Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti


Tadbirkorlik turlari va shakllari



Yüklə 73,06 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü73,06 Kb.
#195215
1   2   3   4
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining shakllari

1. Tadbirkorlik turlari va shakllari

Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qoʻllanilishi bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat koʻrsatishi mumkin.


Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlarl) Ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki Imtiyozlarga davlat tomonidan ko'rsatma berilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Mulkdorlar soni bo'yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo'ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.


Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida,
egadorlaming biliml, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o'zining qo'shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, (https://azkurs.org/mavzu-xalqaro-jamoani-boshqarish-xususiyatlari.html) agar ular bunga qarshi bo'lsalarda, majburiy bo'lishi mumkin.
Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va mas'uliyati cheklangan ikki guruhga boʻlinadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag'larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo'jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo'shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari bo'yicha Javobgar hisoblanadilar.

Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.


Ishlab chiqarish yokl boshqa xo'jalik yuritish faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Kooperativ a'zolari uchun, ulaming shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalami, konsorsiumlarni, sindikatlami, kartellami, moliyaviy-sanoat
guruhlami kiritish mumkin.
IV Konser - ko'p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati boʻlib, korxona-lari qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O'z navbatida sho'ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin. Assotsiatsiya — Iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlabchiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir. Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir. Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag' sarflash imkoniga ega bo'lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko'plab qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi. Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir. Kartel – bir sohadagi korxonalaming mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo'yicha kelishuvidir. Tadbirkorlikning yangi tashkiliy - iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug'urta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari
Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar kiradi. «Firma deganda xo'jalik mustaqilligiga ega bo'lgan, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o'z manfaatlari yo'lida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari bo'yicha javobgar hisoblanadi.
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo'shatish huquqiga ega, shartnomalar tuzadi. Fimmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir). Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizimining yo'qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi. Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas'uliyati cheklangan bo'lib, bu borada firma faoliyati bo'yicha to'liq javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir qatorda, faqat ishga qo'shgan hissalari bilan javobgar bo'luvchi hamkorlar (masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo'ladi. Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo'lib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo'lishi havfini tug'diradi.
Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida cheklanadi. Korporatsiya - paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa Jamiyatga ko'p miqdordagi aholining moliyaviy mablag'lari jalb qilinadi.



Yüklə 73,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin