Ta’lim kursiga koʻra talabalarning shaxsiy xususiyatlari.
3.3.1-jadval.
Kurs
Psixologik xususiyatlar
I
Mustaqil hayot koʻnikmalariga ega bo’lmagani uchun, bir qator
muammolarga duch keladi: konspekt yozishda tajriba yetishmaydi, katta
hajmli ma’lumot va manbalar bilan ishlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi,
fikrlarini aniq va tizimli bayon qila olmaydi. Jamoaviy hayotga moslashish
yuz beradi.
II
Bilim olishga intilishi kuchayadi, ta’lim olishning barcha shakllari ishga
tushadi. Talaba umumiy tayorgarlikka ega boʻladi, yangi madaniy va
ma’naviy ehtiyojlari shakllanadi. Mustaqil hayotga moslashish bosqichi
yakunlanadi.
III
Mutaxassislikka oid sifatlar shakllanadi, ilmiy-tadqiqot va kasbga qiziqish
rivojlanadi. Mutaxassislikni egallashga boʻlgan zarurat qiziqish
sohalarining torayishiga olib keladi, shaxs sifatida shakllanishi
mutaxassislikka yoʻnaltirish omillari bilan belgilanadi.
IV
Oʻqishni tugatishga tayyorlanadi, ishga kirish, kelajagini qurish va kasbiy
faoliyat uchun aniq amaliy koʻrsatmalar shakllanadi. Moddiy va oilaviy
holat bilan bogʻliq yangi qadriyatlar yuzaga keladi. Asta-sekinlik bilan
talabalar jamoaviy hayotidan uzoqlashadi.
A.M. Gazaliyev talabalarni oʻquv faoliyati va unga mos hulq modellariga
koʻra uchta toifaga ajratishni tavsiya etadi.
Birinchi toifa – talabaning qiziqish sohalari oʻquv rejasida beglilangan fanlar
va ularning namunaviy dasturlari doirasidan chetga chiqadi. Talaba oʻquv
yurtining barcha sohalarida ishtirok etishga hamda har tomonlama kasbiy
tayyorgarlikni egallashga harakat qiladi, keng doiradagi kasbiy sohalarga oid
bilimlarni oʻzlashtirishga urinadi. Odatda, bunday talabalar kreativ fikrlashga,
142
koʻplab dasturlash tillarini oʻrganish hamda olgan bilimlarini turli sohalarga
qoʻllashga, shunindek, bir xil vaziyatlarga nisbatan qoʻllash orqali dasturlash tillari
imkoniyatlarini qiyoslashga urinadilar. Mashgʻulotlarda bunday talabalardan
yetakchi (lider) sifatida foydalanish oʻqitichilarga ta’lim samarasini oshirish uchun
muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Ikkinchi toifadagi talabalarning faoliyati koʻpincha tor sohadagi
mutaxassislikka xos boʻladi. Uning bilishga boʻlgan intilishi belgilangan reja va
dasturlardan “yoniga emas, balki ichkariga qarab” chetga chiqadi, faollik tizimi
“tanlagan kasbi” doirasidagi qiziqishlari bilan chegaralanadi. Bunday talaba bitta
dasturlash tilini oʻrganishga va bu sohada olgan bilimlarini kasbiy faoliyaiga xos
barcha masalalarga qoʻllashga harakat qiladi. Dasturlash tillari boʻyicha
mashgʻulotlarda taqdim etilgan oʻquv materiallarini tipik boʻlmagan yangi
vaziyatlar uchun tatbiq etishga urinadilar.
Uchinchi toifa talabalarning bilim olishga qaratilgan barcha harakatlari faqat
oʻuv-meyoriy hujjatlarda belgilangan oʻquv materiallari doirasi bilan
chegaralanadi. Bunday tur talabalarining kreativlik, ijodiy fikrlash va faolligi eng
quyi darajada boʻladi. Dasturlash tillari boʻyicha ortiqcha ma’lumotlarga davo
qilmaydi, dasturlash tillarini oʻrganishda berilgan mavzular doirasida tipik
masalalar kifoya qiladi deb hisoblaydi.
Oliy oʻquv yurtlarini talabalarini kelajakka boʻlgan qarashlari hamda
o’qishga kirish sabablariga koʻra ham guruhlarga ajratish mumkin.
Birinchi guruh –
bu guruh ta’lim olishga kasb sifatida qaraydigan тalabalarni
qamrab oladi. Bu guruh talabalarining asosiy maqsadi shu kasb orqali oʻz
imkoniyatlarini namoyon qilishga qaratiladi. Kasbiy boʻlmagan barcha faoliyat
turlari ular uchun ikkilamchi hisoblanadi va asosiy maqsadga erishish yoʻlidagi
yordamchi vosita sifatida qaraladi. Aynan shu guruh talabalari oʻz kelejaklarini
oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida koʻradilar hamda ilimiy-tadqiqot
ishlariga moyilligi yuqori boʻladi. Bu guruh talabalari predmetga yo‘naltirilgan
dasturlash asoslarini katta qiziqish bilan oʻrganadilar. Mashgʻulotlarda taqdim
etiladigan oʻquv-meyoriy hujjatlarida belgilangan oʻquv materiallari va tipik
143
masalalar bilan chegaralanmay, yangi bilimlarni olishga va ularini tirli shakl va
mazmundagi masalalarga nisbatan qoʻllashga harakat qiladilar.
Ikkinchi guruh
– oʻz kelajagini jamiyatda yuqori martabaga (amal, mansab
yoki yuqori daromad) erishish asosida quruvchi talabalarni oʻz ichiga oladi.
Bunday talabalar odatda, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy fanlarni faollik bilan
oʻzlashtiradilar, qolgan fanlarni esa (hattoki, mutaxassislik fanlarini ham)
shunchaki maqsadga yetish yoʻlidagi yordamchi vositalar (masalan, xususiy
tadbirkorlik yoʻlida zarur hisoblangan bosqichlardan biri) sifatida qabul qiladilar.
Ularning tanlagan kasblariga boʻlgan munosabatlari birinchi toifaga nisbatan
pastroq boʻladi. Bu guruh talabalari predmetga yo‘naltirilgan dasturlash asoslarini
oʻrganishda ortiqcha muammolarga duch kelmasada, tipik masalalar bilan
chegaralanadilar.
Uchinchi guruh
– oʻqishga qandaydir yondosh ta’sirlar (ota-onasining
tayziqi, boshqalarning tavsiyasi, oilaviy sharoiti, tanlash imkoniyatining yoʻqligi,
shaxsiy muammolar va h.k.) yordamida kirgan talabalardan iborat boʻladi. Bu
guruh talabalari uchun oilaviy, maishiy, shaxsiy va boshqa muammolar bilim
olishga nisbatan ustuvor hisoblanadi, umumiy oqimga qarshilik qilishga qodir
boʻlmaydilar va “erta kelaversin-chi, bir gap boʻlar” qabilida ish yuritadilar.
Mustaqil ish yuritishga moyilliklari past, reja qurish ular uchun eng qiyin
masalalardan biri hisoblanadi, tanlagan kasblariga boʻlgan qarashlari quyi darajada
boʻladi. Bu guruh talabalari predmetga yo‘naltirilgan dasturlash asoslarini
oʻrganishda katta muammolarga duch keladilar. Bunday toifa talabalarining
dasturchilik kasbiga boʻlgan qarashlarini tubdan oʻzragartirish ta’lim jarayoni
samarasini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Ta’lim kurslarining oʻziga hos xususiyatlarni et’tiborga olish, qolaversa,
talabalarning oʻquv faoliyatiga hamda oʻqishga kirish sabablariga koʻra mansub
boʻlgan toifalariga ajratib olish va bu ma’lumotlardan predmetga yo‘naltirilgan
dasturlash tillari boʻyicha ta’lim jarayonini tashkil qilishda foydalanish ta’lim
sifatini oshirish yoʻlida mustahkam zamin boʻlib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, raqamlashgan jamiyat uchun yuqori malakali
144
mutaxassislar
tayyorlash
jarayonida
ta’lim
muassasalarida
predmetga
yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitishni ushbu bobda bayon qilingan barcha
holatlarni nazarda tutgan holda tashkil qilish ta’lim samarasini oshirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |