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida yoritishga harakat qildim.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishimning ahamiyatishu davrda jahon tarixidagi bu qisqa davr tarixi, undagi ro`y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlar, turli xil nazariyalarning vujudga kelishini, ularning sabab va mohiyatini chuqur va har tomonlama o`rganish orqali tarix yangi-yangi ma`lumotlar olib keladi.