59
BASIC, PASCAL, C, FORTRAN kabi dasturlash tillari imperativ hisoblanadi.
Zamonaviy PYTHON, JAVASCRIPT, JAVA, C#, PERL, PHP,
GO kabi
dasturlash tillari ham mazkur paradigmani qoʻllab-quvvatlaydi.
Funksional paradigma
– hisoblash natijalarini boshqa ishlarda foydalanish
uchun hisoblash usuli. Odatda, rekursiyaga asoslanadigan bu paradigmaga namuna
sifatida lyambda-funksiyalarni koʻrsatish mumkin. Barcha hisoblash ishlari ifoda
qiymatini aniqlaydi yoki koʻrsatilgan funksiyalarga murojaat qiladi. LISP, ISWIM,
ALGOL-60, HASKELL, OCAML kabi dasturlash tili
funksional paradigmalarga
asoslanadi. Shuningdek, PYTHON, RYBI, JAVASCRIPT, JAVA kabi zamonaviy
dasturlash tillari ham bu paradigmani qoʻllab-quvvatlaydi.
Funksional paradigma algebraik formulalar boʻyicha hisoblash ishlarini
samarali tashkil qilishga urinish natijasida yuzaga kelgan. Odatda,
funksional
dasturlar oʻzaro bogʻlangan rekursiv funksiyalardan tashkil topadi. Har bir
funksiya berilgan argumentlarga koʻra, muayyan ifoda qiymatini hisoblaydi.
Modulli paradigma
– bu dasturlarni tuzilmasi va hulqi ma’lum bir
qoidalarga boʻysinuvchi va modullar deb ataluvchi unchalik katta boʻlmagan erkin
bloklar majmuasi sifatida ishlab chiqish usulidir. Bu
paradigma dasturni testdan
oʻtkazish hamda hatoliklarni bartaraf etish jarayonini tez, qulay va oson boʻishiga
yordam beradi. Masalalarni dasturiy blok yoki tayyor andoza sifatida alohida va
mustaqil qismlarga ajratilishi modullarning yangi masalalar uchun koʻchuvchanlik
imkonini oshiradi.
Modul – bu alohida masala uchun tashkil qilingan va tugallangan funksional
dastur hisoblanadi. Umumiy dastur asosiy masalaning
ostmasalalari uchun
qurilgan modullar kombinatsiyasi shaklida ishlab chiqiladi. ASSEMBLER,
ФОРТРАН, HASKELL, BLITZ BASIC, OCAML, ПАСКАЛЬ, ML, МОДУЛА-
2, ОБЕРОН, PERL, PYTHON, RUBY kabi dasturlash
tillari modulli paradigma
asosida dastur ishlab chiqishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: