O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 481,73 Kb.
səhifə9/11
tarix27.02.2023
ölçüsü481,73 Kb.
#85737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Zamonaviy iqtisodiy fikrning turli maktablari tomonidan iqtisodiy samaradorligini baholash

Qd = D(Pb, Y).
Shuningdek, nonvoyxonalar tomonidan taklif etilayotgan nonning miqdori (Qs) nonning narxi (Pb) hamda non ishlab chiqarishda foydalaniluvchi unning narxi (Pf)dan kelib chiqadi:
Qs = S(Pb, Pf).
Va nihoyat, yana shuni ta’kidlashimiz mumkinki, nonning narxi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatdan kelib chiqqan holda o‘zgaradi:
Qs = Qd.
Talab va taklif modeli. Non bozori modelini bayon etishni talab va taklif modelidan foydalangan holda davom ettirish mumkin (2-chizma.).

0 Qe Q

2-chizma. Talab va taklif egri chiziqlari


Non bozori modelida 2 ta endogen va 2 ta ekzogen o‘zgaruvchilar ishtirok etadi. Unning narxi va jami daromad – ekzogen o‘zgaruvchilar. Modelda ularni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilmaydi, ulari ilgaridan belgilangan, deb qabul qilinadi. Bu modelda endogen o‘zgaruvchilar bo‘lib nonning narxi va sotilgan non miqdori hisoblanadi. Aynan shu o‘zgaruvchilarni tushuntirib berish ushbu modelning vazifasi hisoblanadi.
Talab egri chizig‘i jami daromad darajasi o‘zgarmagan sharoitda nonga bo‘lgan talab bilan uning narxi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Talab egri chizig‘i pastga yo‘nalgan bo‘ladi, chunki nonning narxi oshib borgan sari, xaridorlar ko‘proq boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tib boradilar va nonni kamroq sotib oladilar. Taklif egri chizig‘i unning o‘zgarmas narxlari sharoitida taklif etilayotgan non miqdori va uning narxi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Taklif egri chizig‘i o‘suvchandir, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo‘lgan sari, nonvoyxonalar shuncha ko‘p non ishlab chiqaradilar. Ikkala egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos tushadi. Bu nuqtada nonga bo‘lgan muvozanat narxi o‘rnatilib, taklif etilayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o‘zgaruvchining o‘zgarishi har ikkala endogen o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi izohlab beriladi. Masalan, jami daromad oshganda nonga bo‘lgan talab o‘sadi (3-chizma).
P
E2 S
Pe2 E1
Pe1 D2


D1
0 Qe1 Qe2 Q

Yüklə 481,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin