Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Python tilini oʻqitish uchun tavsiya etiladigan mavzular



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Python tilini oʻqitish uchun tavsiya etiladigan mavzular.
3.2.2-jadval
 
№ 
Mavzu 

Python dasturlash tili. Alifbosi. Oʻzgaruvchi va oʻzgarmas kattaliklar. 
Arifmetik amallarni yozish qoidalari. Ma’lumotlar tiplari va ularni bir 
turdan boshqasiga oʻtkazish. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish buyruqlari 
va ularni amalda qoʻllash usullari. Chiziqli ilovalar. Math kutubxonasi 

Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchan jarayonlarni tashkil qilish usullari

Roʻyxatlar bilan ishlash 

Lugʻat va toʻplamlarni tashkil qilish va ular ustida amallar bajarish 

Fayllarni yaratish, ma’lumot yozish, oʻqish va qayta ishlash

Yangi funksiya, lyambda funksiya va dekoratorlarni e’lon qilish va amalda 
qoʻllash. Yangi modullar yaratish 

Sinf va obyektlarni e’lon qilish va ulardan amalda foydalanish. 

Matplotlib kutubxonasi
9
Keras va PyTorch
modullari bilan ishlash asoslari 


134 
10 ScyPy kutubxonasi
11 Itertools kutubxonasi
12 Time, datetime va calendar modullari 
Bunday xulosani qabul qilishda mavjud tajriba, atoqli olimlarning dasturlash 
tillarini oʻqitish sohasida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari ([III.22], [III.23], 
[III.30], [III.38] va b.), tavsiyalari, jahon dasturchilik amaliyotidagi ilgʻor tajribalar 
hamda muayyan yoʻnalishlar uchun tavsiya qilingan oʻquv adabiyotlari yuzasidan 
shaxsiy tahlillarga asoslandik. 
3.2.2-jadvaldagi 1-7 mavzularni barcha yoʻnalish talabalari uchun majburiy 
mavzular deb hisoblashni taklif qilamiz. Bu mavzular boʻyicha nazariy va amaliy 
mashgʻulotar hamda mustaqil ta’lim uchun oʻquv materiallari mazmunini
mutaxassisliklarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlash 
lozim. Aks holda, mavzu talabalar uchun tushunarsiz va zerikarli boʻladi va bu 
holat fanni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqning soʻnishiga olib keladi.
Pedagogikaning eng asosiy «soddadan murakkabga» hamda “ma’lumdan 
noma’lumga” prinsipi ostida tashkil qilinib, murakkab va qiziqarli predmetga 
yoʻnaltirligan dasturlashga oʻrgatish jarayonini talabalarga Pythonning maktab 
kursidan ma’lum boʻlgan tuzilmalari asosida, faqat hajmi, shakli va mazmuni 
yuqori boʻlgan darajalarda oʻqitish ijobiy samara beradi. Bu oʻrinda Python 
dasturlash tilining yangi imkoniyatlarini talabalarga tadqim etilishi ham nazarda 
tutiladi.
Amaliy mashgʻulot hamda mustaqil ta’lim jarayonini “qiymatlar jadvali” 
tuchunchasiga asoslangan holda oʻtkazish lozim. Sodda masalalar uchun qiymatlar 
jadvalini tuzishni oʻrganish talabalarda oʻzi ishlab chiqayotgan ilova buyruqlarini 
kompyuter tomonidan bajarish jarayoni haqidagi tasavvurni shakllantirishga 
xizmat qiladi. Natijada ishlab chiqilayotgan dastur matnida mavjud boʻlishi 
mumkin boʻlgan turli xarakterdagi xatoliklar kamayadi, tahrirlash jarayoni 
soddalashadi. Bu esa oʻz navbatida, boʻlajak dasturchilarning kasbiy mahoratini 
shakllantirish va rivojlantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Qiymatlar 
jadvalini talabadan masalaning yechish gʻoyasi, algoritmi va dastur matniga 


135 
qoʻshimcha hisobot shaklida talab qilish mumkin.
Bir qator chet ellarda eʻlon qilingan oʻquv adabiyotlar tahlili 8-12 
mavzularda keltirilgan modullarni barcha mutaxassisliklar uchun majburiy deb tan 
olish mumkinligini koʻrsatadi. Bu mavzular koʻrsatilgan ichki yoki tashqi modullar 
bilan ishlash asoslarini oʻzlashtirishga yordam beradi. Masalan:


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin