64
nisbatan qoʻllaydi. Dasturlash tillarini ishlab chiquvchi mutaxassislar oʻzlari oʻylab
topgan maftunkor imkoniyatlarni kerak boʻlgani uchun emas, balki shuning iloji
borligi uchun joriy qilishmoqda. Buni N. Virt har xil kerak-nokerak jihozlar
oʻrnatilgan avtomobilga oʻxshatadi. Bunday jihozlar qancha koʻp boʻlsa,
avtomobilni boshqarish shuncha murakkablashadi. Dasturlash tillarini ishlab
chiquvchilar esa oʻz mahsulotlarini ana shunday “yangiliklar” evaziga
raqobatchilaridan oʻzib ketishga umid qiladilar. Odatda, dasturlash tillari bunday
“afzalliklar” qoʻshimcha komponentalarning qoʻshilishi evaziga kengayib ketadi
va bu holat ulardan amalda foydalanish jarayonini murakkablashtirib yuboradi,
noqulayliklar tugʻdiradi va ilovalar ishonchlilik darajasining pasayishiga olib
keladi.
Demak, ta’lim muassasalarida dasturlash tili va paradigmalarini oʻqitishning
shakl va mazmunini koʻr-koʻrona emas, balki dasturlash sohasidagi yirik
mutaxassislarning fikrlari, jahon dasturchilik amaliyotida tutgan oʻrni, qoʻllanish
sohalari, oʻquvchi va talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari, rivojlanish darajalari
hamda ularning mustaqil kasbiy faoliyatiga mos ravishda tanlanishi lozim. Chunki,
bu holat oʻquvchi va talabalarni kelajakda raqamlashgan jamiyatning faol a’zosi,
shaxs va yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: