Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


III. Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari (SIATT)



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

III. Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari (SIATT).
Bugungi kunda sun’iy intellekt dunyoda eng koʻp e’tirof etilayotgan ta’lim 


154 
texnologiyalaridan biri sifatida tan olinadi. Hoʻjalik yuritishning barcha 
sohalaridagi kabi ta’lim jarayoniga ham aqlli (smart) texnologiyalarning kirib 
kelishi uning samarasini oshirishga xizmat qiladi. Kelajagi porloq hisoblangan bu 
texnologiya sohasida Oʻzbekistonda ham katta ishlar olib borilmoqda [I.5].
Sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim tizimida qoʻllash bilan bogʻliq 
muammolar bir qator pedagog olimlar (jumladan, Rossiyalik N.P.Strujkin [III.58], 
I.P. Xvostova [III.66], Amerikalik Y. Liu va Lein Ren [III.98] va boshqalar) 
tomonidan keng oʻrganilmoqda.
“Mutaxassislarning bashoratlariga koʻra, yaqin kelajakda sun’iy intellekt va 
mashinali oʻrganish texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimi evolyutsiyasining 
asosiy omiliga aylanadi. Marketsand Markets tahliliy ma’lumotlariga koʻra, 2023 
yilga borib ta’lim uchun sun’iy intellektning jahon bozoridagi ulushi 3,68 milliard 
dollargacha oshadi (2018 yildan beri oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati 47 foiz)... 
Masofaviy ta’limga boʻlgan ehtiyoj sun’iy aql texnologiyalarini ta’lim sohasiga 
integratsiyalashuvini tezlashtirdi. ELearning Industry platformasi ekspertlarining 
hisob-kitoblariga koʻra, yaqin bir necha yil ichida ta’limni boshqaruv 
vositalarining 47% dan ortig‘i SIATT imkoniyatlari bilan jihozlanadi” [IV.7]. 
Oʻquv jarayonida SIATT dan foydalanish quyidagi ta’imiy muammolarni 
hal qilishga koʻmak beradi:
a) 
holis va haqqoniy baholash
 
– talabalar bilimini mavjud obyektiv va 
subyektiv shart-sharoitlarni e’tiborga olmagan holda baholash. Odatda talabalar 
faoliyatini nazorat qilish va baholash oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi va 
har doim ham holis va haqqoniy boʻlmasligi mumkin. SIATT ana shu jarayonni 
begʻaraz, xolis va haqqoniy baholash vositasi boʻlishdan tashqari, oʻqituvchilarni 
bir hildagi, mashaqqatli va zerikarli boʻlgan talabalar bilimlarini tekchirish va 
baholash amaliyotidan ozod qiladi, oʻqituvchilarga oʻzi ustida ishlash, ta’lim 
jarayoni samarasini oshirish yoki talabalar bilan qoʻshimcha shugʻullanish uchun 
koʻproq vaqt ajratish imkonini beradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin