91
nazaridan "ruhiy holatlar" (ishonch, e’tiqod, istak va xohishlar) deb ataladigan
xususiyatlarini oʻrganish va tushunishni anglatadi [IV.5]. Odatda bu atama
abstraksiya va konkretlashtirish bilan bogʻliq
bilim olish jarayonida, shuningdek,
bilim, malaka, koʻnikma yoki oʻrganish kabi tushunchalarga doir sohalarda
qoʻllaniladi. Kengroq ma’noda “kognitivlik” atamasi bilishning oʻzi yoki bilimlar
“harakati”ni bildiradi. Tarixiy jihatdan kognitivlikning uchta asosiy yoʻnalishlari
mavjud [III.57, 31-b]:
- obyektivizm - kelib chiqishi jihatidan tashqi bilim boʻlib,
faqat tajriba va
his-tuygʻular, tabiiy idrok yoki ratsional fikrlash (ratsionalizm) orqali anglash
mumkin boʻladi;
- pragmatizm - bilim model yoki ichki tasvirlar orqali tushuntiriladi;
- interpretatizm – bilimlar tashqaridan kelayotgan oʻquv ma’lumotlari
ta’sirida ichkaridan quriladi va shakllantiriladi.
PYDT nuqtai-nazaridan kognitiv maqsadlar quyidagilarni qamrab oladi:
PYDT boʻyicha taqdim etilayotgan oʻquv
materiallarini talabalar
tomonidan qabul qilinishi va aytib berilishi;
PYDT boʻyicha ma’lum boʻlgan bilimlar,
buyruq va muhit elementlari
vazifalarini chuqur anglash;
PYDT ga doir bilimlarni (amal, modul va usullarni) vaziyatga koʻra
maqsadli qoʻllash.
Biz ushbu tadqiqot jarayonida talabalarning PYDT boʻyicha olgan
bilimlarini ta’limning kognitiv kategoriyalariga mos ravishda baholash mezonini
ishlab chiqishda [III.57, 32-b] da taklif qilingan sxemadan
foydalanishni lozim
topdik. Bu sxema asosida ishlab chiqilgan taksonomiyalar 2.2.1-jadvaldan oʻrin
olgan.
Dostları ilə paylaş: