O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


Zaryad tashuvchilar harakatchanligi



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə6/32
tarix25.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#195483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazir

Zaryad tashuvchilar harakatchanligi. Zaryad tashuvchilarning harakatchanligi - bu elektr maydon kuchlanganligi =1V/sm bo‘lgandagi yarim o‘tkazgichdagi zaryad tashuvchilarning o‘rtacha yo‘naltirilgan tezligi. Elektronlar harakatchanligi doim kovaklar harakatchaligi dan yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari zaryadlar harakatchanligi yarim o‘tkazgich turiga ham bog‘liq bo‘ladi. SHunday qilib, kremniydagi elektronlar harakatchanligi =1500 sm2/(Vs), germaniyda = sm2/(Vs), galliy arsenidida = sm2/(Vs).
Agar yarim o‘tkazgichda elektr maydoni hosil qilinsa, u holda erkin zaryad tashuvchilar siljishi yuzaga keladi. Bunday siljish dreyf harakati deb ataladi. Dreyf tezligi elektr maydon kuchlanganligi ga proporsional bo‘ladi:
(1.2)
Elektron va kovaklar dreyf tokining natijaviy zichligi:
(1.3)
Diffuziya koeffitsienti. YArim o‘tkazgichda elektr toki hosil bo‘lishiga faqat elektr maydoni emas, balki harakatchan zaryad tashuvchilar gradienti ham sabab bo‘ladi. YArim o‘tkazgich hajmida teng taqsimlanmagan erkin zaryad tashuvchilar harakatining yo‘nalishi diffuziya harakati deb ataladi.
Elektron va kovak diffuziya toklarining zichligi quyidagiga teng:

(1.4)
bu erda q – elektron (kovak) zaryadi, Dn i Dp – mos ravishda elektron va kovak diffuziya koeffitsientlari, dn/dx vadp/dx – mos ravishda elektron va kovak konsentratsiya grandientlari.
Dreyf va diffuziya harakati parametrlari o‘zaro Eynshteyn nisbati bilan bog‘langan:

(1.5)
(1.4) ifodadagi proporsionallik koeffitsientlari potensial o‘lcham birligiga teng(volьt) va issiqlik potensiali deyiladi. Xona temperaturasida (T=300K) = 0,026V = 26mV.
YAshash vaqti . Zaryad tashuvchining yashash vaqti deganda uning generatsiyasidan rekombinatsiyasigacha bo‘lgan vaqti tushuniladi. YArim o‘tkazgichning bu parametri yarim o‘tkazgichli asboblarni (bipolyar tranzistorlardagi baza kengligi, maydoniy tranzistorlarda kanal uzunligi) konstruksiyalashda katta ahamiyatga ega. YAshash vaqtida zaryad tashuvchining diffuziya harakati natijasida diffuziya uzunligi deb ataluvchi, o‘rtacha masofasi ma’lum L ga teng bo‘lgan masofani bosib o‘tadi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin