Bilim
–
shaxsiy
amaliyotda
kompyuter,
informatika,
axborot-
kommunikatsion texnologiyalari va mavjud dasturiy ta’minotlarni oʻrinli va
maqsadli qoʻllash hamda ehtiyojga koʻra, yangi dasturiy vositalarni ishlab chiqish
haqida hosil qilingan maʼlumotlarning oʻquvchilar (yoki, foydalanuvchilar)
tafakkurida aks etishi.
DTS da bu tushunchani soha boʻyicha “oʻrganilgan ma’lumotlarni eslab
qolish hamda ularni qayta tushuntirib berish” tarzida bayon qilinadi.
Koʻnikma
- insonning tajribalar asosida egallagan bilimlarini amalda
foydalanish uchun yaroqli boʻlgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda
informatika va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan tanish vaziyatlarda
oʻrinli va maqsadli foydalanishga qaratilgan faoliyat yoki harakatlarni amalga
oshirish qobiliyatidir.
DTS da bu tushunchani “koʻnikma – bu dasturlash asoslari hamda
informatika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha oʻrganilgan
bilimlarni tanish vaziyatlarda qoʻllash” tarzida tavsiflanadi.
Koʻnikmalar informatika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari hamda
dasturlash asoslari boʻyicha egallangan bilimlarni amalda qoʻllay olishga oid
faoliyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Koʻnikma faoliyatning maqsadi va
sharoitlariga mutanosib ravishda tegishli harakatlarni muvaffaqiyatli bajarish
usullaridir.
Malaka
– dasturlash asoslari hamda informatika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha oʻrganilgan bilimlarni notanish
vaziyatlarda qoʻllay olish va yangi bilimlarni hosil qilishni anglatadi.
Kompetensita
– dasturlash asoslari hamda informatika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha mavjud bilim, koʻnikma va malakalarni
115
kundalik faoliyatda qoʻllay olish qobiliyati yoki layoqati.
Insonning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini
roʻyobga chiqarishning sharoiti va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan
tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish respublikada amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi. Oʻzbek xalqining boy intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat va ma’naviyat, iqtisodiyot, fan, texnika
va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir [I.6].
Ta’lim toʻgʻrisidagi qonunda [I.7] “Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur
nazariy bilim, malakalar va amaliy koʻnikmalar berishga, shuningdek, ularning
umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga,
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon” ekanligi belgilab
qoʻyilgan. Bu holatni informatika va hisoblash texnikasi hamda dasturlash
asoslarini oʻqitish nuqtai- nazaridan talqin qilinsa, toʻgʻridan-toʻgʻri quyidagi
vazifalar kelib chiqadi:
-
talabalarning dasturchilikka qaratilgan ragʻbatlarini shakllantirish;
-
talabalarga informatika va hisoblash texnikasi hamda dasturlash asoslari
boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish;
-
talabalarning dasturchilikka oid malaka va koʻnikmalarini shakllantirish;
-
talabalarning dasturchilik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish.
Mazkur vazifalarni samarali hal qilish uchun informatiuka fanini (yoki,
uning boʻlimlarini) oʻqitishga taalluqli boʻlgan oʻquv-me’yoriy hujjatlarini
uzluksiz ravishda zamonaviy jahon andozalari va ilgʻor tajribalarini e’tiborga olgan
holda, tanqidiy qayta koʻrib chiqish, tahrirlash va mavjud ta’lim tizimi bilan
uygʻunlashtirgan holda, ta’lim jarayoniga joriy qilish talab qilinadi. Bu oʻrinda,
“informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha uzviylashtirilgan oʻquv
dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish boʻyicha aniq tashkiliy-pedagogik chora-
tadbirlarni belgilash va amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu uammo
jahon dasturchilik tajribasi, informatika, axborot-kommunikatsion texnologiyalari,
116
zamonaviy dasturlash tillari va ularning yutuqlari bilan bogʻliq quyidagi omillar
asosida amalga oshiriladi:
fanning jadal tezlikda rivojlanayotganligi va uning natijalarini hamma
sohalarga tobora chuqurroq kirib borayotganligi;
kishilarning ilmiy, ijodiy, mehnat va boshqa koʻrinishdagi faoliyatlarida
eng muhim va ajralmas yordamchi vositaga aylanib ulgurganligi;
turli faoliyat doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal
qilish uchun yangi dastur va dasturchilarga ehtiyojning ortib borishi;
kompyuter va dasturiy mahsulotlar insonlarning turli ehtiyojlarini tez,
qulay, toʻliq, arzon va samarali qondirish vozitasiga aylanganligi;
informatika va axborot texnologiyalari fanining shakli, tarkibi va
mazmunining zamonaviy texnik va dasturiy vositalar evaziga kengayishi,
oʻzgarishi va yangilanishi;
dasturchilik eng koʻp talab qilinadigan va katta daromad keltira oladigan
sohalardan biriga aylanganligi;
jahon dasturchilik olami va tajribasidagi ijobiy oʻzgarishlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bu omillarning barchasi informatika bilan
bogʻliq boshqa fanlarning tarkibi va mazmuniga ham ta’sir koʻrsatadi. Bunday
ta’sirlarni quyidagi tarixiy oʻzgarishlar yordamida ham kuzatish mumkin.
Respublikamiz
oliy oʻquv yurtlarida Informatika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalari bilan bogʻliq fanlar XX asrning 60-yillaridan,
oʻrta umumta’lim maktablarida esa 1985 yillardan boshlangan. Dastlab, bu fanni
dasturlash asoslari shaklda tashkil qilingan boʻlsa, 1985 yildan boshlab barcha
ta’lim muassasalarida “Dasturlash – ikkinchi savodxonlikdir” shiori ostda
hammani yoppasiga dasturchi qilib tarbiyalash harakati avj oldi. Ammo, shu
yillarda amaliyotga shaxsiy kompyuterlar, WINDOWS operatsion tizimi, ofis
dasturlari, matn va grafik muharrirlari hamda internetning kirib kelsihi, qolaversa,
hammani dasturchi qilib tayyorlashning iloji yoʻqiligi sababli, taxminan 1995-2015
yillarda
fanning
mazmuni
axborot-kommunikatsion
texnologiyalaridan
117
foydalanuvchilar tayyorlashga yoʻnaltirildi. 2015 yillardan boshlab, dasturchlash
asoslari yana fan tarkibiga kiritildi.
Umuman olganda, faoliyatida kompyuterdan foydalanuvchi kishilarni
quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:
1)
tizimli dasturchilar;
2)
amaliy dasturchilar;
3)
oddiy foydalanuvchilar.
1.
Tizimli dasturchilar yangi kompyuterning matemetik va dasturiy
ta’minoti, operatsion tizimlar va ular uchun drayverlar hamda yangi dasturlash
tillarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadilar.
2.
Amaliy dasturchilar esa tizimli dasturchilar ishlab chiqqan voisitalardan
foydalanib, hoʻjalik yuritish va insonlarning kundalik faoliyatida uchraydigan turli
shakl va mazmundagi masalalar uchun amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiqadilar.
Bunday dasturiy ta’minotni shartli ravishda ikkiga ajatiladi:
tor doiradagi mutaxassislar uchun;
keng foydalanuvchilar ommasi uchun.
Tor doiradagi mutaxassislar uchun moʻljallangan dasturiy ta’minotlardan
faqat belgilangan maqsadlarda, muayyan bir soha yoki tashkilot xodimlari
tomonidan foydalaniladi. Bunga misol qilib, tashkilotlarning xodimlar boʻlimi, ish
haqini hisoblash, ombor faoliyati bilan bogʻliq dasturiy majmualarni olish
mumkin. Odatda, bunday dasturiy ta’minot foydalanuvchilarining soni koʻp
boʻlmaydi.
Keng foydalanuvchilar ommasi uchun moʻljallangan dasturiy ta’minot
insonlarning kundalik axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab
chiqiladi. Ularga misol qilib, MICROSOFT OFFICE paketi, oʻyinli dasturlar,
brouzerlar, “aqlli texnologiyalar” va boshqalarni keltirish mumkin.
3.
Bu guruh kompyuter foydalanuvchilarining eng katta qismini tashkil qilib,
ular oʻz amaliyotlarida dastlabki ikki guruh tomonidan ishlab chiqilgan
mahsulotlatlarni keng foydalanadilar.
Yuqorida bayon etilgan barcha holatlar informatika va axborot-
118
kommunikatsion texnologiyalari fanining mazmuniga ta’sir koʻrsatadi hamda ular
bilan bogʻliq fanlarni oʻqitish jarayonini tashkil qilishni qayta koʻrib chiqishni
taqozo qiladi.
Ma’lumki, respublikamizda “yagona va uzluksiz” ligi belgilab qoʻyilgan
hamda 7 turdan iborat ta’lim tizimi joriy etilgan [I.7]:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Ta’lim toʻgʻrisidagi qonunda har bir ta’lim turi uchun maqsad va vazifalar
belgilab berilgan. Jumladan:
boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy oʻrta ta’limni davom
ettirish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim, malaka va koʻnikmalar asoslarini
shakllantirishga qaratilgan;
tayanch oʻrta ta’lim oʻquv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim,
malaka va koʻnikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi;
tayanch oʻrta ta’lim doirasida (VII sinfdan soʻng) ta’lim oluvchilarda
kasblar boʻyicha birlamchi bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun ularni
professional tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha choralar amalga
oshiriladi;
oʻrta professional ta’lim kollejlarda … umumiy oʻrta, oʻrta maxsus
ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi;
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura
mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda, Oʻzbekiston respublikasi Oliy oʻquv yurtlarida koʻplab
119
bakalavr ta’lim yoʻnalishlari uchun jamiyat va jahondagi mavjud vaziyat va
ehtiyoj, fanning joriy holati va yutuqlarini e’tiborga olgan holda “Informatika va
axborot texnologiyalari” fanini “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomi ostida
oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Tabiiyki, mazkur fanning mazmuni va hajmi bakalavriat
ixtisosliklarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda malaka talablari,
oʻquv reja hamda Fan dasturlarida belgilab qoʻyilgan.
Raqamli va axborot texnologiyalari fanini oʻqitish 52202200-axborot
xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar, 5230100-iqtisodiyot, 5230200-menejment,
5232200-ekonometrika, 5232300-Mintaqaviy iqtisodiyot, 5311500-Geodeziya va
kartografiya, 5520100-Ijtimoiy ish, 5120200-Tarjima nazariyasi va boshqa bir
qator yoʻnalishlarda IV semestrda rejalashtirilgan boʻlib, jami oʻquv soatlari 180
soatni (ma’ruza - 30, amaliy mashgʻulot-60, mustaqil taʻlim-90, 6 modul) ni tashkil
qiladi.
Biz mazkur bakalavr yoʻnalishlarining oʻziga xos kasbiy vazifalaridan kelib
chiqqan holda, quyidagi masalalarni hal qilishni tavsiya etamiz:
fan dasturini dastur ishlab chiqish nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqish;
dasturlash tilini Pythonga almashtrish va bu tilda dasturlashning tayanch
asoslarini hamma yoʻnalishlarda oʻqitishi yoʻlga qoʻyish;
kasbiy vazifalarini hisobga olib, Python dasturlash tilining mos
modullarini fan dasturiga kiritish va oʻqitish;
fanni I yoki II-semestrga oʻtkazish.
Ushbu masalalarni samarali hal qilish orqali bakalavrlarning predmetga
yoʻnaltirilgan dasturlash misolidagi Python tili boʻyicha egallagan bilim, malaka
va koʻniklmalari keyingi semestrlarda oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi, malakaviy va
pedagogik amaliyotlarda qoʻl kelishi mumkin. Shuningdek, bu bilimlar kasbiy
faoliyati axborotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha ta’lim
yoʻnalishlari uchun malakaviy talablarda belgilangan quyidagi kasbiy faoliyat
turlarining hammasida qoʻllanishi mumkin [I.14]:
-
tashkiliy boshqaruv;
-
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish;
120
-
axborot-tahliliy faoliyat;
-
ilmiy-tadqiqot;
-
tadbirkorlik.
Qolaversa, bu bilim, koʻnikma va malakalarni egallagan yosh mutaxassislar
Milliy malaka ramkasining [I.14] 6 va 7-malaka darajalari hamda bakalavr kasbiy
faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq barcha kasbiy vazifalarda
qoʻllash imkoniga ega boʻladilar.
Namuma tariqasida 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
ta’lim yoʻnalishi ustida oʻtkazgan tahlillarimiz shuni koʻrsatdiki, yoʻnalishning
Oʻquv rejasida [I.15]
umumkasbiy fan
sifatida qayd etilgan “Raqamli va axborot
texnologiyalari” fanini (ma’ruza-30, amaliy mashgʻulot-60, mustaqil ta’lim-90,
jami-180) IV-semestrdan I yoki II- semestrga oʻtkazish quyidagi umumkasbiy va
mutaxassislik fanlarni chuqur oʻzlashtirishda ijobiy ahamiyat kasb etadi:
5230100-Iqtisodiyot yoʻnalishida dasturlash bilan bogʻliq fanlar. 3.1.1-jadval.
semestr ma’rusa
amaliy
(sem)
mustaqil
ta’lim
jami
1. Buxgalteriya
va
audit
hisobi
III
44
46
90
180
2. Statistika
III, IV
60
60
150
260
3. Menejment va marketing
III, IV
60
60
120
240
4. Ekonometrika asoslari
V,VI
60
30 (30)
120
240
5. Iqtisodiy xavfsizlik
VII
30
30
90
150
6. Raqamli iqtisodiyot
VII
30
30
60
120
7. Tanlov fanlari
V-VII
150
150
300
600
Jumladan, Python dasturlash tili “Raqamli iqtisodiyot” fanining Fan
dasturida [I.16] belgilangan elektron biznes va elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot,
Big data, bulutli texnologiyalar, neyrotexnologoyalar, biznesni raqamlashtirish
amaliyoti kabi mavzularini oʻqitishda, “Statistika” Fan dasturidagi asosiy
mavzularni oʻqitish samarasini oshirishda ijobiy ahamiyat kasb etishi koʻrinib
121
turbidi. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishi bakalavrlari uchun uchun asosiy adabiyot
sifatida M. B. Xripunova va A. M. Gubernatorovlarning “Pythonda iqtisodiyot”
[III.69] hamda Yves Hilpischning “Pythonda moliya” [III.91] kitoblarini tavsiya
qilinadi.
Geologiya va geoinformatsion tizimlar bakalavriati oʻquv rejasida
geologiyada geoinformatsion tizimlar, kompyuter dasturlarida foydali qazilma
konlarini baholash, ma’lumotlar bazasi va ularni loyihalash babi bir qator fanlarni
oʻqitish rejalashtirilgan. Shuningdek geografiya, geodeziya, kartografiya, kadastr
bakalavriat yoʻnalishlarining oʻquv rejalarida geografik axborot tizimlari,
kompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash, geodeziya, davlar kadastr asoslari va
boshqa fanlarni oʻqitishda han Pyhton dasturlash tilini nazarda tutib, asosiy
adabiyot sifatida E. Vestraning “Python tilida geoilovalarni ishlab chiqish”
[III.14] kitobidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Jurnalistika sohasida 5220200-Axborot xizmati va jamoatchilik bilan
aloqalar bakalavriatida kompyuter lingvistikasi, data jurnalistika va infografika,
media iqtisodiyoti, PR va media menejmenti, sotsiolingvistika kabi fanlarni
oʻqitish rejalashtirilgan. Mazkur fanlar Fan dasturlarining tahlillari shuni
koʻrsatdiki, Python dasturlash tili koʻplab mavzularni oʻqitishda foydalanish
mumkin. Masalan, bu til “Data jurnalistika” fanining katta hajmdagi axborotlarni
yigʻish va tahlil qilish muammolariga bagʻishlangan oʻquv materiallarida qoʻl
keladi. Boʻlajak jurnalistlarga B. Bendjamin rahbarligida yozilgan “Pythonda
matnli ma’lumotlarni amaliy tahlil qilish” [III.9] hamda A. I. Gorojanovning
“Lingvistlar uchun PyQt5” [III.18] kitoblari tavsiya etiladi.
5140100-Bilogiya yoʻnalishlarining Bioinformatika boʻyicha fan dasturida
biologik makromolekulalarni vizuallashtirishning zamonaviy usullari hamda
shunday usullardan biri sifatida molekulalarning uch oʻlchovli tasvirini hosil
qilishga moʻljallangan PyMol tashqi moduli bilan islash nazarda tutilgan. Bundan
tashqari, shu fan doirasida neyron toʻrlariga aloqador boʻlgan bir nechta nazariy va
amaliy mashgʻulotlar rejalashtirilgan. Demak, shu yoʻnalish talabalariga Keras
(neyron toʻrlari uchun toʻlaqonli API ishlab chiqish moduli) hamda PyTorch
122
(grafik protsessori tezlashtirilgan dinamik va tenzorli neyron tizimlari uchun
modul) ni oʻqitish foydadan holi boʻlmaydi. Biloglar uchun adabiyotlar sifatida M.
Jonesning “Biologlar uchun Python” [III.85], Ken Youens Clarkning
“Bioinformatiklar uchun Pythonni oʻrganish” [III.94] hamda P. Djoshining “Sun’iy
intellekt Pythonda namunalari bilan” [III.20] kitoblari tavsiya qilinadi.
Shuningdek, tibbiyot, kimyo kabi bakalavriat yoʻnalishlari uchun J. Heysning
“Kimyoviy va biotibbiyot muhandisligi hisoblash ishlarida Pythondan
foydalanish” [III.86] kitobi ham foydali boʻladi deb hisoblaymiz.
Matematika bakalavriati oʻquv rejasida dasturlash asoslari fani boʻyicha
oʻquv soatlari jami 240 soatni (30 soat ma’ruza, 60 soat amaliy mahgʻulot, 150
soat mustaqil ta’lim) tashkil qilib, mashgʻulotlar I va II-semestrlarga olib borish
belgilangan. Bu mantiqan toʻgʻri. Faqat Python tilining bugungi kundagi
imkoniyatlari hamda kelajakda yangi modullar hisobiga kengayishini hisobga
olinsa, bu tilni dasturlash asoslari Fan dasturiga kiritish maqsadga muvofiq boʻladi.
Bunda Python tili boʻyicha tayanch ma’lumotlardan tashqari, 1-ilovada keltirilgan
algoritmik modullar, vaqt va sanalar, matematikaga oid modullar hamda 2-ilovada
koʻrsatilgan Data Science va matematika uchun moʻljallangan tashqi modullarni
oʻqitishni ham nazarda tutish lozim. Bu modullar matematika bakalavriyat
talabalariga yoʻnalish oʻquv rejasidan oʻrin olgan matematik tahlil, analitik
geometriya, chiziqli algebra, algebra, ehtimollar nazariyasi va matemetik
statistika, differensial tenglamalar, hisoblash usullari kabi koʻplab fanlarni chuqur
oʻzlashtirishlarida yaxshigina poydevor boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Bu fanlar
uchun katta sondagi oʻquv adabiyotlari mavjud bolib, ular orasida S.Y. Krivolapov
va M.B. Xripunovalarning “Pythonda matematika” [III.32], K. Xillning “Pythonda
ilmiy dasturlash” [III.68], M. Xeidt va A. Gruzdevlarning “Pandasni oʻrganamiz”
[III.64], S. Borzunov va S. Kurgalinalarning “Pythonda algebra va geometriya
misollari” [III.11] kitoblarini ajratib koʻrsatish mumkin.
60540200 – Amaliy matematika bakalavriat va unga turdosh yoʻnalishlarda
“Algoritmik va dasturlash tillari” fanini I-III semesrtlarda 450 soat hajmida (90
soat ma’ruza, 120 soat amaliy mashgʻulot, 240 soat mustaqil ta’lim) oʻqitish
123
rejalashtirilgan [I.17]. Bu fanning dasturi C# dasturlash tilini oʻrganishga
qaratilgan boʻlib, bizning fikrimizcha, uni C# tilining ahamiyatini pastga urmagan
holda, mavqei va imkoniyatlarini hisobga olgan holda Python tilini oʻqitishga
moslashtirish maqsadga muvofiq boʻladi. Bu holat 60540200 – Amaliy matematika
bakalavriat yoʻnalsihi oʻquv rejasida koʻrsatilgan “Chiziqli algebra va analitik
geometriya”, “Matematik tahlil”, “Diskret matematika va matematik mantiq”,
“Differensial tenglamalar”, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”,
“Sun’iy intellekt va neyron toʻrlari”, “Matematika va informatika oʻqitish
metodikasi”, “Jarayonlar tadqiqoti va optimal boshqaruv”, “Sonli usullar” va
boshqa bir qator fanlarni intensiv oʻqitish jarayonida muhim poydevor boʻlib
xizmat qiladi. Tadqiqotlarga koʻra, Python dasturlash tili va uning modullari ga
bagʻishlangan 200 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari mavjud ekan. Mazkur
oʻquv adabiyotlar orasidan amaliy matematika va unga turdosh bakalavriat
yoʻnalishlari uchun asosiy adabiyot sifatida K. Xillning “Pythonda ilmiy
dasturlash” [III.68], D. Xellmannning “Pythonning standart kutubxonalari”
[III.67], P. Dangeti va boshqalarning “Pythonda sonli hisoblashlar” [III.83], C.Y.
Krivolapovning “Pythonda matematika” [III.32] kabi adabiyotlar tavsiya qilinadi.
Qoʻshimcha adabiyot uchun A. Narzullayevning “Pythonda dasturlasj asoslari”
[III.40] hamda R. X. Ayupovning “Python dasturlash tili asoslari” [III.6]
kitoblaridan foydalanish mumkin. Qolaversa, dissertant va uning rahbari
M.Aripovlar hamkorligida Amaliy matematika va informatika bakalavrlari uchun
moʻljallab yozgan “Python kutubxonalari” nomli oʻquv qoʻllanmasi [II.4] ham
talabalar uchun foydadan holi boʻlmaydi, deb hisoblaymiz.
Sohalari boʻyicha injenerlar kasbiy vazifalari doirasida koʻplab hisob-kitob
ishlari va chizmalarni tayyorlash masalalariga duch keladilar. Shuning uchun
ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashda Python dasturlash tilining matematika, data
science, ma’lumotlar bazasi, veb-ilovalar, neyron toʻrlari, fayllar bilan ishlash va
boshqa sinfga oid modullardan foydalanish mumkin. Ularni oqʻitishda ham amaliy
matematika uchun tavsiya qilingan adabiyotlar tavsiya qilinadi.
Python dasturlash tilining keng koʻlamli va turli sohalarda qoʻllash borasida
124
katta imkoniyatlarga ega ekanligi bilgan holda, Oliy ta’lim muassasalarida uning
qaysi qismini oʻqitish lozim? degan haqli savol tugʻiladi. Bilamizki, boshqa
dasturlash tillari kabi Python oʻzining tayanch buyruqlar tuzilmasiga hamda 400 ga
yaqin ichki va tashqi modullarga ega. Uning tayanch buyruqlar tuzilmasiga
quyidagi buyruqlarni kiritish mumkin:
kiritish va chiqarish buyruqlari va ulardan amalda foydalanish usullari;
oʻzgaruvchi va oʻzgarmas kattaliklari ifodalash;
ma’lumotlarning tiplari va ularni bir turdan boshqasiga oʻtkazish;
amallarni yozish sintaksisi;
tarmoqlanish buyruqlari;
takrorlash buyruqlari;
roʻyxatlar bilan ishlash;
lugʻat va toʻplamlar bilan ishlash;
fayllar bilan ishlash;
yangi funksiya, lyambda funksiya va dekoratorlarni e’lon qilish va
amalda qoʻllash;
istisno qilinadigan vaziyatlarni qayta ishlash;
modullarni ochish, foydalanish, yangilarini yaratish;
sinf va obyektlarni e’lon qilish va ulardan amalda foydalanish.
Bu buyruqlarni oʻrganishga bagʻishlangan mavzular boʻyicha nazariy va
amaliy mashgʻulotlar mazmunini bakalavriat yoʻnalishlarining oʻziga xos
xususiyatlari hamda bitiruvchilarning malakalariga qoʻyilgan talablarni hisobga
olgan holda rejalashtirish talab qilinadi. Bu oʻrinda, talabalarga amaliy
mashgʻulotlar jarayonida taklif etiladigan masalalar aynan ularning kelajakdagi
faoliyatlarida uchraydigan tipik masalalardan iborat boʻlishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Bundan tashqari, deyarli barcha soha mutaxassislarning kasbiy faoliyatlarida
matematik va satrli ma’lumotlar bilan ishlashga toʻgʻri kelgani uchun,
Dostları ilə paylaş: |