9. SUZISH MASHG‘ULOTLARIDA O‘RGATISH METODLARI. Reja: Kirish 1.Suv ichida start olish texnikasini o‘rganish mashqlari.
2. Ko‘krakda krol usulida suzish texnikasining biomexanikasi va pedagogik modeli 3. Chalqancha krol usulida suzish texnikasining biomexanikasi va pedagogik modeli. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Dastlabki holat etarli darajada qo‘lay va tez sakrash uchun zarur bo‘lgan vaziyatni egallashldan iboratdir. Bu qo‘yidagilarga bog’liq bo‘ladi: oyoq bo‘g’imlaridan bukilish darajasiga, gavdaning egilishl va qo‘llar holatining tafovutiga: orqaga, yonga yoki oldga – pastga uzatish.
Odatda , dastlabki holat ko‘proq sportchilarning o‘ziga hos hususiyatlarga bog’liq bo‘ladi. Eng qulay bu – tovonlarning bir – biridan 15 – 20sm oraliqda parallel joylashish va panjalar bilan supachaning oldingi chetidan qisib turishdir. Oyoqlar tizza bo‘g’imidan tahminan 130 – 160 burchak hosil qilib bukiladi, turiladi. Son bilan tananing oldingi yuzasi oralig’idagi burchak 40 – 60 ga etguncha gavda oldinga egiladi (bukiladi), qo‘llar orqaga – yonga yo‘naltiriladi, kaftlar orqaga yuqoriga qaratilgan bo‘ladi. Suzuvchining og’irlik markazi start olish supachasining oldingi chetiga to‘g’ri kelish kerak.
1.Suv ichida start olish texnikasini o‘rganish mashqlari.
1. Hovuz devoriga qarab turib, qo‘llar bilan mahsus tutkichdan ushlanadi. Oyoqlar suv ostida bukilgan holda devorga tayaniladi. Boshni orqaga tashlab, suvga bel bilan yotiladi, tushirilgan va bukilgan qo‘lni ko‘krak ustidan oldinga o‘tkazib bosh uzra to‘liq uzatiladi va oyoqlar bilan hovuz devoridan depsiniladi. Gavda rostlangan holda, chalqancha, to‘la to‘htagunga qadar suvda sirganiladi.
2. a) dastlabki holat – qo‘llar bilan hovuz chetidagi mahSuS tutkichdan ushllanadi, Suvdan start olishl uchun tik turiladi. Qo‘llarni tez harakatlantirib yuqoriga-oldinga yoki yonga-oldinga yo‘nalishlda ko‘tarib, bosh uzra birlashtirib va gavdani rostlanib, oyoqlar bilan hovuz devoridan depsiniladi. To‘la to‘htaguncha sirganiladi.
b) «a» mashq chalqancha suzish uchun start olish joyida bajariladi.
3. Chalqancha suzish uchun suvda start olish komandasiz va komanda bilan bajariladi.
2. Ko‘krakda krol usulida suzish texnikasining biomexanikasi va pedagogik modeli Xulosa Brass mustaqil sportcha suzish usuli sifatida III Olimpiada o‘yinlarida (1904 yil, Sent - Luis) namoyon bo‘ldi. IV Olimpiadada 200 metrga va XIX Olimpiada o‘yinlari programmasiga 100 metr masofaga shu usulda suzish kiritildi.
Brass usulida suzish texnikasi rivojlanishining tarixi uch bosqichdan iborat: (1904 – 1935 yillar) oyoq harakati qo‘l harakatidan samaraliroq deb hisoblangan. Oyoq harakatining samarasini oshirish uchun imkoni boricha ularni keng yozish va tizza bogimidan bukish tavsiya qilingan. Eshish qo‘llarni bukmasdan keng yozilgan holda yonga, gorizontal yuzada harakatlantirilib bajarilgan. Umuman oyoq va qo‘l harakatlari koordinasiyasining alohida bajarilishi (qo‘llarning eshish harakatidan song oyoqlar birlashtirilgan) qisqa vaqtli pauza (sirpanish) va eshish paytida nafas olish bilan harakterlangan. 30 – yillar boshlarida brass usulida suzuvchilar klassik uslubning asosiy elementlarini namoyish qilganlar. Bunda gavdaning gorizontal holati, qo‘llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yonalishida aylana boylab eshishi va qo‘llar eshish harakatining boshlanishida nafas olinishi bilan xarakterlangan. Musobaqa qoidasi takomillashmaganligi sababli qo‘llar bilan songacha eshish, qo‘llarni havodan olib otish kabi elementlar texnikasi vujudga keldi.
Brass usulida suzish texnikasi takomillashuvining ikkinchi bosqichida (1935 – 1953 yillar) yangi suzish usuli – “batterflyay” kelib chiqdi. Natijada oldingi brass usuli istiqbolsiz bolib qo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Geyger A.I., Po‘latxo‘jayeva M.I. Suzish sport turi bo‘yicha musoboqalar o‘tkazish qoidalari T - 2014.
2. Korbut V.M. Suzish O‘quv qo‘llanma. T - 2011-y.
3. Korbut V.M., Isroilova R.G., Voljin V.I. Suzish texnikasi va unga o'rgatish uslublari O‘quv qo‘llanma Toshkent - 2010.
4. Korbut V.M., Isroilova R.G. O‘yinlar orqali suzishni o‘rganamiz.
5. Korbut V.M., Salimgareyeva R.R., Geyger A.I. Ko‘krakda krol usulida suzish texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish uchun mashqlar to‘plami. T - 2013-y.
6. Krasnova G.M., Zavadovskaya E.N. Amaliy Suzish O‘zDJTI 2010-y