76
uchun ham alohida pedagogik masala hisoblanadi.
Dissertatsiya hajmiga qoʻyilgan cheklovlar tufayli, Python modullarini
sinflashtirishda biz faqat modullarning umumiy vazifasini aniqlash bilan
chegaralandik. Bizningcha, Pythonning sinflari hamda taxminiy soni 8000 yaqin
boʻlgan usul va funksiyalarning mazmun va maqsadlarini ochib berish va oʻqitish
uslubiyotlarini ishlab chiqish bir nechta ilmiy tadqiqot ishlari uchun qiziqarli
mavzu hisoblanadi.
Python tilini tashqi modullar evaziga boyitish imkoniyati ham koʻzda
tutilgan. Bugungi kunda, turli sohalarga oid tashqi modullar ishlab chiqilgan va
ular dasturchilik amaliyotida keng qoʻllanilmoqda. Shaxsiy tadqiqotlarimiz bunday
modullar soni 150 ka yaqin ekanligini koʻrsatdi. Tabiiyki, bu predmetga
yoʻnaltirligan dasturlash nuqtai-nazar bu modullarni sinflarga ajratish ham ularni
oʻqitishda katta ahamiyat kasb etadi. Tashqi modullarni sohalar boʻyicha olib
borilgan tahlillarimiz ularni 15 ta sinfga ajratish mumkinligini koʻrsatdi (1.4.2-
jadvalga qarang).
1.4.2-jadvalda keltirilgan sinflarning ayrimlariga mansub boʻlgan modullar
haqidagi umumiy ma’lumotlar roʻyxati III-ilova oʻrin olgan.
1.4.1 - 1.4.2-jadvallar hamda I-III-ilovalardan koʻrinib turibdiki, Python
dasturlash tili koʻplab predmet sohalari boʻyicha katta sondagi masalalar uchun
dastur ishlab chiqish jarayonini jadallashtirishga imkon beradi. Demak, Python
dasturlash tilida predmetga yoʻnalganlik darajasi yuqori boʻlgani uchun, uni
predmetga yoʻnalgan dasturlash tili deb atashga yetarlicha asos bor.
PYDT ning eng muhim afzalligi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bilan
bogʻliq harajatlarni (xotira, vaqt, mablagʻ, inson, mehnat va boshqa shakldagi
resurslar) tejashga yordam beradi. Bundan tashqari, dasturchilarga PYDT
masalaning murakkablik darajasini sezilarli darajada pasaytirish imkonini ham
Dostları ilə paylaş: