56
integratsiya qilish.
Oʻrta umumta’lim maktablarida dasturlash asoslarini oʻqitish quyidagi
shaxsiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi:
individual va jamoa tarkibida hamkorlikda ishlashga boʻlgan qobiliyat;
maqsadga intiluvchanlik;
kuzatuvchanlik;
tashkilotchilik;
yangi ma’lumotlarni qabul qiluvchanlik;
diqqatni jamlash, kuchli xotira va tasavvur;
abstrakt va mantiqiy fikrlash;
yuqori darajali did;
bilim olishga intilivchanlik;
mustaqil qarorlar qabul qiluvchanlik;
oʻz hatti-xarakatlarini nazorat qilish va
tanqidiy baholash;
mustaqil hayot va faoliyatga aqlan va ruhan tayyorlik.
O. A. Tretyakov va E. V. Fedorkevichlar [III.62] oʻrta umumta’lim
maktablarida 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni oʻqitish uchun kam sonli
buyruqlardan foydalangan holda,
visual dasturlash, sodda va qulay interfeys va
boshqa vositalar yordamida dastur ishlab chiqish boʻyicha boshlangʻich koʻnikma
va malakalarni egallash imkonini taqdim eta oiladigan SCRATCH dasturlash tilini
tavsiya qilishadi. Shuningdek, bu olimlar 14 yoshdan oʻtgan oʻquvchilarga
oʻqitish uchun “jiddiyroq boʻlgan” dasturlash tillaridan birini tavsiya etishadi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani, ayniqsa,
uning dasturlash
asoslari boʻlimi boʻyicha mumkin boʻlgan koʻnikma va malakalar hamda shaxsiy
fazilatlarni egallagan oʻquvchilarni raqamli jamiyatning faol ishtirokchilariga
aylanishida, shuningdek, oʻrta umumiy ta’limdan keyingi
faoliyat turini ongli
ravishda tanlash uchun ham muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi. Qolaversa, bu
fazilatlar Prezidentimiz ilgari surayotgan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasini amalga oshirish jarayoniga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.