Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


-§. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish uchun Python dasturlash tilini



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

2.3-§. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish uchun Python dasturlash tilini 
tanlashning nazariy asoslari haqida 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunda Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari 
va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashi, 
jumladan, bakalavriat talabalarga tanlangan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha chuqur 
bilim, malaka va koʻnikmalar berishi, magistratura esa bitiruvchilarni tegishli 
bakalavriat negizida ilmiy-tadqiqot, pedagogik, boshqaruv va boshqa faoliyatlarga
tayyorlashi belgilab qoʻyilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan PF-5847-sonli 
Farmonida [I.4] Oliy oʻquv yurtlari oldiga bir qator vazifalar belgilab berilgan. 
Unga koʻra, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, 
mustaqil fikrlay oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat 
jihatidan yangi bosqichga koʻtarish hamda oliy ta’limni ilg‘or ta’lim 
texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish asosiy maqsad sifatida koʻrsatib 
qoʻyilgan. Bizning fikrimizcha, koʻrsatilgan Farmonda maqsadga erishish yoʻlida 
quyidagi masalalar muhim ahamiyat kasb etadi:

xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini 
joriy etish, jumladan, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan 
ta’limdan amaliy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim 
tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish; 

oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy 


101 
soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻsha 
oladigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga qodir boʻlgan yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish; 

mavjud oʻqitish jarayonini zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish va takomillashtirish

ta’lim samaradorligini baholash boʻyicha ilg‘or xorijiy tajribalarni 
oʻrganish sohasida toʻplangan ma’lumotlarni amaldagi ta’lim tizimi bilan 
uygʻunlashtirish asosida yangi mezonlar ishlab chiqish va respublika oliy ta’lim 
muassasalarida joriy qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish. 
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rahbarligida respublikada olib borilayotgan 
“Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida raqamli iqtisodiyotni 
shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha belgilangan keng koʻlamli ishlarda Oliy 
ta’lim tizimining faol ishtirok etishi talab qilinadi. Jumladan, xoʻjalik yuritishning 
barcha tarmoq va sohalari, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, 
ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi ba boshqa sohalar uchun zamonaviy axborot-
kommunikatsiyon texnologiyalari bilan qurollangan yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash Oliy ta’lim oldida turgan eng ustuvor masala hisoblanadi. Xususan, 
“Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasida koʻrsatilgan quyidagi masalalarga 
alohida e’tibor qaratishi lozim:

dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini 
yanada rivojlantirish; 

dasturiy mahsulot ishlab chiqish sohasini malakali kadrlar bilan 
ta’minlash; 

mahalliy IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga 
… oʻz mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda koʻmaklashish; 

zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish 
hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini
pasaytirish, ishlab chiqarishdagi toʻxtalishlarni kamaytirish; 

zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot 


102 
va xizmatlarni … rivojlantirish; 

robototexnik komplekslar va odamlar oʻzaro ta’siri algoritmlarini ishlab 
chiqish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini takomillashtirish, … , 
shuningdek, “bulutli” xizmatlarini taqdim etishning turli xil modellarini amalga 
oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish boʻyicha ilmiy ishlarni olib borish. 
Yuqoridagi vazifalardan koʻrinib turubdiki, jamiyatning raqamli iqtisodiy 
deb atalmish zamonaviy rirojlanish bosqichida oʻliy ta’lim muassasalari 
bitiruvchilari quyidagi talablarga javob bera olishlari talab qilinadi: 

zamonaviy dasturlash tillaridan oʻz amaliyotida foydalana oladigan; 

zamonaviy dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsion texnologiyalari 
bilan ishlay oladigan; 

ehtiyojiga koʻra murakkab boʻlmagan yangi dasturiy ta’minot yaratish 
imkoniyatiga ega; 

nostandart vaziyatlarda bilim va koʻnikmalarini amalda qoʻllash imkoni-
yatlarini taqdim etuvchi tizimli bilimlar bilan qurollangan;

mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir;

ishlab chiqarishni boshqarish uchun zamonaviy dasturiy, axborot, texnik 
va boshqa vositalardan foydalanish qobiliyatiga ega; 

individual hamda jamoada hamkorlikda ishlashga qodir; 

yuksak darajada ma’uliyatli. 
Bunday sifatlarga ega boʻlgan bitiruvchilarni tayyorlashda ta’lim 
yoʻnalishlariga mos ravishda dasturlash tillarini oʻqitish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yosh mutaxassis kuchli raqobat 
sharoitida zamonaviy mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi uchun kasbiy 
bilimlardan tashqari, quyidagi sifatlari ham muhim mezon hisoblanadi: 

jadal tezlik bilan oʻzgarayotgan axborot muhitiga moslashuvchanligi; 

raqamli faoliyat yuritishga qodir; 

dasturlash tillari bilan tanish boʻlishi, ulardan oʻz sohasiga oid 
muammolarni hal qilishda foydalana olishi; 


103 

mavjud axborotlar orasidan foydali ma’lumotlarini ajrata olishi; 

faoliyat turiga nisbatan ijodiy va ijobiy munosabat; 

mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir; 

muloqotga kirishuvchan;

turli shakl va mazmundagi shaxsiy, kasbiy va jamoaviy muammolarni 
hal qila olishi va bu yoʻlda yangi bilimlarni egallashga intiluvchanlik. 
Koʻrinib turibdiki, boʻlajak mutaxassislarni mustaqil faoliyatga tayyorlash 
jarayonida umumkasbiy va maxsus bilimlardan tashqari, axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari, ayniqsa dasturlash tillariga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi.
Dasturlash tillari talabalarda yuqori darajadagi mantiqiy fikrlashni 
shakllantiradi, keyingi faoliyatlari uchun umumkasbiy va maxsus fanlar bilan 
birgalikda tayanch bilim vazifasini oʻtaydi va yosh mutaxassislarning saviya va 
sifatlarini, raqamlashgan jamiyatdagi oʻrnini belgilab beradi.
Bugungi 
kunda, 
dasturlash 
tillari 
va 
axborot-kommunikatsion
texnologiyalari raqamli jamiyatning koʻplab texnik va texnologik masalalarini hal 
qilishda koʻmak bera olishi hammaga ma’lum. Oliy ta’lim muassasalarining 
talabalari bu holatni hisobga olishlari va dasturlash va axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari boʻyicha olgan bilimlarining kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyat 
kasb etishini chuqur his qilishlari lozim.
Dasturlash tillari mutaxassislar tayyorlashda chuqur fundamental bilimlarni
shakllantirish hamda olingan bilimlarni amalda qoʻllash boʻyicha koʻnikma va 
malakalarni rivojlantirishda yordam beradi. Qolaversa, bu bilimlar ularning kasbiy 
va shaxsiy faoliyatlarida uchraydigan amaliy masalalarni hal qilish hamda borliq 
olamni ilmiy asosda oʻrganishda qudratli vosita boʻlib xizmat qiladi. Shuni alohida 
ta’kidlash joizki, dasturlash tillarini bilish umuminsoniy madaniyatning ajralmas 
qismiga aylanib ham ulgurdi.
Zamonnaviy mutaxassislarni kasbga tayyorlash jarayonida “Axborot-
kommunikatsion texnologiyalari” (“Raqamli va axborot texnologiyalari”) va 
“Dasturlash asoslari” fanlari yoki ularga turdosh boʻlgan fanlar juda ham serqirra 
hisoblanadi hamda kasbiy malakalarni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 


104 
Bu fanlar amaliy xarakterga ega boʻlgani uchun, natijalarini zamonaviy 
amaliyotning hamma sohada tatbiq etish imkoniyatlari mavjud. Bunga quyidagi 
ikki holat ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi:
1) zamonaviy matematik apparatning rivojlanganlik darajasi;
2) qaralayotgan obyekt, jarayon yoki hodisalarning oʻziga xos xususiyat va 
metodlarini raqamlashgan koʻrinishda ifodalash usullarining ishlab chiqilganligi. 
Birinchi holat, ya’ni, matematik apparatning rivojlanganlik darajasi kasbiy 
va boshqa faoliyatda uchrashi mumkin boʻlgan koʻplab muammolarning 
matematik modeli hamda hal qilish usullarining ishlab chiqilganligi bilan 
belgilanadi. Ikkinchi holat esa, bu model va usullar uchun amaliyotda qoʻllash 
mumkin boʻlgan tegishli dasturiy ta’minotlar yaratilganligi hamda ehtiyojga koʻra, 
yangi dasturiy vositalar ishlab chiqish jarayonining sodda va qulay shaklga 
keltirilganligini nazarda tutadi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan kasbiy ta’limda oʻrganilayotgan har bir fan boʻlajak 
mutaxassisning kasbiy faoliyatida eng koʻp bajarishga toʻgʻri keladigan tipik 
masala va amallar asosida quriladi [III.50].
Boʻlajak mutaxassislarining muvafaqqiyati ularning shu sohadagi kasbiy 
faoliyatga tayyorgarlik darajasi, ya’ni, kelajakdagi xizmat vazifalari bilan bogʻliq 
eng koʻp uchraydigan muammolarni hal qilishga qodirligi bilan belgilanishi hech 
kimga sir emas. Bu oʻrinda shuni ta’kidlash joizki, raqamli itisodiyot sharoitida 
xodimlarning xizmat vazifalari bilan bogʻliq tez, arzon va aniq qayta ishlanishi 
talab qilinadigan ma’lumotlar hajmi borgan sari ortib bormoqda. Bu holat 
raqamlashgan jamiyatda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va 
dasturlash tillari bilan tanish boʻlgan yosh mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojning 
yuzaga kelishiga sabab keladi. Chunki, raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash talab 
qilinadigan masalalar uchun kompyuter va tegishli dasturiy ta’minot zarur boʻladi. 
Demak, mutaxassis yoki mavjud dasturiy ta’minot bilan ishlay olishi, yoki, 
ehtiyojga koʻra, yangisini ishlab chiqishga qodir boʻlishi lozim. Raqamlashgan 
jamiyat sharoitida bu holatning yanada kuchayishi tabiiy.
Raqamli jamiyat oʻz kasbiy doirasidagi oʻzgarishlarga tezlik bilan moslasha 


105 
oladigan professional mutaxassislarni talab qiladi. Bu oʻrinda, tor soha mutaxassisi 
emas, balki, zamonaviy fan va texnikaning barcha soʻnggi yangiliklaridan
jumladan, axborot-kommunikatsion texnologiyalari va dasturlash tillaridan 
xabardor mutaxassislar nazarda tutiladi. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalari 
talabalarida kasbiy yoʻnalishlar boʻyicha bilimlar bilan birga, informatika va 
dasturlash tillari boʻyicha ham yetarlicha malaka va koʻnikmalarni shakllantirish 
va rivojlantirish talab qilinadi. 
Yuqori malakali yosh mutaxassislarni tayyorlashda dasturlash tillarini 
oʻqitish ularda mustahkam iroda, maqsadga intilish, oʻz hatti-xarakatlari uchun 
javobgarlik, mas’uliyat, qat’iy fikrlilik, aqliy va ijodiy mehnat qilish qobiliyati 
kabi shaxsiy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kasbiy faoliyatga doir masalalarni dasturiy mahsulotlar yordamida hal qilish 
mutaxassislardan quyidagi koʻnikma va malakalarni talab qiladi: 

soha boʻyicha bilimlarni umumlashtirish va bir-biriga bogʻlash; 

hodisa, jarayon yoki obyektlarni ularga xos boʻlgan xususiyatlar bilan 
birgalikda koʻrish; 

qaralayotgan muammolarning muhim va ikkinchi darajali xususiyatlarini 
ajratish; 

masalalar uchun kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni aniqlash; 

masalani hal qilishning samarali usullarini belgilash; 

masalani hal qilishning mantiqiy ketma-ketligini qurish; 

dasturiy mahsulot ishlab chiqish; 

dasturiy mahsulot uchun kompyuter yordamida natijalar olish; 

olingan natijalar asosida foydali qarorlar qabul qilish. 
Yaqingacha, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga doir turli shakl va 
mazmundagi kasbiy muammolar faqat professional dasturchilar tomonidan hal 
qilingan edi. Boshqa soha mutaxassislari dasturlash tillari boʻyicha yetarli bilimga 
ega boʻlmaganlari sababli, yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqishda katta 
muammolarga duch kelishgan. Bugungi kunda dasturchilik amaliyotiga keng joriy 


106 
qilinayotgan bir qator predmetga asoslangan dasturlash tillari (masalan, Python tili) 
bu muammolarni hal qilish uchun yordam bera oladi. Bunday dasturlash tillarining 
boshqalaridan avzalligi dasturlash tillarini chuqur bilishni talab qilmasligi hamda 
turli sohalarga oid xizmat vazifalarida qoʻllash uchun yaroqli boʻlgan katta sondagi 
modullarga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Talabalar tomonidan kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarni puxta 
egallanishi uchun predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash asoslarini oʻqitish 
jarayonida quyidagi muammolarga alohida e’tibor qaratilishi lozim:

masalalarni sinflarga ajratish va ular uchun mos xarakterdagi dasturlash 
tilini tanlashga oʻrgatish; 

kasbiy faoliyatlarida qoʻllash mumkin boʻlgan barcha zamonaviy 
axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan ishlash koʻnikma va malakalarni 
shakllantirish; 

kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha masalalarga dasturiy mahsulot ishlab 
chiqish koʻnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;

yangi dasturlash texnologiyalari yordamida dasturiy vositalar ishlab 
chiqish jarayoni va usullari bilan tanishtirish; 

zamonaviy dasturlash tillari bilan ishlash boʻyicha yetarli hajmdagi 
chuqur ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarni berish. 
Dasturlash tillari informatikaning zamonaviy boblaridan biri sanaladi. Ularni 
chuqur oʻrganish yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik 
darajasidan tashqari, madaniy va ma’naviy qiyofasini ham belgilab beradi. 
Bundan, oʻqitish uchun dasturlash tillarini toʻgʻri tanlash muhim ahamiyatga ega 
ekanligi koʻrinib turibdi.
Olimlar oʻqitish uchun dasturlash tilini quyidagi mezonlar asosida tanlashni 
taklif qilishadi [III.62]: 

oʻzlashtrishning soddaligi; 

universallik; 

amaliy xarakteriga koʻra; 


107 

kasbiy yoʻnalishlari boʻyicha; 

mavqeiga koʻra; 

erkinligiga koʻra. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin