Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


-§. Oliy oʻquv yurtlarida ta’lim jarayonida qoʻllash mumkin bolʻgan



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

 
3.4-§. Oliy oʻquv yurtlarida ta’lim jarayonida qoʻllash mumkin bolʻgan 
ayrim zamonaviy pedagogik texnologiyalar sharxi 
Taʻlim tizimi har qanday jamiyatning eng muhim va ajralmas qismlaridan 
biri hisoblanadi va joriy davr uchun xos boʻlgan ta’lim paradigmalariga asoslanadi.
Ta’lim paradigmasi - bu muayyan davrda pedagogik jamoatchilik tomonidan 
eʻtirof etilgan va ilmiy tadqiqotlar yordamida asoslangan tayanch ibora, qoida va 
gʻoyalar yigʻindisidir [III.54, 11-b].
Sodda qilib aytganda, ta’lim paradigmalari ta’lim tizimi, mazmuni, tashkil 
etish shakllari, ta’lim va tarbiya uslubini tanlash jarayoniga yondashuv usullarini 
koʻrsatib beruvchi yetakchi goʻyalarni anglatib, vaqt oʻtishi bilan tabiat, jamiyat, 
ijtimoiy hayot va fan-texnika sohasidagi yangiliklarga mos ravishda oʻzgarib 
boradi.
Bugungi kunda, insonlar hayotiga katta sondagi texnologiyalarning (shu 
jumladan, “aqlli texnologiyalar”) kirib kelishi aholining turmush darajasini tubdan 
oʻzgartirib yubordi. Bu holatning mavjud ta’lim tizimida ham oʻz aksini topgani 
sababli, an’anaviy hisoblangan eski usul va paradigmalar zamonaviy ta’lim 
jarayoni samarasini oshirish uchun yetarli boʻlmay qoldi. Natijada, zamonaviy 
ta’lim tizimida ularning oʻrniga mashgʻulotlarni tashkil qilishning yangicha shakl, 
yondoshuv, usul, uslubiyot, vosita va texnologiyalariga zarurat paydo boʻldi. 
Texnologiya atamasini grekcha “tehne”-san’at, mahorat, “logos” esa fan 
ma’nolarida talqin qilish mumkin. Bugungi kunda bu atamani koʻplab olimlar 
tavsiflashga harakat qilganlar. Jumladan, A. G. Selevko quyidagicha ta’riflaydi 
[III.54, 10-b]. 
Texnologiya
– bu insonlar tomonidan oʻzlashtirilgan bilimlarni atrof-


145 
muhitni oʻzgartirish, moddiy boylik yoki ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarishda 
foydalanishning ilmiy yoki amaliy jihatdan asoslangan faoliyat tizimidir.
Texnologiya atamasi odatda ishlab chiqarish (jumladan, dastur ishlab 
chiqish) jarayoni yoki faoliyat turiga nisbatan qoʻllanadi. Dasturlash sanoatida bu 
tushunchani berilgan hom ashyolardan (boshlang‘ich ma’lumotlardan) talab 
qilingan mahsulotlarni (kutilgan chiquvchi ma’lumotlarni) hosil qilishni kafolatlay 
oladigan va ilmiy (yoki amaliy) isbotlangan faoliyat (amallar) tizimi sifatida talqin 
qilinadi.
 
Ushbu atamani hayotning har bir jabhasiga nisbatan qoʻllash mumkin. 
Jumladan, uni oʻqitish jarayonida “ta’lim texnologiyalari” va “pedagogik 
texnologiyalar” shaklida qoʻllanadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin