O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 97,26 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü97,26 Kb.
#176011
1   2   3   4   5
nilufar

Kurs ishining dolzarbligi: Interfaol usullami qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Ushbu masalalar bizning kurs ishining dolzarbligi bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti:Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llari





























I.BOB. MTTlarda ta’lim-tarbiya ishlarini hisobga olish va rejalashtirish


1.1. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish
Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi:
Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taminlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug’ri tashkil etish
2. Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Mashg’ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:Dasturning hamma bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni haftaga teng taqsimlash.Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg’ulotlar qo’yiladi.Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.Kun davomida birinchi bo’lib bolalardan aqliy zo’r berishni ko’proq talab etadigan, kam harakatli mashg’ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg'ulotga engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg’uloti va shunga o’xshashlar rejalashtiriladi.Kun davomida mashg’ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.Mashg’ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq o’zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O’yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak- atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg’otishlari kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovkatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi.
Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va yechinishga o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar.
Har kuni ertalabki mashg’ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o’yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o’yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o’yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o’yinchoqlar bilan ta'minlaydi, maydonchada, guruh xonasida o’yin uchun joy tayyorlaydi. O’yin va mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug’, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo’lishi) kerak.
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o’tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo’ladi. Keyin harakatli o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy o’yinlar tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo’lgan ialabini to’la qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.Bolaning sog’lom bulib, to’g’ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo’lishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uyg’onganlarini sekin- astalik bilan turg’azish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim- tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.Reja (arbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi. Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin.
SHuning uchun MTMda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTMning yillik rejasi, Lstiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o’z ichiga oladi. lstiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maksadga qaratilgan va samarali bo’lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'lim- tarbiya dasturi»ning hamma bo’limllari o’z aksini topadi. lstiqbol rejasida dasturning hamma bo’limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi. Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to’g’risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o’stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir. Pedagog va pyxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning maiaka va ko’nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko’rsatdi.Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog’i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va shunga o’xshashlar tug’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisaiar o'rlasidagi o'zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- hodisalar tug’risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog’lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o’zi etarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo’llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo’llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi. Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o’yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg’ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o’yini ham. mehnat mashg’uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o’rin olishi lozim.Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi. Ertalabki soatlarni rejalashtirish.
Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og’zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a) kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka- ukasi va shunga o’xshashlar to’g’risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo’yicha didaktik o’yinlarni rejalashtirish (kichik va o’rta guruhlarda).
3. Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug’ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, bo’yashlari uchun rasmli kitobchalar va o’zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o’yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish- tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo’g’irchoklar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigienik malakalarga o’rgatish bo’yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro’molchadan foydalanishga o’rgatish bo’yicha didaktik o’yin o’tkaziladi.
6. Koptokii dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi. 7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning o’yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o’yinlari rol, syujet bilan bog’lik qurilish o’yinlari rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli o’yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o’xshash o’yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o’yinlari. so’zli buyumlar bilan o’ynaladigan didaktik o’yinlar. ermak o’yinlar, xorovod o’yinlar, xalq didaktik o’yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o’stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o’yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ко’chat o’tkazish, suv sepish, o’simlik va havvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo’jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig’ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-elimlash, o’simliklar bargini artish);
v) qo’l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, samonchalar, lattalar yog’och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o’tkazilishi dasturda ko’rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o’tkaziladigan mashg’ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg’ulotda biror narsa o’qib berish rejalashtirilgan bo’lsa, ertalabki soatda rasm ko’rish. onasi to’g’risida so’zlab berish, o’qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi.
Tarbiyachi har xil mashg’ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg’ulotlar, kompleks mashg’ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg’ulotlari bo’ladi. Tarbiyachi o’zining kalendar rejasiga mashg’ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo’yadi. Dastur mazmuniga mashg’ulotning ta'lim- tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar xajmi ham voziladi.
Mashg’ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bolalarga beriiadigan bilim, malaka va koTiikmalaining hajmi mashg’ulotdan- mashg’ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi.
Masalan, tarbiyachi birinchi mashg’ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o’rganadi. Keyingi mashg’ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo’ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg’ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o’z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to’g’risida gap boradi.
Dastur materialini o’rganish mashg’ulotdan-mashg’ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususivati asosan ko’rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o’yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, usullar yig’indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin: ko’rgazmali (ko’rsatish), og’zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko’p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg’ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni bolalar yaxshi o’zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o’zining kalendar rejasida mashg’ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga lining mazmunini ham ochib yozishi kerak. Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo’yish zarur. Agar tarbiyachi mashg’ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo’Isa, uning mazmunini yozib qo’ygan ma'qul.
Solishtirishga o’rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi. Tarbiyachining mashg’ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini ko’rib chiqamiz. Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko’rgazmali-obrazli bo’lishini e'tiborga oladi va asosan mashg’ulotda ko’rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko’p mashg’ulotlarda, ayniqsa-nutqni o’stirish mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo’lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog’lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o’zlashtirib olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashg’ulotlarda foydalanadigan so’zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo’r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo’lishi zarur. Mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini engillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo’lishiga yordam beradi.Mashg’ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo aqliy xazinasi bo’lib, u buyumlarni yaxshiroq o’rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruxlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko’p bo’lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o’zining kalendar rejasida yozib qo’yadi.

Yüklə 97,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin