Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Yurak-oʻpka reanimatsiyasining rivojlanish tarixi



Yüklə 113,41 Kb.
səhifə2/9
tarix27.12.2023
ölçüsü113,41 Kb.
#200333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yurak-oʻpka reanimatsiyasining rivojlanish tarixi

Inson sogʻligi yoki hayotiga tahdid soladigan vaziyatlarda birinchi yordam koʻrsatish haqidagi tarixiy dalillar arxeologik tadqiqotlar natijasida koʻplab topilgan. Mezolit davrida, ya’ni bundan 10-12 ming yil oldin, bosh suyagi trepanatsiyasi amalga oshirilgan. Fors neyroxirurgiyasi tarixi miloddan avvalgi III asrga borib taqaladi, arxeologlar gidrosefaliya bilan ogʻrigan 13 yoshli qizga tegishli boʻlgan uchburchak jarrohlik chandiqli bosh suyagini topishgan. Topilgan bosh suyaklarini oʻrganish natijasida neolit davrida bunday operatsiyalarnining smaradorligi 10% ni, bronza davrida esa 30% ni tashkil qilganligi taxmin qilinadi. Qadimda yozilgan manbalarning koʻpchiligida suvda choʻkkan jabrlanuvchi hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora tadbirlar haqida soʻz boradi. Bunday hollarda asosiy davolash usuli nafas yoʻllaridan suvni chiqarib tashlash boʻlgan. Misrda choʻkkan odam oyogʻidan osilgan, koʻkrag qafasi siqilgan va choʻzilgan. Yaponiyada, Xitoyda boʻlgani kabi, jabrlanuvchini buqaning orqasiga osib qoʻyishgan, uning harakati nafas yoʻllaridan suvni chiqarib tashlaydi deb ishonishgan. Miloddan avvalgi 440-350 yillarda yashagan Gippokrat tibbiy matnlar toʻplami – “Corpus Hippocraticum”ni yozgan. U, shuningdek, bugungi kungacha sogʻliqni saqlashda yetakchi tamoyil ("primum non nocere" - birinchi navbatda zarar yetkazma) ning muallifi hamdir. Gippokrat, shuningdek, birinchi traxeotomiyani amalga oshirgan, uning maqsadi nafas olish imkonini berish orqali bemor hayotini saqlab qolish boʻlgan. Biroq, qadimgi Misrdan topilgan miloddan avvalgi 3100 yilga oid barelyefda bunday operatsiya amalga oshirilganligi koʻrsatilgan.
Keyinchalik traxeotomiya jarayoni, Gippokrat va Abu Ali ibn Sino (980-1037) dan keyingi antik davrning eng koʻzga koʻringan shifokori, tabiblar shahzodasi deb atalgan, arab va Yevropa mamlakatlarida eng koʻp oʻqiladigan shifokor boʻlgan, eramizning 129-199 yillarda yashagan Pergamonlik Galen tomonidan qayta-qayta tasvirlangan. VI asrdagi yahudiylarning ogʻzaki ijodi toʻplami boʻlgan Bobil Talmudida yozilishicha, boʻynidan jarohatlangan qoʻzi traxeyasiga teshik ochilib, ichi boʻsh qamish oʻrnatiladi va hayoti saqlab qolinadi.
Oʻrta asrlarda Yevropa tibbiyoti cherkov ta’limotining kuchli ta’siri ostida boʻlgan. Bu davrda Yevropada vabo va moxov epidemiyalari yuz began. Aynan shu davrda profilaktika, izolyatsiya va karantin tadbirlarining boshlanganini kuzatishimiz mumkin. Antik davrdan oʻrta asrlar - Uygʻonish davrigacha saqlanib qolgan Vizantiya tibbiyoti boshqa yoʻnalishdan ketganligi sababli arab va yahudiy tibbiyotidan ortda qolgan. Arab va yahudiy tibbiyoti esa gullab - yashnagan, ular oʻsha davrda Yevropada ham oʻz xizmatlarini taklif qilishgan. Arab dunyosi yetuk olimi hisoblangan hamyurtimiz Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyot fani taraqqiyiga qoʻshgan hissasini ham alohida ta’kidlab oʻtmasak boʻlmaydi. U nevrologiya fanlari, jumladan neyroanatomiya, vazovagal sinkopa, yuz falaji, orqa miya shikastlanishi, tremor, bosh ogʻrigʻi va neyroxirurgiya kabi sohalarda koʻplab kashfiyotlarni amalga oshirdi. U tomonidan yaratilgan “Tib qonunlari” asari XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va 17-asrgacha Yevropa tibbiy dorilfunularida asosiy adabiyot sifatida foydalanildi.
Uygʻonish davrida anatomiyaga oid tadqiqotlar sezilarli darajada rivojlandi, bu inson tanasining tuzilishi va faoliyati haqida koʻplab muhim kashfiyotlarga olib keldi. Eng muhim kashfiyotlar 16-asrda taniqli anatom Andreas Vasalius (1514-1564) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida amalga oshirildi. Uygʻonish davridagi anatomiya fanining yuksalishi tibbiyotning barcha yoʻnalishlari rivojlanishiga turtki boʻldi. Asrlar davomida inson hayotining barcha jarayonlari nafas olish orqali ta’minlanadi deb hisoblanganligi sababli hayotni saqlab qolish harakatlari nafas olishni va uni tiklashga qaratildi. Sun’iy nafas olish usullari ixtiro qilindi va takomillashtirildi, buning natijasida u nihoyat bugungi kunda qoʻllanilayotgan shaklni oldi. 16-asrdan boshlab qariyb uch asr davomida jabrlanuvchilarning ogʻziga issiq havo va tutun puflash usullari keng qoʻllanilgan. 1812 yilgacha Britaniya qirollik dengiz floti Shimoliy Amerika hindularidan olingan, tamaki tutunini puflashdan iborat boʻlgan jonlantirish usulidan foydalangan. 1555 yilda yuqorida tilga olingan Vezaliy itning anatomiyasini oʻrganayotgan vaqtda sun’iy nafas berish maqsadida traxeyaga qoʻyilgan qamishdan foydalangan. 1732 yilda jarroh Uilyam Tossach birinchi marta ogʻizdan-ogʻizga nafas berish usulini amalga oshirish orqali konchi hayotini saqlab qolgan.
1774 yilda shifokor Aleksandr Monro Sekundus burun teshigidan biriga mahkam oʻrnatilgan maxsus naychaga ulangan mexdan foydalangan holda oʻpkaga havo yuborish usulini tavsiya qildi. 1776 yilda Uilyam Kallen birinchi marta endotraheal intubatsiyani oʻpka ventilyatsiyasi usuli sifatida ta’rifladi. Ogʻizdan-ogʻizga nafas berishda qutqaruvchi tomonidan yuborilayotgan havo boshqa odamning oʻpkasidan oʻtib kelganligini sababli koʻpincha “oʻlik havo” deb hisoblangan. Shu sababga koʻra sun’iy nafas berishning boshqa usullari oʻrganilgan va sinovdan oʻtkazilgan. Shunday usullardan biri Genri Robert Silvester tomonidan 1861 – yil ishlab chiqilgan bemorning qoʻllarni navbatma-navbat koʻtarish va koʻkragiga bosish usuli edi.




Yüklə 113,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin