O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“ Psixologiya” fakulteti
Iqtisodiyot va turizm kafedrasi
Soliq va soliqqa tortish fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Yuridik shaxslardan olinadigan resurs soliqlari va ularning korxona moliya-xo'jalik faoliyatiga ta'siri.
Topshirdi: Rabbimov J.
Qabul qildi: Saitov S.
Reja:
KIRISH:
ASOSIY QISM:
1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi.
2. Yuridik shaxslardan undiriladigan qo’shilgan qiymat solig’i.
3. Yuridik shaxslardan undiriladigan aksiz solig’i va uni korxona xo’jalik faoliyatiga ta`siri.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi.
Amaliyotda O'zbekiston Respublikasining soliqlar haqidagi qonunlariga binoan, hisobot davri (oyi) uchun realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisoblab chiqarilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasi bilan qiymati ishlab chiqarish va muomala xarajatlari (masalan, materiallar, xomashyo, butlovchi buyumlar, yoqilg'ini yetkazib bergan ta’minotchilarga to'langan haq)ga qo'shiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to'lanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasi o'rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqariladi.
Bu umumiy tartib mazkur soliqning qo'shilgan qiymatga solinadigan soliq sifatidagi mohiyatini ochib beradi. Bu o'rinda korxona bir vaqtning o'zida ta’minotchiga soliq to'lovchi sifatida ham, tovarlami sotib oluvchi, ishlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilardan soliq oluvchi sifatida ham maydonga chiqadi. Bunday ahvolda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetishmovchiligi yoxud ularga talab oshgan sharoitlarda, QQS korxonaning moliyaviy natijasi (foydasi)ga nisbatan haqiqatdan neytral soliqqa ham, mulkchilik shakllaridan va xo'jaliklarning tarmoqidan qat’iy nazar, barcha korxonalar va birlashmalar tomonidan to'lanadigan universal soliqqa ham aylanadi.
Qo'shilgan qiymat solig'i bilvosita ko'p bosqichli soliq bo'ladi, ishlab chiqarish va taqsimlash siklidan boshlanib, iste’molchiga sotilishgacha bo'lgan har bir aktdan undiriladi. Uning obyekti bo'ladi, ushbu jarayonlarda qo'shilgan qiymat hisoblanadi ya’ni, mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlami bajaruvchi va xizmatlarni ko'rsatuvchi tomonidan yangidan mahsulot ishlab chiqarish uchun yoki ishlar va xizmatlarni amalga oshirish uchun sotib olingan xomashyo, materiallar yoki tovarlar va mahsulotlar ustiga qo'shilgan qiymatdir. Ushbu soliq tovarlar, ishlar va xizmatlar narxining barcha elementlarini cheklaydi hamda ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga undaydi.
Qo'shilgan qiymat solig'i hisobotlari asosida davlat sanoat va savdo kapitalining aylanishi to'g'risidagi m a’lumotlarga ega bo'ladi va bu makrodarajada tartibga solishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovarlar hali haqiqiy va oxirgi iste’molchi hisoblangan hamda soliqning haqiqiy to'lovchisi bo'lmish aholiga sotilishidan oldin daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Jahon amaliyoti qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblashning deyarli bir xil tizimiga ega. Soliq to'lovchi sotilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlardan olingan soliq bilan ushbu mahsulotlami ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni amalga oshirish uchun to ' langan soliq summasi orasidagi farkni budjetga to'laydi.
Agarda xaridorlardan olingan soliq summasidan chegirib tashlanadigan mahsulot, ishlar va xizmatlarni yetkazib beruvchiga to'langan soliq summasi olingan soliq summasidan ortiq bo'ladi, u holda manfiy qoldiq keyingi davr soliq to'lovlari hisobiga o'tkaziladi, yoki rivojlangan davlatlarda qo'llanilib kelina yotganidek, soliq to'lovchiga qaytarib beriladi. Soliqlami qismlarga ajratib undirishga imkoniyat beradi, chunki soliqqa tortish miqyosiga firmalaming barcha sotuvlari kiradi, ammo oraliq sotib olishlarda to'langan soliq summasi kelgusida jami summadan chiqarib tashlanadi. «Soliq krediti» nomi bilan atalgan ushbu usul soliq tizimiga o'zini o'zi tartibga solish elementini kiritadi va soliqlami undirilishi yuzasidan tartibni yaxshilaydi.
Qo'shilgan qiymat solig'ining asosiy ustunligi shundaki, ishlab chiqarishning har bir bo'g'inida to'langan soliqning hajmini aniqlash mumkin. Bu esa, masalan, eksportga berilgan chegirmalarni aniq hisoblashga yordam beradi va eksport subsidiyalari berilgan vaqtdagi qonun buzilishlarning oldini oladi. Budjetni muvofiqlashtirish muammolari bozor iqtisodiyotga asoslangan iqtisod uchun davlat tomonidan bozor iqtisodini tartibga solishda juda muhimdir. Ushbu muammolar orasida soliqlar yordamida qoplanib turiladigan budjetning daromad qismini shakllantirish alohida o'ringa ega. Bunda ko'pgina mamlakatlarda asosiy o'rin bilvosita soliqlarga qaratiladi. Xalqaro amaliyotga asosan bu soliqlar ga iste’moldan soliqlar (qo'shilgan qiymat solig'i, savdo va oborotdan olinadigan soliqlar), aksizlar va bojxona to'lovlari kiradi.
O'zbekiston Respublikasida bilvosita soliqlar davlat budjeti daromadlarining deyarli yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu soliqlar narxning asosiy qismini tashkil qila turib, mamlakat ichidagi ishlab chiqarish va iste’molga hamda xalqaro savdoda yetarli darajada ta’sir ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |