139
Yosh avlod oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan jamiyatda yuqori ijtimoiy
pogʻonalarni band qilishga urinadigan shaxslarning har tomonlama dinamik
rivojlanayotgan tizimi hisoblanadi. Ular asosan bir yoki bir nechta ijtimoiy
guruhlarning a’zolari sifatida faoliyat yurutishga harakat qiladilar. Oʻz hayot yoʻli
strategiyasini tanlashga ta’sir koʻrsatuvchi turli omillarga (tevarak-atrofdagi muhit,
ijtimoiy-siyosiy vaziyat,
jamiyatdagi ustuvor qarashlar, shaxsiy psixologik
xususiyatlari, oliaviy, moddiy, ma’naviy va h.k.) koʻra, yoshlar ma’lum bir
ijtimoiy guruhlarga birlashadilar. Talabalar aha shunday guruhlardan biri sanaladi.
Atoqli pedagog olim K. D. Ushinskiy talabalik davrini “hal qiluvchi yosh”
deb ataydi. Chunki, aynan shu davrda oʻz ustida ishlash darajasi va oliy oʻquv
yurtlarida berilgan bilimlar asosida kelajak mutaxassisi boʻlgan shaxsning tashqi
va ichki qiyofasi shakllanadi. Bu davr aqliy, jismoniy, madaniy va ma’naviy
rivojlanish uchun eng qulay davr hisoblanadi.
I.A. Zimnaya talabalar haqida “talabalar oʻz
ichiga bilim va kasbiy
koʻnikmalarni maqsadli va tizimli asosda oʻzlashtirayongan, bilim olishga eng
yuqori darajada ishtiyoqi va ragʻbati mavjud boʻlgan, zamonaviy madaniyatning
eng asosiy isteʻmolchisi hisoblangan insonlarni qamrab oladi” degan edi [III.24].
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy talabalar yangi madaniy
qadriyatlarning eng asosiy isteʻmolchisi
sifatida yangicha shakl, mazmun,
ahamiyat kasb etuvchi bilimlarni, jumladan, kompyuter ilmiga oid yoki mobillikka
asoslangan bilimlarni tirishqoqlik bilan oʻzlashtirishga harakat qiladi. Ta’lim
jarayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida tashkil qilish esa bu
jarayonga yanada kuchliroq ta’sir koʻrsatadi.
B.G. Ananyevning xulosalariga koʻra, aynan 17 yoshga kelib, shaxslarda
mustaqil faoliyat koʻnikmalarining yuzaga kelishi uchun eng qulay subyektiv
shart-sharoitlar shakllanadi. 17 dan 25 yoshgacha boʻlgan hayotiy davr shaxsning
shakllanishi hamda kasbiy faoliyatga yoʻnalganlik
bosqichi uchun muhim
ahamiyatga ega boʻladi [III.5].
Yoshlarning
ijtimoiy
moslashuvchanlik
davrini
ainqlash
sohasida
140
olimlarning olib borgan tadqiqotlariga koʻra, 17-22 yoshdagi shaxslar faoliyatida
turli mexanizmlarning kuchayish miqdori 47%, turgʻunlashuvi-21%, pasayish
koʻrsatkichi - 32% ni tashkil qildi. Shuningdek, 32-35 yoshdagi shaxslar uchun
bunday ma’lumotlarning mos ravishda 11%, 33% va 56%
ekanligi kuzatildi
[IV.4]. Bu holat oliy oʻquv yurtlarida bilim olish uchun eng maqbul davr 17-22
yosh ekanligidan dalolat beradi.
Zamonaviy oliy oʻquv yurti talabalari kelajakning eng muhim aqliy
potensialiga aylanishi kutilayotgan mutaxassislar sifatida har tomonlama
rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu yoshlar shaxs va mutaxassis
sifatida oʻzlarida yetishmayotgan ilmiy, siyosiy,
ijtimoiy, madaniy va ma’naviy
bilim, koʻnikma va malakalarni egallashga qaratilgan oʻtkir ehtiyojni his qiladilar.
Bir qator olimlarning fikrlariga koʻra, faol bilim olishga qaratilgan maxsus
chora-tadbirlar majmuasi boʻlmasa, bilishga qaratilgan harakatlar zanjiri
moslashuvchan faoliyatga aylanmaydi, ta’lim jarayonining samarasi kamayadi,
talabalarning fikrlash qobiliyati pasayadi, yangi bilimlarni
egallashga ishtiyoqi
yoʻqoladi [III.37].
Kasbiy kamolotning dastlabki bosqichida turgan talabalarda ta’lim olish
jarayonida dasturlash quyidagi shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish
mumkin:
fikrlash qobiliyati rivojlanadi, aqliy imkoniyatlari kengayadi;
nazariy mushohada yuritish, abstrakt fikrlash va umumlashtirish
qobiliyatlari takomillashadi;
ma’lum muammolarga nostandart yondoshuvlar shakllanadi;
umumiy muammolarni tarkibiy qismlarga ajratish qobiliyati rivojlanadi;
xususiy muammolarni umumiy shaklga keltirish hissi kuchayadi.
Yuqorida koʻrsatilgan sifatlar talabaning
kelajakda yetuk mutaxassis
(jumladan, dasturchilik sohasida) boʻlib shakllanishida muhim poydevor boʻlib
xizmat qilishi tabiiy.
Akademik A.M. Gazaliyev boshchiligadi olimlarning xulosalariga [IV.4]
koʻra, talabalarning shaxsiy xususiyatlari ta’lim bosqichlariga bogʻliq ravishda
141
oʻzgarib turadi (3.3.1-jadvalga qarang). Bu holat predmetga yo‘naltirilgan
dasturlash tillarini oʻqitish jarayonini yuqori samara bilan tashkil qilishda ta’lim
bosqichlariga xos boʻlgan bu xususiyatlarni muhim omillardan ekanligiga ishora
qiladi va ularni albatta e’tiborga olish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: