Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatda



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatda: 

eksperimental tadqiqotlar yoki ishlab chiqarish faoliyati natijasida 
olingan axborotlarni qayta ishlashda matematik usullardan foydalanish; 

amaliy masalalarni sonli va analitik usullarda yechish, olingan natijalarni 
tahlil qilish va qoʻllash; 

axborotlarni tahlil qilishning zamonaviy usullari va hisoblash 
texnikalaridan foydalanib, ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash

namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va qoʻllash; 

ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental 
vosita va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish. 
Ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik va pedagogik faoliyatda:

oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy axborot-kommunikatsion va 
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilish va oʻtkazish; 

oʻqitilayotgan fan boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun oʻqitishning 
yangi texnik vositalarini ishlab chiqish va ulardan amalda foydalanish; 


89 

ta’lim tizimiga mos oʻquv adabiyotlarini yaratish; 

mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida oʻqitilayotgan fan hamda 
pedagogik faoliyat sohasidagi zamonaviy metod, metodologiya, vosita va shakllar 
doirasida oʻz-oʻzini muntazam takomillashtirib borish. 
Turli xizmatlar koʻrsatish: 

yoʻnalish boʻyicha … masalalarni analitik hamda sonli yechish tizimlari 
sohasida mavjud holatning tahliliy sharhini ishlab chiqish; 

pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish; 

yoʻnalishga mos ilmiy mavzu boʻyicha turli xizmatlarni koʻrsatish. 
Bakalavrlarni yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalarni hal qilishga 
tayyorlashda zamonaviy predmetga yoʻnaltirilgan dastiurlash tillarini oʻqitish 
mihim ahamiyat kasb etadi. Sodda qilib aytganda, bu kasbiy vazifalarni 
raqamlashgan sharoitda kompyuter va dasturiy mahsulotlarsiz hal qilishning 
umuman iloji yoʻq.
Informatka fani doirasida predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oliy 
oʻquv yurtlarida oʻqitish quyidagi ta’limiy muammolarni hal qilishda eng muhim 
vosita boʻlib xizmat qiladi:

tizimli, 
ijodiy, 
aqliy, 
mantiqiy, 
rejali 
fikrlash 
qobiliyatlarini 
shakllantirish va rivojlantirish; 

yangi ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashga tayyorlash

hayotiy va kasbiy faoliyatiga doir muammolarni hal qilish uchun eng 
maqbul variantlarni izlash, aniqlash va amalga oshirish metodlari bilan tanishtirish;

axborotlarni kompyuter yordamida yigʻish, saqlash, qayta ishlash va 
uzatish koʻnikma va malakalarini egallashga o’rgatish;

ixtirochilik va izlanuvchanlik, qat’iylik va mustaqillik qobiliyatlarini 
rivojlantirish; 

jamoaviy va individual faoliyatga tayyorlash. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, belgilangan maqsad va 
vazifalarni samarali hal qilish oliy oʻquv yurtlarida PYDT ni oʻqitish raqamlashgan 


90 
jamiyatning yosh, bilimdon, har tomonlama yetuk va faol a’zolarini ta’yyorlash 
jarayoniga ijobiy ta’sir koʻrsatar ekan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin