2. OʻZMU JIZZAX FILIALI MAJBURIYATLARI: 2.1. Amaliyot boshlanishidan 1 oy oldin korxonalarga ishlab chiqarish amaliyotni o‘tash grafigi va dasturini kelishib olish uchun yuborish;
2.2. Korxonaga amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin ishlab chiqarish amaliyotiga yuborilayotgan talabalar ro‘yxatini taqdim etish;
2.3. Korxonalarga amaliyotchi – talabalarni amaliyot o‘tkazish rejasiga muvofiq o‘z vaqtida yuborilayotgan rahbarlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
2.4. Amaliyot rahbarlari sifatida malakali professor, dotsent va o‘qituvchilarni ajratish;
2.5. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bozorini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va “OʻzMU Jizzax filiali” rahbariyatiga ma’lumotlarni taqdim etish;
2.6. Korxonalar ulardagi mutaxassislar bilan amaliyot o‘tkazishga doir ma’ruzalar, ekskursiyalar, shu korxonalar bazasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni tashkil etilishi rejasini tuzib chiqish;
2.7. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan yo‘riqnomalar
sifatini nazorat qilish, shuningdek, amaliyotchi – talabalarni sifatli amaliyot o‘tayotganligini tekshirish;
2.8. Talabalarni korxona (tashkilot) tuzilmasi faoliyatlari hamda ilg‘or ish tajribalar, texnologiyalar bilan to‘liq tanishishlarini tashkil etish;
2.9. Talabalarga amaliyot davomida doimiy uslubiy yordam berish;
2.10. Talabalarning korxonalar ishchi xizmatchilari uchun belgilab qo‘yilgan ichki – tartib qoidalariga, mehnat intizomiga qat’iy rioya etishlarini ta’minlash;.
2.11. Amaliyot bo‘yicha talabalardan yakuniy hisobotlarni qabul qilish va xulosalar berish, eng tirishqoq, iqtidorlilarni aniqlash va ularni “OʻzMU Jizzax filiali” direktori tomonidan taqdirlanishlarini tashkil etish.
Shartnomani amal qilish muddati ____.____._______ yildan-____.____._______gacha.
3. TOMONLARNING SHARTNOMANING BAJARILMAGANLIGI UCHUN MAS’ULIYATI
3.1. Tomonlar mehnat qonunlarida va oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash qoidalariga, xarakatdagi texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun javobgardirlar;
3.2. Tuzilgan shartnoma ta’luqli bo‘lgan har qanday kelishmovchiliklar belgilangan tartiblarda hal etilishi lozim;
3.3. Shartnoma har ikkala tomondan imzo chekilgandan keyingina kuchga kiradi;
3.4. Mazkur shartnomaga doir har qanday kelishmovchiliklar davlat arbitraji orqali hal etiladi;
3.5. Tomonlarning yuridik manzilgohlari.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali