Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 113,41 Kb.
səhifə5/9
tarix27.12.2023
ölçüsü113,41 Kb.
#200333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vaziyatli masalalar:
1. Koʻchadan topilgan kishida hеch qanday tiriklik alomatlari kuzatilmadi, ya’ni hushsiz holatda, koʻkrak qafasining harakati koʻrinmadi, uyqu artеriyasida puls yoʻq, yurak urishi eshitilmadi. Odamning tirik yoki tirikmasligini qanday aniqlash mumkin. Unga BTYo koʻrsating
2. Jabrlanuvchi qulagan dеvor tagidan topildi. Unda tiriklik alomatlari yoʻq edi. Bu holatda koʻrsatiladigan BTYo tadbirlarini ayting.
3. Erkak kishi stomatolog qabulida birdan oqarib kеtdi va sеkin polga yiqildi. Bеmorga nima qildi va davolash muassasasi sharoitida unga qanaqa yordam bеrish mumkinq .
4. Jabrlanuvchi qulagan dеvor tagidan topildi. Kuzatuv natijasida yuzi va shilliq qavatlari koʻkargan, hushsiz, nafas olmadi, artеriyalarda pulsni aniqlab boʻlmadi, yurak qisqarishlari yoʻq. Jabrlanuvchining holatini aniqlang va unga qanday BTYO tadbirlari koʻrsatilishi lozim.
3. Yurak faoliyati birdan toʻxtab qolishining belgilari
Yurak-oʻpka reanimatsiyasi(YOʻR),yurak-oʻpka-miya reanimatsiyasi-bu tananinghayotiy funksiyalarini tiklashga va uni klinik oʻlim holatidan chiqarishga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlar majmuidir.YOʻR -1 daqiqada koʻkrak qafasining 5-6 sm chuqurligidagi, 100-120 marotaba siqilishini oʻz ichiga oladi.Reanimatolog, oʻpkaning sun’iy ventilyatsiyasini ham amalga oshirishi mumkin (sun’iy nafas olish); mutaxassis boʻlmagan insonlar uchun esa, koʻkrak qafasining faqat siqishni oʻz ichiga olgan soddalashtirilgan usul tavsiya etiladi. Siqish va nafas olish nisbati kattalar uchun 30 dan 2 gacha boʻlishi kerak.
YOʻR odatda oʻz-oʻzidan yurakni tiklamaydi. Uning asosiy maqsaditoʻqimalarning oʻlimini kechiktirish uchun miya va yurakka kislorodli qonning qisman oqimini tiklashdir. Oddiy yurak ritmini tiklash uchun defibrilatsiya kerak. Iloji boricha tezroq jabrlanuvchiga yurak massajini boshlang. Shu bilan birga, klinik oʻlimning uchta belgisidan ikkitasining mavjudligi-ong, nafas olish va pulsning yoʻqligi -uning boshlanishi uchun yetarli koʻrsatkichdir.YOʻRning asoschisi avstriyalik shifokor Piter Safar hisoblanadi.
YOʻR uchun koʻrsatmalar

  • Ongning yetishmovchiligi

  • Nafas yetishmovchiligi

  • Qon aylanishining yetishmovchiligi (bunday vaziyatda uyqu arteriyalarida pulsni tekshirish samaraliroqdir).

Agar reanimatolog yoki reanimator (reanimatsiyani oʻtkazayotgan shaxs) uyqu arteriyasidagi pulsni aniqlamagan boʻlsa (yoki uni qanday aniqlashni bilmasa), unda puls yoʻqligini, ya’ni qon aylanishining toʻxtashi sodir boʻlgan deb hisoblash kerak. Yevropa reanimatsiya kengashining 2010-yildagi "Yurak-oʻpka reanimatsiyasini oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar" ga muvofiq, asosiy reanimatsiya boshlanishi uchun koʻrsatmalar faqat nafas olish va ongning yoʻqligi hisoblanadi.
YOʻR uchun qarshi koʻrsatmalar:

  • Biologik oʻlimning aniq belgilarining mavjudligi.

  • Hayotga mos kelmaydigan jarohatlar

  • Davolab boʻlmaydigan kasalliklarning rivojlanishi

  • Oʻpka plevrasining shikastlanishi.

Yurak toʻxtaganda oʻtkaziladigan reanimatsion tadbirlar yurakni tashqi massaj qilish va sun’iy nafas oldirish boʻlib, bular bir vaqtda bajariladi. Yurakni tashqi uqalash yoʻlida tush suyagining pastki No1|3 qismi kaft bilan faol bosiladi. Bunda yurak toʻsh suyagi va umurtqa pog`onasi oralig`ida qisiladi va ma’lum miqdordagi yurakdagi qon tomirga haydaladi. Bunday harakat minutiga 50-70 marta takrorlanadi va muolaja tekis katta joyda bemorni chalqancha yotqizilgan holatda oʻtkaziladi. Yurakni tashqi massaj qilish qoʻyidagicha ijobiy belgilari bilan aniqlanadi:-uyqu arteriyasida tomir urushining paydo boʻlishi.-koʻz qorachiqlarining torayishi.-yuz terisi, tirnoqlar va lablarning qizarishi-mustaqil nafas xarakatlarining paydo boʻlishi-mushaklar tonusining paydo boʻlishi.-yurakni bilvosita massaj (yopiq) qilish.Buusulning mohiyati shundaki, yurakning toʻsh suyagi bilan umurtqa pog`onasi oʻrtasida qisilish natijasida katta va kichik qon aylanish doirasining yirik tomirlariga qon haydaladi va shu tariqa qon aylanish va hayotiy muhim a’zolar funksiyasi sun’iyravishda quvvatlanib turiladi. Bemor qattiq oʻringa chalqancha yotqiziladi , bir qoʻl kafti toʻsh suyagining pastki 1\3qismiga, ikkinchi kaft birinchisining ustiga qoʻyiladi, qoʻllar tirsak boʻg`imlarida yozilgan boʻlishi kerak, soʻngra yordam koʻrsatayotgan odam toʻshni toʻrtkisimon bosib uni umurtqa pog`onasi yoʻnalishi boʻyicha 3-5 sm.ga siljitishga,shu vaziyatda taxminan 1,2 sk. kutib turishga soʻngra qoʻllarni toʻshdanolmasdan turib, ularni tez boʻshatishga harakat qiladi.Sun`iy nafas berish usullariNafas yoʻllari oʻtkazuvchanligini tiklash, nafas-tovush boylamlarining spazmi, nafas yoʻllariga qusuq massasininig tikilishi, intubatsionnaychaning buralib ketishi,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati toʻxtashi mumkin.
Nafas yoʻllari toʻliq yoki qisman bekilishi mumkin. Behush holatda yotgan odamda nafas yoʻllari erkin oʻtkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qoʻyidagi tadbirlarin oʻtkazish zarur:
1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yotqizish.
2) Boshini orqaga engashtirish.
3) Pastki jag`ini oldinga va yuqori surish va og`zini ochish.
4) Og`iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.
5) Bemorni og`ziga havo yuborib, koʻkrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.

Yüklə 113,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin