O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san`at fakulteti texnologik tal`im yo`nalishi



Yüklə 68,29 Kb.
səhifə1/11
tarix16.12.2023
ölçüsü68,29 Kb.
#183754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Choriyev otabekning mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan ta-fayllar.org


Choriyev otabekning mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan tayyorlagan

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN`AT FAKULTETI
TEXNOLOGIK TAL`IM YO`NALISHI
4-KURS 219-GURUH TALABASI
CHORIYEV OTABEKNING
MAHSULOT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: FAN TEXNIKA TARAQQIYOTINI JADALLASHTIRISH OMILLARI VA ISTIQBOLLARINI ORGANISH
Topshirdi: Choriyev O.
Qabul qildi: ___________________
Termiz – 2023
PARXEZ TAOMLARNI TAYYORLASHNI O'RGANISH
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
ASOSIY QISM
I BOB. PARHEZLI TAOMLAR HAQIDA TUSHUNCHA………………….5
1.1 Parhezli taomlarni tayyorlash usullari………………………………….....…5
1.2. Tayyorlanadigan parhez taomlarning sifatiga qo‘yiladigan talablar………..12
II BOB. «PARXEZ TAOMLAR» MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.................................................................................................19
2.1. Ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari..............................................19
2.2. « Parxez taomlarni tayyorlash » mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish...........................................................21
XULOSA............................................................................................................28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI.....................................30
ILOVALAR……………………………………………………………………32
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligiga, balki, birinchi navbatda, zamonaviy, muntazam yangilanib turgan texnologiyalarni о‘zlashtirishga qodir yuksak bilimli va intizomli ishchi kuchini muntazam tayyorlashga bog‘liqdir. Bunday ishchi kuchisiz iqtisodiyotning yuqori texnologiyalariga asoslangan zamonaviy tuzilmasini shakllantiradigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etib bо‘lmaydi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish yо‘liga kirib borayotgan mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tehnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular о‘zaro bog‘liq holda namoyon bо‘ladi. Mazkur qonun va dasturni rо‘yobga chiqarish ta’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta kо‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi.


Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish О‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir .
Ovqat tayyorlash san’ati kulinariya deb ataladi. Kulina­riya sо‘zi lotincha culina-kuxnya; о‘choqboshi degan sо‘zdan olingai bо‘lib, pazandalik yoki oshpazlik degan ma’noni bildi­radi.
Odam tashqi muhit ta’siri ostida kamolga yetadi, ovqat, esa “..barcha tirik mavjudotlarni, shu jumladan odamni ham atrofdagi qolgan butun tabiat bilan tutashtirib turgan eng qadimiy vositadir».
Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chuniki, milliy kadrlar tayyorlash va ularnini har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o‘qituvchi –pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 68,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin