O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 140,68 Kb.
tarix06.05.2023
ölçüsü140,68 Kb.
#108888
Abdullayeva A



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



“IQTISODIYOT” KAFEDRASI


“IQTISOD NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:_____________________________________________________
____________________________________________________________

Bajardi:
Talaba ________________________________________

Qabul qildi ____________________________________





Ro`yxatga olish No__________

“_______” _____________ 2023 y . _________________







Baho:__________ ball
Komissiya a`zolari:
______________________________________ ___________

_____________________________________ ___________

_____________________________________ ___________


Tavsiya etildi(Tavsiya etilmadi)

“_______” _______________ 2023 y.

Imzo_____________


TOSHKENT-2023
AHOLI DAROMADLARI, UNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI

REJA:
KIRISH


1.DAROMADLAR TENGSIZLIGI VA UNING DARAJASINI ANIQLASH.
2. DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI. OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI.
3.AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI.
4.AHOLI DAROMADLARINING SHAKLLANISH MANBALARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Mavzuni dolzarbligi. Aholi iste'mol darajasi to‘gridan-to‘gri ularning daromadlari darajasiga bogliq boladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shakllaridagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, divident, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qogozlar, kochmas mulk, qishloq xojaligi maxsulotlari, xunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar korsatishdan kelib tushadigan daromadlarni oz ichiga oladi.
Daromadlar oz egasi ixtiyoriga kelib tushish shakli jihatidan ham turlicha boladi. Pul daromadidan tashqari natura daromadi va imtiyoz shaklidagi daromad mavjud. Natura daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xojaliklarining oz iste'mollari uchun ishlab chiqargan maxsulotlaridan iborat boladi.
Dehqon (fermer) xojaligida maxsulotning bir qismi bozorga tushmagan holda, shu yerning ozida iste'mol etiladi.Bu natural daromad, ayniqsa tomorqa xojaligiga xos. Masalan, tomorqa soxibi asosiy ishlagan joyidan pul shaklida yiliga 12 ming sum daromad olsa, uy xojaligidan ham 3 ming somlik pul daromadi oladi. Shuningdek moddiy shaklda 1500 kg har xil maxsulotni ham iste'mol etadi, uni pulga chaqsak, 2 ming som boladi. Bepul meditsina xizmatidan baxramand bolish, bepul bilim olish yoki kasb organish ham natura-xizmat shaklidagi daromad.
Ma'lum toifa aholi kvartira haqi, kommunal xizmat va transport haqi boyicha imtiyozga ega. Bu imtiyozli daromaddir. Aytilgan xizmatlarning haqikiy narxi bilan imtiyozli narxi ortasidagi farqni muayyan aholi guruhlari naqd pul shaklida olmaydi, lekin arzonlashtirilgan xizmatlardan foydalanib daromad koradi.
Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim korsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sogligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir korsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste'molchilik bozorining tovarlar bilan toyinganlik darajasi kabilar muhim orin tutadi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, daromad, ixtiyorida bolgan daromad va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

1.DAROMADLAR TENGSIZLIGI VA UNING DARAJASINI ANIQLASH.


Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o'rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o'rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud boʻladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
O'z-o'zidan aniqki, iqtisodiy o'sish daromadlarning ko'payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o'sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko'payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko'rsatkich o'sish tamoyiliga ega bo'ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o'rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo'yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Jumladan, O'zbekistonda o'rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida tarmoqlarda ish haqi darajasining oʻzgarishi quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi:
Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo'lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o'z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o'tish daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulkka (uy-joy, ko'chmas mulk, aksiya va boshqalarga) ega bo'lish omili o'ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o'n baravar yuqori daromadga ega boʻlgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o'tishi bilan oilalarning to'plagan mol-mulki qoldirishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro'y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste'mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlikni ta'minlab berishning muhim muammolari kelib chiqadi. Meros O'zR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika departamenti ma'lumotlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud boʻladi.
Bulaming asosiylari quyidagilar: -kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; -ta'lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik dara- jasidagi farqlar; - ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o'rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a'zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta'minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foiz- ini asosan transfert to'lovlari taqozo qiladi. Aniqroq ayt- ganda, davlat transfert to'lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tash- kil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.1

2. DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI. OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI.


Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan. daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo'li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o'rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to'lovlar bilan birga bozor narxlarini o'zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolat- lash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullari- dan foydalanadi.
Ijtimoiy to'lovlar kam ta'minlanganlarga pul yoki natural yordam ko'rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi boʻlib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog'liq bo'lmaydi. Ijtimoiy to'lovlarning maqsadi jamiyat- dagi munosabatlami insonparvarlashtirish hamda ichki ta- labni ushlab turish hisoblanadi.

Aholi real daromadlari darajasiga inflyasiya sezilarli ta'sir ko'rsatishi sababli daromadlari davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste'mol tovarlariga narxning o'sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsi- yalash, ya'ni nominal daromadlarni narxlar o'sishiga bog'liqlikda oshirib borish hisoblanadi.


Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishi aholi kambag'al qatlamini qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o'zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jis- moniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me'yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o'z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa, faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko'zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil me- zonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo'naltirilgan siyosatidir. Respublikada bozor munosabatlariga o'tish davrida ijti- moiy siyosat aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va himoyal qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo'nalishlar L.A. Karimovning
O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida kitobida to'liq bayon qilib berilgan. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi and acnciu un nolich hu nomulan arkinlashtirilishi uchunn O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida" kitobida toʻliq bayon qilib berilgan. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo'nalish - bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bi- lan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o'ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o'zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg'arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o'zida qayta ko'rib chiqish yo'li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o'zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta'rif setkasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o'zaro bog'lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yoʻnalishi ichki iste'mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish bo'ldi. Bunga er ishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to'lovlari joriy etish, kun- dalik zarur tovarlarni me'yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o'tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlaming ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo'nalishi aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo'llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o'tkazilganligi boʻldi. Bu yo'nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o'quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo'llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimiga iz- chillik bilan o'tish-ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashni bildiradi. Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko'maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta'minlash manbalarini tubdan oʻzgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko'zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta'minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qoʻllanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg'armalarning mablag'laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko'maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo'luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yor- dam mahalla orqali etkaziladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag'lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o'tkazgan mab- lag'lari hisobidan maxsus jamg'armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko'maklashishning yangi tizimi mehnatga rag'batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo'lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo'llab-quvvatlash bilan birga, o'z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta'minlashga2
3.AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI.
Aholi turmush darajasi juda keng va serqirra iqtisodiy tushunchadir.Aholi turmush darajasi-aholining hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne'matlar bilan qondirilishi darajasidir.Aholining moddiy va ma'naviy ne'matlarga bo'lgan talabi tabiiy tarixiy milliy va boshqa shart-sharoitlarga qarab turlicha bo'ladi va tez o'zgarib turadi.Shunga binoan aholi turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar ham turlicha bo'ladi.Insonning turmush darajasi o'sib boruvchi talablar darajasi bilan uni qondirish imkoniyatlari darajasi o'rtasidagi dialektik bog'lanish va uning o'zgarishi bilan bo'liqdir.Bunda insonning tanlash erkinligining o'sishi ya'ni uning nimalarni iste'mol qilishi, qayerda qanday yashashi,qanday o'qib bilim olishi kabilarni bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.Demak,insonning turmush darajasi o'sishi uchun uning tanlash erkinligi kengayishi, uzoq va sog'lom hayot kechirishi,bilim olishi uchun zarur tinchlik xavfsizlik ekologiya va iitimoiy adolat masalalari ham o'rin tutadi Kishilar iqtisodiy resurslarga (imkoniyatlaarga) ega bo'lishi lozim.Bunda tinchlik,xavfsizlik,ekologiya va ijtimoiy adolat masalalari ham o'rin tutadi.Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne'matlar to'plami mehnat sharoiti,ta'lim,sog'liqni saqlash,oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o'z ichiga oladi.Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a'zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog'liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (aholining alohida guruhi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin.Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi bo'yicha aniqlab,qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.Aholi guruhlari bo'yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste'molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi.Iste'molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud:o'rtacha oila byudjeti,yuqori darajada ta'minlangan byudjet,minimal darajada moddiy ta'minlanganlar byudjeti,nafaqaxo'rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarsi bilan uzviy bog'liq.Turmush tarsi-bu kishilar (jamiyat,ijtimoiy qatlam,shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya'ni:
-mehnat,uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
-turmush va bo'sh vaqtdan foydalanish shakillari;
-siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
-moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni qondirish shakillari;
-kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me'yorlari va qoidalari.
Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi daromadlari shakllanadi.Aholi daromadlari ma'lum vaqt oralig'ida (masalan,bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko'rsatkichi hisoblanib,shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi,bilim olishi,sog'lig'ini saqlashi,eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi,iste'mol bozorining tovarlar bilan to'yinganlik darajasi kabilar muhim o'rin tutadi. Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadlarning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o'zining yetakchi rolini saqlab qoladi.Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo'yicha to'lovlar sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta'minoti amalga Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadlar darajasi bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o'rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o'rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo'ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlardagi farqlarni bartaraf eta olmaydi. O'z- o'zidan aniqki,iqtisodiy o'sish daromadlarning ko'payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda o'sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko'payib borsada,har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig'idan foydalaniladi.Yalpi daromadning aholi guruhlari o'rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi(Jinni koeffisienti) koʻrsatkichi qo'llaniladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo'ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
-kishilarning umumiy (jismoniy,aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; -ta'lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o'rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a'zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta'minlashga qaratiladi. Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to'lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to'lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75 foiz) ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to'lovlar bilan birga bozor narxlarini o'zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalaniladi.Ijtimoiy to'lovlar-kam ta'minlanganlarga pul yoki natural yordam ko'rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo'lib,bu ularning iqtisodiy faoliyatida qatnashishi bilan bog'liq bo'lmaydi. Ijtimoiy to'lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonarvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishi aholi kambag'al qatlamini qo'llab-quvvatlash hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qismini aniqlashda turli xilmezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori,oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
ljtimoiv sivosat-bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni. bartaraf qilishga yo'naltirilgan siyosatdir. Respublikada bozor munosabatlariga o'tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo'nalishlar I.A.Karimovning "O'zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida" kitobida to'liq bayon qilib berilgan. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo'nalish-bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshib boorish hisoblanadi. Mamlakatda aholi o'rtacha darajasini muntazam oshib boorish hisoblanadi. Mamlakatda aholi daromadlarining oshib borishi o'z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne'matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida ta'riflash mumkin. 3
4.AHOLI DAROMADLARINING SHAKLLANISH MANBALARI
Aholi daromadlari shakllanish manbalari, bir tijorat yoki biznes faoliyati olib borayotgan daromad va xarajatlar haqida ma'lumotlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu manbalarda odatda daromadlar va xarajatlar ko'paytirilgan va kasr sonlari yoki keng tarqalgan sonlar ishlatiladi.
Daromadlar - Xarajatlar = To'lov qoldi formula, tijorat yoki biznesdan olingan daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi farqni hisoblash uchun ishlatiladi. Agar to'lov qoldi musbat bo'lsa, bu tijorat yoki biznes faoliyatining foydali ekanligini ko'rsatadi. Aks holda, zarar ko'rsatadi.
Daromadlar / Xarajatlar = Taqvimiy nisbat formula, tijorat yoki biznesning daromad va xarajatlari o'rtasidagi nisbatni hisoblash uchun ishlatiladi. Bu nisbat, tijorat yoki biznes faoliyatining qanday sifatda bo'lishi haqida ma'lumot beradi.
Daromadlar - (Daromadlar * Foiz) = To'lov qoldi formula, chegirma yoki sotish uchun ishlatiladi. Bu formula, chegirma yoki sotishni amalga oshirishdan keyin to'lov qoldini hisoblash uchun ishlatiladi.

Daromadlar + (Daromadlar * Foiz) = To'lov qilingan summa formula, qo'shimcha sotish uchun ishlatiladi. Bu formula, qo'shimcha sotishdan keyin to'lov qilingan summani hisoblash uchun ishlatiladi.


Daromadlar / Ommaviy kapital = Koeffitsient formula, kompaniya solvensiyasi uchun ishlatiladi. Bu formula, kompaniyaning ommaviy kapitaliga nisbatni hisoblash uchun ishlatiladi. Bu nisbat, kompaniyaning solvensiyasi haqida ma'lumot beradi.
Aholi daromadlari shakllanish manbalari, tijorat yoki biznes faoliyatini boshqarishda yordam beradi va daromad va xarajatlarni to'g'ri hisoblashga yordam beradi.
Aholi daromadlari shakllanish manbalari, tijorat yoki biznes faoliyatlarida daromad va xarajatlar haqida ma'lumotlarni to'g'ri hisoblashda yordam beradi. Bu manbalarda odatda kasr sonlari yoki keng tarqalgan sonlar ishlatiladi va ular faqat tijorat yoki biznesga oid emas, balki shaxsiy moliyaviy hisob-kitoblarda ham ishlatiladi. Bu manbalardan foydalanish orqali, tijorat yoki biznes faoliyatining foydali ekanligini yoki zarar ko'rsatganligini aniqlash mumkin bo'ladi. Shuningdek, bu manbalardan foydalanib, chegirma va sotish uchun to'lov qoldini hisoblash, qo'shimcha sotish uchun to'lov qilingan summani hisoblash va kompaniya solvensiyasini aniqlash mumkin bo'ladi. Aholi daromadlari shakllanish manbalari, tijorat yoki biznesni boshqarishda muhim aspektlardan biridir

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


1.Karimov.I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida.
2.B.Y.Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov "Iqtisod nazariyasi" Darslik
3.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. “Iqtisodiyot nazariyasi” A.O`lmasov, A.Vahobov. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti.— T,: “IQTISOD MOLIYA”, 2014.-456b da ushbu ma'lumot keltirib o'tilgan.
2. Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov. Iqtisodiyot nazariyasi. (darslik) – T.: “Инновацион ривожлвниш нашриёт-манба уйи”, 2020. 526 b da ushbu ma'lumot keltirib o'tilgan.
3. “SCIENCE AND EDUCATION” SCIENTIFIC JOURNAL/IMPACT FACTOR 3.567(SJIF) NOWEMBER 2022/VOLUME 3 ISSUE 11. (A.Yu. Kabulov, Sh.F.Maxammadjanov, Sh.BmIRZARAXIMOV, M.X.Ismailov, M.U.Imamaliyeva/Toshkent Financial Institute).
4. Доклад о социальной защите в мире в 2017–2019 годах. Обеспечение всеобщей социальной защиты для достижения Целей в области устойчивого развития / Группа технической поддержки по вопросам достойного труда и Бюро МОТ для стран Восточной Европы и Центральной Азии. – Москва: МОТ, 2018. 7-с.
5. Кризис Covid-19 и неформальная экономика: Сроч­ ные меры реагирования и политические вызовы. – Отраслевая справка МОТ. May 2020-yil.
6. Jahon banki ma’lumotlari asosida https://www.vsemirnyjbank.org/ru/news/press-release/2020/06/08/
covid-19-to-plunge-global-economy-into-worsrecession-since-world-war-ii (Murojat sanasi: 20.04.2021 й.)
7. Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Pul-kredit siyosati tahlili. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki. – Т. 2020-yil2-iyul. https://cbu.uz/upload/iblock/3cd/Markaziy-bank-asosiy stavkasini-korib-chiqish-boyicha-Pul_kredit-siyesati-tahlili.pdf (Murojat sanasi: 20.04.2021 й.)
8. Mirziyoyev Sh.М. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. 25.01.2020. www.uza.uz 6 https://www.gazeta.uz/uz/2020/06/08/jobless/
2020-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. https://president.uz/uz/lists/view/3624

Foydalanilgan saytlar:



  1. https://president.uz (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-

  2. sayti)

  3. http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi).

  4. https://www.openbudget.uz (O‘zbekiston Respublikasi Ochiq byudjeti portali)

  5. https://www.spot.uz (Internet-nashr)

  6. https://economics.studio (Moliya va kredit portali)

  7. https://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari

  8. milliy bazasi)

  9. https://www.sciencedirect.com (Retsenziyalanadigan adabiyotlar platfor-masi)

1 “IQTOSODIYOT NAZARIYASI” Sh.Sh.G‘afurov, U.V.Shodmonov TOSHKENT-“FAN VA TEXNOLOGIYA” -2015 NASHRIDA KELTIRIB O‘TILGAN.

2 “IQTOSODIYOT NAZARIYASI” Sh.Sh.G‘afurov, U.V.Shodmonov TOSHKENT-“FAN VA TEXNOLOGIYA” -2015 NASHRIDA KELTIRIB O‘TILGAN.

3 “ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE : (International scientific-online conference)


Yüklə 140,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin