Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Dasturlash tillari oʻqitish rejalashtirilgan



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Dasturlash tillari oʻqitish rejalashtirilgan 
ayrim bakalavriyat yoʻnalishlari
3.2.1-jadval 
bakalavriyat 
yʻonalishlari 
fanning nomi
Soati 
semestr 
ma’ruza amal (lab) Must 
Amaliy matematika 
algoritmik tillar 
va dasturlash 
90 
120 
240 
1- 3 
Kompyuter ilmlari va 
dastirlash texnologiyalari 
algoritmik tillar 
va dasturlash 
90 
150 
300 
1- 4 
Axborot xavfsizligi 
algoritmik tillar 
va dasturlash 
90 
150 
300 
1- 4 
Matematika, mexanika va 
matematik modellashtirish 
Dasturlash 
asoslari 
44 
46 
150 
1, 2 
Matematik injiniring 
algoritmik tillar 
va dasturlash 
90 
120 
240 
1-3 
Iqtisodiyot, 
menejment, 
ijtimoiy ish, ekonometrika, 
geodeziya, 
kartografya, 
kadastr v.b. 
raqamli 
va 
axborot 
texnologiyalari 
30 
60 
90 

biologiya, biotexnologiya, 
gidrometeorologiya,
raqamli 
va 
axborot 
texnologiyalari 
30 
60 
90 

Axborot 
texnologiya-
larining dasturiy ta’minoti 
algoritmlash 
asoslari 
va 
dasturlash 
30 
30 
98 

Iqtis
odiyot va menejmant
telekommunikatsiya texno-
logiyalari, 
dasturiy 
injiniring,
k
ompyuter injiringi v.b. 
dasturlash 
30 
60 
90 



132 
Biz kelajakdagi faoliyati katta hajmdagi axborotlar hamda tajriba natijalarini 
qayta ishlash bilan bog’liq ta’lim yoʻnalishlarida raqamli va axborot
texnologiyalari fani ahamiaytini e’tiborga olib, quyidagi takliflarni ilgari suramiz: 
- fan uchun ajratilgan oʻquv soatlari hajmini 300 soatgacha (60 ma’ruza+90 
amaliy+150 mustaqil) koʻpaytirish lozim; 
- oʻquv mashgʻulotlarini iloji boricha I va II semestrlarga oʻtkazish; 
- fan dasturini zudlik bilan qayta koʻrib chiqish va predmetga yoʻnaltirilgan 
dasturlash tiliga moslashtirish
- fan dasturini uzogʻi bilan har toʻrt yilda dasturlash tillari sohasidagi 
dunyodagi ilgʻor tajribalar asosida qayta ishlab chiqish; 
- Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (jumladan, Word, Excell, 
Powerpoint, internet bilan ishlash asoslari, elektron pochta v.b.) oʻrta umumta’lim 
maktablarida ham oʻqitilishini hisobga olib, bu soha boʻyicha oʻquv materiallarini 
mustaqil ta’lim shaklida (masalan, hisobotlar tayyorlash koʻrinishida) tashkil 
qilish. 
Predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini Oliy oʻquv yurtlarida Oliy va 
oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021 yil uchun tasdiqlangan 60540200-
«Amaliy matematika” bakalavr yoʻnalishi uchun “algoritmik til va dasturlash” 
(60540100-Matematika uchun “Dasturlash asoslari”, Iqtisodiyot, menejment va 
ijtimoiy ish va boshqa turdosh yoʻnalishlar uchun “Raqamli va axborot
texnologiyalari”) fanlari doirasida oʻqtitilishi mumkin (3.2.2-jadvalga qarang).
Dasturlash tilini oʻqitishni boshlashdan avval, quyidagi muammolarni hal 
qilish lozim: 

malaka talablaridan kelib chiqqan holda, tegishli ta’lim yoʻnalish 
bakalavrlarining tayyorgarlik darajasini baholashda dasturlash tillarining ahamiyati 
va tutgan oʻrnini aniqlash; 

fanni yoʻnalishlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,
oʻqitish hajmini belgilash; 

ta’lim jarayoni samaradorligini orttirish uchun dasturlash asoslari fanini 


133 
oʻqitish strategiyasi, mazmuni, uslubiyoti va oʻquv-uslubiy ta’minotni yaratish; 

oʻqitish jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish 
boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Dasturlash asoslarini oʻrganish ayrim ta’lim bakalavriyat yoʻnalishlarida 
(masalan, gumanitar) tahsil olayotgan talabalar uchun unchalik muhim boʻlmasa-
da, 
boshqalari (“Amaliy matematika”, “dasturiy injiniring”, “Axborot 
texnologiyalari“ kabi) uchun bitiruvchi talaba va yosh mutaxassislarning bilim 
saviyasi va kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini belgilab beruvchi eng muhim 
mezonlardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Odatda, fanni oʻqitish uchun tavsiya etiladigan mavzular mutaxassislikning 
tayyorgarlik darajalariga qoʻyilgan malakaviy talablar asosida ishlab chiqilgan fan 
dasturida aks ettiriladi. Bizning fikrimizcha, Python dasturlash tilining tayanch 
tuzilmalari hamda modullarini faoliyati axborotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq 
barcha yoʻnalishlar uchun tegishli fan (masalan, algoritmlash asoslari va 
dasturlash, raqamli va axborot texnologiyalari v.b.) dasturi tarkibiga kiritish 
maqsadga muvofiq boʻladi (3.2.2-jadvalga qarang).

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin