O`zbеkistоn rеspublikasi оliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Tovar harakati sistemasining mohiyati



Yüklə 116,54 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü116,54 Kb.
#182300
1   2   3   4
Sotish siyosati

1. Tovar harakati sistemasining mohiyati
Tovar harakati – bu tovarni ishlab chiqarilgan joydan iste’molchigacha siljitish bilan bog’liq bo’lgan hamma faoliyat turlaridir. Ma’lum bir savdo firmasi ishlab chiqarish korxonasiga buyurtma berib, buyurtma berilgan tovarni yuklashtushirish, saqlash, magazinlargacha transport vositasida tashish va hatto magazinlarni tovar zahiralari bilan to’ldirib turish mas’uliyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ana shu funksiyalarning jami birgalikda tovar harakati sistemasini tashkil etadi.
Bu sistemaning maqsadi esa tovarni o’z vaqtida yuklash, tovarni kerakli joyga, kerakli miqdorda o’z vaqtida yetkazib berish va iste’molchilarning ehtiyojlari bo’yicha aniq axborotlarga ega bo’lishdan iboratdir. Tovarlarni kerakli assortimentda, o’z vaqtida, yuqori sifat bilan va iste’molchilar haqida ishonchli axborotga ega holda mijozlarga yetkazib bergan firmalar raqobat kurashida albatta ustunlikka ega bo’ladilar.
Tovar harakati – bu faqatgina xarajatlar manbai bo’lib qolmasdan, balki talabni shakllantiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Tovar harakati sistemasini takomillashtirish hisobiga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yoki narxni pasaytirib, qo’shimcha mijozlarni topishga erishish mumkin. Firmalar tovarni o’z vaqtida yetkazib bermasalar, u holda mijozlarini yo’qotib qo’yishlari ham mumkin.
Ko’pgina firmalar eng minimal xarajatlar bilan kerakli tovarni kerakli joyga belgilangan vaqtda yetkazib berishni tovar harakatining asosiy maqsadi qilib qo’yadilar. Afsuski, tovar harakati sistemasining birontasi ham bir vaqtning o’zida tovar tarqatish bilan bog’liq xarajatlarni minimal darajagacha kamaytirib va mijozlar uchun maksimal servis ko’rsatishga layoqatli emas. Mijozlar uchun maksimal servis deganda katta miqdordagi tovar zaxiralarini saqlab turish, tovar tashishni yuqori darajada tashkil etish va ko’plab omborlarga ega bo’lish tushuniladi. Bular esa o’z navbatida tovar tarqatish bilan bog’liq xarajatlarning ko’payib ketishiga olib keladi. Xarajatlarni kamaytirishni ko’zlash esa, arzon transport sistemasi, kam hajmdagi tovar zaxiralarini saqlab turish va kam sonli omborxonalarga ega bo’lish bilan bog’liqdir.
Tovar harakati xarajatlari bir-biri bilan teskari proporsional bog’liqlikka egadir. Masalan, tovar-ekspedisiya boshqaruvchisi tovarni ko’pchilik hollarda samolyot bilan emas, arzon transport vositasi – temir yo’l orqali jo’natishga harakat qiladi. Bu albatta firmaning transport xarajatlarini kamaytiradi. Lekin, mijozning yetkazib berilgan tovar uchun hisob-kitob ishlari uzoq muddatga cho’ziladi va ikkinchidan bu holat mijozlarni tovar yetkazib berishning qisqa muddatini taklif etuvchi subyektlar bilan ishlashga majbur etadi. Yoinki, tovar zaxiralari xizmati boshqaruvchisi kam miqdordagi tovar zaxiralari bilan ishlashni afzal ko’radi, chunki bunday yondashuv albatta tovar zaxiralarini saqlash bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi. Lekin, bunday holatda mijoz so’raganda Tovar mavjud bo’lmay qolish ehtimoli katta, ikkinchidan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari oshib ketadi. Demak, bajarilmaydigan buyurtmalar sonining ortishi, firmaning o’z mijozlaridan ajralib qolish xavfini keltirib chiqaradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki, tovar harakatini tashkil etish bilan bog’liq faoliyat juda murakkab hisoblanadi va bu yerda biron bir qaror qabul qilganda ishni kelishuv asosida, sistemali yondashuv tamoyilidan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 116,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin