Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
14-mumiy o`rta ta`lim maktabi
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Allaberdiyev Orif Bahodir o’g’lining
5-11-sinflar uchun Informatika fanidan
YILLIK TAQVIM REJASI
2023-2024-O`quv yili
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori
_________Q.To’xtayeva
“__”___2023yil
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SURXONDARYO VILOYATI
MUZRABOT TUMANI
MAKTABGACHA VA MAKTAB
TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI
14- SONLI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING INFORMATIKA FANI O`QITUVCHISI
ALLABERDIYEV ORIF BAHODIR O’G’LINING
2023- 2024-O`QUV YILI UCHUN 5-11-SINFLAR UCHUN TUZILGAN
YILLIK TAQVIM REJASI
“Kelishildi”
__________________
metod birlashma rahbari:
______ _______________________
“__”______2023yil
|
|
“Ko‘rildi”
O‘I.B.D.O‘
______ __________________________
“__”______2023yil
|
|
|
|
o‘qish savodxonligi fanidan o‘quv
DASTURi
(3 SINF)
UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchilarni ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarida o‘qish fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.
O‘qish savodxonligi (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, ongli va ravon o‘qish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi ham belgilanadi.
Bolaning matn mazmunini to‘liq o‘qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.
Mazkur dasturdan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |