138
Keyingi oʻn yillikda dasturlash sohasida va zamonaviy ilovalarni ishlab
chiqishda predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillari juda ham jadallik bilan
rivojlanib, oʻz foydalanuvchilari oʻrtasida shuhrat qozonib bormoqda. Chunki
predmetga yo‘naltirilgan dasturlash vositalari borliq olamning turli shakl va
mazmundagi hodisa, jarayon hamda obyektlarni nisbatan oson, qulay va
koʻrgazmali usulda oʻrganishga imkon beradi.
Biz dasturlash asoslarini oʻqitish uchun yuqorida keltirilgan usullardan
ikkinchisini Python dasturlash tili misolida tanlashni taklif etamiz. Bunda, Python
tilini oʻqitishda dastlab, I – kurs talabalariga dasturlashning maktab “informatika
va axborot texnologiyalari” kursi doirasida ma’lum boʻlgan boshlangʻich
unsurlaridan foydalangan holda boshlash mumkin. Bu jarayonda talabalarning
dasturlash boʻyicha koʻnilkma va malakalarini tenglab olishga erishish ham
nazarda tutiladi. Buning oqibatida talabalar bilimini Pythonning yangi jihatlarini
oʻrgatish orqali kengaytirishga erishish imkoniyati yuzaga keladi.
Python tili oʻqituvchisining asosiy e’tibori quyidagi masalalarni hal qilishga
qaratilishi lozim:
talabalarning PYDT muhitida ishlash malakalarini rivojlantirish;
oʻz faoliyatini rejalashtirish qobiliyatini shakllantirish;
talabalarda algoritm va dasturlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq yetarli
bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilish;
tasvirli va nazariy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
talabalarni mavjud katta hajmdagi ma’lumotlar oqimi orasidan ehtiyojga
koʻra zarur ma’lumotlarni izlash, ajratish, qayta ishlash va foydalanishga oʻrgatish.
Python tilini oʻqitish doirasida biz tavsiya qilgan mavzular (3.2.2-jadvalga
qarang) ushbu masalalar ta’lim jarayoniga qoʻyilgan ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni samarali hal qilishga koʻmak beruvchi
asosiy vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: